Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/129
tarix24.09.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#147604
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   129
Adabiyot. 7-sinf (2017, Q.Yo\'ldoshev, B.Qosimov)

IKKI XIL SADOQAT
Kechasi yomg‘ur savalag‘anday yog‘ib turadir... Qop-
qorong‘i, olti qarichlik tor ko‘chaning muyushida turg‘an 
bir ko‘laga yomg‘urdan qochqan kabi kichkina eshik pana-
siga siqilg‘an va zo‘r berib eshikni qoqadir.
– Kim?
– Men, oching.
– Safarmisan?
– Ha.
Eshik zanjiri «shirq» ko‘tarildi. Yomg‘urda bo‘kkan Safar 
o‘zini torg‘ina, oldi ochiq yo‘lakka olib, eshikni zanjirladi.
– Tinchlikmi?
– Tinchlik, – dedi eshik ochqan kampir. – Nega kech 
qol ding, Safar?
– Yomg‘urni ko‘rmaysizmi...
...Safar hujraning eshigini ochib, ichkariga kirdi. Sandal 
ustiga qora charog‘ qo‘yib, oldig‘a kitob yozg‘an Anvar 
Safar bo‘zchining istiqbolig‘a qo‘zg‘aldi.
1
Mu’tamad
– ishоnchli. 
2
R
о
g‘ib
– mоyil. 


278
– O‘lturing, o‘lturing, shu ishingiz yomon-da, mirzam... 
Salomatmisiz? Zerikmadinglarmi? Uch kun kechikdim-a. 
Mendan xafa bo‘lg‘an chiqarsiz-ov... Ha deganda u yoq-
dan xabar bo‘lavermadi, uning ustiga ayollar navqaslanib
1
qoldi...
– Zarari yo‘q, toza ivibsiz, Safar aka. Asli bu kun ham 
chakki ovora bo‘lg‘ansiz.
– Jazzasi choponni solib tashlash-da
2
, mirzam, – dedi 
Safar choponni yechib. – Qani, o‘lturing... Yurtda tinch-
lik, yor-do‘stdan sizga salom, mirza og‘ayningiz xotirjam 
mirzaboshiliqni qilayapti... Men bo‘lsam, sengayam bali, 
ustozinggayam bali, deb yurippan.
Anvar iljaydi. Safar bo‘zchi sandal yonig‘a o‘lturib, 
mahsisining qo‘njidan bir qog‘oz oldi. Anvar qog‘ozni un-
dan olib sandal ustiga qo‘ydi. Qoziqda osilg‘an choponini 
keltirib, Safarning yaktakchan yelkasiga yopti.
– Shamollaysiz, Safar aka, o‘ranib o‘lturing.
– Hamma vaqt kayib qog‘ansiz-da, mirzam, – dedi Sa-
far va ustig‘a yopilg‘an beqasam choponning astar-avrasini 
tekshirdi. – Toza yaxtak kiymagan edim, buningiz menga 
uval-da, uka, – deb siqilinqiradi.
Anvar o‘lturar ekan, e’tiborsiz qo‘l silkdi va sandal usti-
dan xatni olib ochdi:
«Baland maqom, loyiqi ehtirom, burodarim mirzo An-
var.
Do‘stlar shod, dushmanlar g‘amgin, yavmi saodat
3
yaqin dir... Kaminag‘a xonning e’timodi yondashmoqda va 
ul andeshalarimiz ehtimoli bizdin uzoqlashmoqdalar. Mo-
jaro bir necha kun sir bo‘lib kechsa ham, alhol o‘rdadin 
ba’zilar bu sirdan voqif bo‘lg‘ang‘a o‘xshaydirlar, ...ochiq 
so‘zlashka hech kimda had yo‘q. Ammo ikkinchi tarafdan, 
sizni izlashka maxfi y buyruqlar berildi, darvoza beklari 
1
 Navqaslanmoq
– kasallanmoq. 
2
 Solib tashlash
– yechib tashlash. 
3
Yavmi saodat
– saodat kunlari.


