Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/129
tarix24.09.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#147604
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   129
Adabiyot. 7-sinf (2017, Q.Yo\'ldoshev, B.Qosimov)

«MEHROBDAN CHAYON» ROMANIDAN 
BOBLAR
Baxmalbofda faqir bir oila
Anvar 1267-inchi hijriya miyonalarida
1
Qo‘qonning 
Baxmalbof mahallasida faqir bir oilada dunyog‘a keldi. 
Onalar tuqqan bolalarini sizga «tilab-tilab olgan falonim» 
deb, otalar «xudoy bergan o‘g‘ulcha» deb taqdim etadirlar. 
Ammo bizning Anvar bo‘lsa onasining «tilab-tilab olg‘ani» 
emas va otasi ham uni «o‘g‘ulchag‘a» hisoblamag‘an edi. 
Ota sining kasbi bo‘yoqchiliq, hamisha yarim belidan nil 
suvig‘a cho‘milib yotqan bir kambag‘al va bir qarich, ikki 
qarich bolalardan beshtasiga dada edi. Shu besh bola ning 
yonig‘a izzatsiz, hurmatsiz oltinchi «mehmon» bo‘lib, 
biz ning Anvar qo‘shildi. Ya’ni Anvar tilab oling‘an bola 
emas, dadasi bilan onasining tilaklariga qarshi, faqat ular-
ning baxtsizlik va qashshoqliqlarig‘a xizmat qilg‘uchi 
bo‘lib tug‘ildi. 
1
Milodiy hisob bilan 1850–51-yillar o‘rtalarida.


253
Bola tilab olinsa, so‘yinch-quvonch, nog‘orachi-surnay-
chi va shunga o‘xshash cho‘zma-chalpak, is charog‘ ma -
rosimlari nuqsonsiz ijro etiladir. Ammo Anvarning dunyo-
g‘a kelishi munday marosim, tantanalar va orzu-havaslar 
bilan bus-butun aloqasiz edi. Masalan, onasi o‘z yonig‘a 
doya chaqirib takallufl anmadi, to‘ng‘uch qizi Nodira ning 
ko‘magida tug‘di; bolalarini qo‘ni-qo‘shnig‘a so‘yinchi 
uchun chiqarmadi. Chunki qo‘shnilarning «qaysi holingg‘a 
tug‘ding?» yoki «o‘zi o‘lgur it mijozmi?» deb ta’na qilish-
laridan cho‘chidi.
Shu holda yeti-sakkiz kunlab Anvarning dunyog‘a 
«tash rifi » sir bo‘lib kechdi. Anvar ohorliq yangi yo‘rgak 
ko‘rma ganidek, og‘alaridan birining eski beshigiga to‘qqu-
zinchi kun belandi emas, tiqildi.
Anvarning «chillasi charog‘ ko‘rmagan» bo‘lsa, hech 
boki yo‘qdir, biroq yigirma kunlab beshikda ismsiz yoti-
shi qiziqdir, chunki yangi «qadrlik mehmon»ga ot qo‘yish 
na otasining esiga va na onasining xotirig‘a kelgan edi. 
Oradan yigir ma kun o‘tsaku, bolag‘a ism qo‘ymasalar, deb 
ota-onani ayblash og‘ir. Balki Salim bo‘yoqchining tirik-
chilikdan qo‘li bo‘shamag‘andir. Anorbibining bo‘lsa olti 
bolaning xarxa shasidan qulog‘i tinchimay miyasi suyulgan-
dir, harholda bu «qadrlik» bolaning oti muhtaram mahalla 
imomi tarafi dan qo‘yilmaganidek, ota-ona tomonlaridan 
ham nasib bo‘lmadi. Ism qo‘yish vazifasini yigirma ikkin-
chi kunlarda o‘n ikki yoshliq Nodira ado qildi.
Nodira o‘z yaqinlaridag‘i maxdumlardan birining bolasi-
ni yaxshi kiyimi, ayniqsa, yoqimli eshitilgan «Anvar» ismig a 
suqlanib, havaslanib yurar edi. O‘ylab-netib turmadi-da, yangi 
chaqaloq ukasining otini ham «Anvar» deb atadi va beshik-
da chalqancha yotib, nursiz qora ko‘zlari bilan dadasining 
faqir hayotig‘a «razm qo‘yg‘an» bu chaqaloq ning tevaragi-
dan aylanib, «Anvarjon, Anvarjon!» – deb xitob qila bosh-
ladi. Shuni ham aytib qo‘yish kerakki, Anvarning dunyog‘a 