279
yonig‘a xufyalar yuborildi, binobarin, sizdin iltimos, ushbu 
xavfl ar ko‘tarilguncha benihoyat ehtiyot bo‘lish, Toshkand 
niyatini bir necha haftaga qo‘yishdir. Xizmatingizga Safar-
boy bilan ushbu xatni ozgina kechiktirib yuborishim bo i-
si ham mazkur xavfl ar borlig‘idin bo‘lib, ma’lumingiz dir, 
Safarboyning tabiatida andak beboklik va loqaydlik bor. 
Ikkinchidan, sizga tegishlik ajablanarli xabar shudirkim
kecha o‘rdadin qaytib kelsam, mehmonxona sahnida uch 
nafar yigit o‘ltiribdir. Har uchavi ham bizning Farg‘ona ki-
yimida bo‘lmag‘an bu yigitlarni ariza yozdirg‘ali kelganmi, 
deb o‘yladim. Salom-alikdin so‘ng ularni mehmonxonag‘a 
olib kirdim. So‘rashishgach, yigitlardan biri menim kim 
ekanligimni aniqlab oldi, so‘ng afsus chekib, sizning moja-
rongizni so‘zladi. Men tamom hayratda qolib, xufyalarmi, 
degan andeshaga tushdim. Bu hodisani kimdan eshitdingiz, 
mirzo Anvarga qanday aloqangiz bor, deb so‘radim. Opam-
dan eshitdim, o‘zim mirzo Anvarning og‘asi bo‘laman, de-
gan javobni berdi. Men taajjubda qoldim; zero, og‘angiz 
borlig‘ini sizdan eshitmagan edim. O‘tkan xatimda yozg‘a-
nimcha, bu yigitka ham opangizg‘a bergan javobni aytdim, 
ya’ni, o‘zimni oqlash uchun hodisaga birmuncha yolg‘on 
ara lashtirib so‘zladim. Yigit – og‘angiz bo‘lmish afsus 
chekti, o‘n yillardin beri Qo‘qonda bo‘lmag‘anlig‘ini, bu-
xorolik bir sarkarda eshigida xizmat qilg‘anlig‘ini, qarin-
doshlarini ko‘rish uchun Buxorodan Samarqandga kelib, u 
yerdagi katta og‘asini topolmag‘anlig‘ini, undan Qo‘qonga 
o‘tib, bunda ham sizga yo‘liqolmay qolg‘anini so‘zladi. 
Shundan so‘ng unin g ustidagi shubham biroz arib, ko‘ngil 
ko‘tardim. Og‘angiz bo‘lmishning yonidaqi yigitlar biz-
ning bu taraf kishisiga o‘xshamaydirlar. Bular og‘angiz 
bo‘lmishning hamrohlari Qo‘qonni tomosha qilg‘ali kelgan 
emishlar. Sizga og‘aliq da’vo qilg‘uchining ismi Qobilboy, 
tusi sizga o‘xshab ketsa ham, pahlavon yigit va har uchavi 
ham zabardast ko‘rindilar. Har chand qistasam ham, ular-
ni ovqatqa to‘xtatib bo‘lmadi. Siz kechagi maktubi n gizda 


280
mening sarmunshiy tayinlanishimdan tashvishlanib, orada 
muftilar, Abdurahmonlar bor, sizga birar zahmat yetarmi, 
degan andeshani yozibsiz! O‘tkan xatimda yozg‘animdek, 
bu «marhamat»dan bosh tortishqa hech bir yo‘l topma-
dim, agar uzr bayon qilsam, sizni tutib berishka bo‘lg‘an 
harakatimning soxtaligi ochilish ehtimoli bor edi. Chunki 
xong‘a sadoqat bizning «odamlar» fi kricha, birar manfaat 
taqozosidir. Agar men xong‘a «sadoqatlik qul» ekanman, 
bu «sadoqat» zamirida bir manfaatim bo‘lmog‘i lozimdir-
kim, ul ham bu do‘stimni... «sadoqatimg‘a» qurbon qilib, 
evaziga sarmun shiylik masnadini olishimdir. Basharti shu 
masnaddan bosh tortsam, menga ishonchsizlik tug‘ulishi 
shubhasiz edi. Bas, shu majburiyatdan men bu vazifani qa-
bul qildim. Menga zahmat yetishi to‘g‘risida siz tashvish 
cheka ko‘rmangiz, modomiki, taqdirim shu ekan, o‘zgasi 
mumkin emasdir. Bu yo‘lda qanchalik zahmat chekmayin 
va hatto boshim ham ketmasin, menim uchu n qiymatlirog‘i 
insonga sadoqat va shu sadoqatni to o‘lguncha qo‘ldin 
bermaslikdir. Singlimiz Ra’nobibiga salom aytursiz. Ota-
onalariga hech bir zarar bo‘lmadi, faqat «hadyalar»nigina 
qaytarib oldilar. Oxirg‘i so‘zim yana ehtiyotlik ustida: 
zinhor-zinhor har ehtimolga qarshi hozir tu rilsin.
Addoi mirzo Sultonali».
Anvar maktubni tugatib, oldida yonib turg‘an qora cha-
roqqa tutib, kuydirdi. 
– Ehtiyot kerak-a, Safar aka?
– Albatta, mirzam, albatta.
– Bu kecha qolasizmi, ketasizmi?
– Ketmasam bo‘lmaydi, Sultonalingiz xafa qiladi, uka.
Anvar kuldi.
– Ketsangiz xat yozib turishim kerak ekan, – dedi va 
toq chadan siyoh-qalam oldi. – Isidingizmi, Safar aka?
– Ha-ha, jon kirib qoldi, mirzam!
«Qir-qir» xat yozib borg‘an Anvar... Safar bo‘zchiga yuz 
o‘girdi: 


281
– Mundin so‘ngg‘i kelishingizda mirzo Sultonali yo -
ni n gizg‘a bir kishi qo‘shsa kerak. Siz bu yigitni bu yerga 
olib kelasiz, o‘zi mening og‘am bo‘ladir, xubmi?
– Xub, mirzam, xub. Mirza og‘ayningizg‘a shuni tayin-
lab bitsangiz bo‘ldi-da.
– Shunday, men bityapman.
Anvar yana yozuvg‘a qaradi, Safar bo‘zchi sandal ko‘r-
pasiga o‘ranibroq o‘tirdi. Tashqarida yomg‘ur tinayozib, 
kuchlik shamol qo‘zg‘alg‘an, yomg‘ur tomchilarni goho 
tom ustiga to‘pillatib qattig‘ tushirar, daricha tirqishidan 
kirgan shamol bilan qora charog‘ chayqalib-chayqalib yo-
nar, ayvondagi kampirning chig‘irig‘idan g‘ijillab chiqqan 
tovush mushuk bola movlagan kabi hujraga eshi tilib tu-
rardi.
BARIMTA
Kun choshgohdan oshib, Chorsuda xalq olag‘ovuri 
boshlansa ham, bo‘sh do‘konlarning birida uch nafar yigit 
hanuz dong qotib uxlar edi. Chorsuda bo‘lib turgan tars-
to‘polon go‘yo bu uch yigitni allalar edi. Boshiga bit-
tadan shaparak kir yostiq qo‘yib, ostiga yalang qavat taqir 
ko‘rpacha yozgan va ustiga guppi choponini yopib, yana 
shu holda bahuzur xurrak otib uxlagan bu uch yigit muso-
fi rga o‘xshar edilar. Ular shu yo‘sin rohat qilib yotganda 
taxtabandlik do‘kon yoniga tashqaridan birov kelib to‘xtadi 
va hamma tovushini qo‘yib, baqirib yubordi: «To‘xta, hovv 
Navro‘zqul!»
Uxlovchilarning ikkisi pinagini buzmadi, ammo do‘kon-
ning to‘rida yotgan chuvak bir yigit cho‘chib, boshini 
ko‘tardi, uyqulik ko‘z bilan atrofi ga qaragandan keyin, 
hamyoza tortdi, kerishdi, so‘ngra eng chetda yotuvchiga 
ko‘zi tushib, yoni dagi yigitni turtdi:
– Tur, Shariyf, tur, peshin bo‘libtu!
Ikkinchi yigit ko‘zini ochdi:


282
– E, qo‘ysang-chi, Rahem.
– Tur-da, axe, ana Qobilboy ham keb to‘xtabtu!
Sharifboy yostiqdan burilib, yonidagi uchinchi yigitga 
qara di:
– Pala’nat, qachon kelgan ekan?
– Kim bilsin. Inisini bo uchratdimikin? Qani, uyg‘ot-
chi, pala’natini!
Sharifboy yotgan joyidan qo‘lini uzatib, Qobilboyning 
murtidan tortdi, Qobilboy g‘ingshib uyg‘ondi:
– Tek yot, Sharif!
– Iningga yo‘liqdingmi?
– Yo‘liqdim, ikkavingga salom aytdi, – dedi Qobilboy 
va yuzini ulardan chetga o‘girib oldi. – Biroz tinch qo‘y, 
ux layman.
– Iybi, iybi, – dedi Rahim, – birodaring ahvolini gapir-
da, axe. Barpadari uyquki, peshingachikin bo‘lsa, ko‘chaga 
bo‘lib yotgan to‘palangni go‘shingga ilasanmi?
– Kech keldim, ko‘p javrama-chi, Rahim!
– Qorunni to‘yg‘uzib, so‘g‘un uxla, akun! Qorinlar 
ham piyoz bo‘lib to‘xtabtu, nonushtani qayerga qilamiz, 
Shariyf?
– Choyxonaga ketamiz.
– Qani, sen ham kafaningni yopinib, shundaychikin yot-
ma. Pala’nating bo uxlab ketdimi?
Ikkisi turib kiyina boshladilar. Rahim uzun belbog‘ini 
to‘g‘rilar ekan, bir qancha chaqa va tangalari yerga sochilib 
tushdi.
– O‘xu, o‘xu, sabil, – dedi Rahim pullarni terib. – Xudo 
bularni ham ko‘p ko‘rdi chog‘i, akun, Qo‘qoning bizga 
to‘g‘ri kelmadi, ish topilmayde, pul sochilade, och qolamiz 
chog‘i, Shariyf?
– Qobilboyning Qo‘qonjoniga la’nat, – dedi Sharif, – 
loaqal temirchi ham shogird olmaydi, bizga biron ish topib 
bermasa, to‘p-to‘g‘ri nar xar
1
Qobilning ustiga minamiz?

Nar xar
– hangi, erkak eshak. 


283
Bularning vaqirlashiga uyqusi o‘chib ketgan Qobil, 
to‘n g‘ir - to‘ng‘ir bir narsalarni so‘zlab, yostiqdan boshi ni 
ko‘ tardi.
– Chumchuqdek chirqillashdinglar-da, tojiklar! – dedi 
Qobil. – Ishsiz qolgan bo‘lsalaring, Toshkandga ketamiz.
– Ana-ana, yana topdi gapni! – dedi Rahim. – Valdir-
valdir qilasan, Qobilboy, akun, Toshkand borish uchun pul 
qani?
– Pul topiladi.
– Pul topiladi?! – deb kuldi Rahim, – bu bepadar boy-
vachchangni qara, Sharifboy!
Pul topiladi, – dedi yana Qobilboy va yaktagini 
cho‘ntagiga qo‘l soldi. – Past odamsanlar-da: biring temir-
chining o‘g‘li, ikkinching shustagarning
1
bolasi...
– Voy-voy! – dedi Rahim, – nazari baland bo‘yoqchi-
ning o‘g‘lidan xafa bo‘llem!
Qobilboy cho‘ntagidan bir narsa olib, ularning oyog‘i osti-
ga tashladi va o‘zi og‘zini katta ochib, hamyoza tortdi.
– Ana pul kerak bo‘lsa ol, sendeklarni bir yil boqadi!
Rahim bilan Sharifboyning oyoqlari ostiga ikki tillo 
kelib tushdi, ular bir oltinlarga va bir Qobilboyga qarab 
qoldilar:
– Iybi, kimni o‘ldirding?
– Ota kasbim odam o‘ldirish emas.
– Inisi bergan! – dedi Sharif. – Qani, ining bilan ko‘rish-
dingmi, Qobil?
– Ko‘rishdim.
– Odami nag‘z bo‘lg‘on?
– Odami nag‘z.
– Akun shu qochib yota beraykan-da, – dedi