254
kelishini birdan bir tabrik etib so‘yingan shu Nodira edi. 
So‘ngroq yana unga onaliq martabasida qolg‘uchi, hatto, 
shu kungacha Anvarning eng mehribon kishisi bo‘lib 
kelguchi yana shu Nodiradir.
Shu yo‘sun Salim bo‘yoqchining mavridsiz laylaklari 
ichida bemahal g‘urrak bo‘lib Anvar ham yashay boshladi. 
Bolalari ko‘paygani sayin Salim akaning ishi ham keyinga 
ketkanidek, kundan kun ehtiyojdan ehtiyojg‘a o‘tib borar 
edi. Anvar uch yoshqa kirganda, besh yillardan beri Salim 
akaga yopishib olg‘an bobosir kasali uning yoqasidan olib 
yiqitishg‘a muvaff aq bo‘ldi. Ya’ni Salim aka qonsirab, 
darmonsizlanib yotib qoldi. Muolajaga pul kerak, mundan 
ham ilgari oilaning umumiy kasali bo‘lg‘an oziqqa ham 
shu narsa kerak. Salim bo‘yoqchi sarmoyasidagi nil, tuz 
va o‘xshash dastmoyalarni sotib muolaja qildirg‘an bo‘ldi. 
Dard ancha ulg‘aygan edi. Bu chiqimlar foyda o‘rnig‘a 
zarar keltirdilar. Do‘kon dastgohini sotib ro‘zg‘or qildi. 
Bular ham bitkandan keyin bu oilaning og‘ir kunlari 
boshlandi. Ochliq, yalang‘ochliq, ayniqsa, kasal boqish.
Shu qish ayniqsa qattig‘ kelgan edi. Sovuqdan saqlanish 
uchun ularning hozirliklari yo‘q. O‘pkasiga sovuq tegdirib 
Salim akaning to‘rtinchi bolasi o‘ldi. Ko‘klamga chiqar-
chiqmas Salim bo‘yoqchining o‘zi ham dunyo bilan vido-
lashdi. Buning ustiga Anvar, yana ikki og‘asig‘a qizamiq 
toshib, bir bola munda ham o‘lib berdi. Shu yo‘sun olti 
oy ichida Anor bibi eridan va ikki bolasidan ayrilib, 
to‘rt go‘dak orasida beva bo‘lib qoldi. Nodiraning bo‘yi 
cho‘zilib qolg‘an, har nachuk bir joyini topib ketar, ammo 
uchta yosh bolaning ishi qiyin edi. Eridan bolalarning 
tarbiyasig‘a yararliq hech gap
1
qolmag‘an, bir-ikkita xum, 
uch-to‘rtta mo‘ndi
2
va shunga o‘xshash rezrov
3
, boshqa 
bir balo ham yo‘q. Anorbibi mehnat bilan yashab, yetti-
sakkizni tug‘ib, yoshi ham qirqlarg‘a borib, tusiga ajin 
1
Gap
– narsa. 
2
Mo‘ndi
– dastasi siniq ko‘vacha.
3
Rezrov
– mayda-chuyda.


255
kirib, keksaymasa ham qarimsiq bo‘lib qolg‘an, shuning 
uchun birartaga tegib olishi to‘g‘risida o‘ylash ham behuda.
Anorbibiga o‘xshash tul xotinlarning qiladirg‘an ishlari 
har kimga ham ma’lum: mahallada dasturxonchilik, boylar 
eshigida oqsochliq, hunarmandroq bo‘lsa – kinnachilik 
va hokazo. Anorbibi shu hunarlarning hammasiga ham 
qobiliyat e’lon qilib, bolalarini boqish fi kriga tushdi. Va bu 
orada qizi – Nodirani bir bo‘zchi bolasig‘a uzatib, yukini 
ham biroz yengillatdi.

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin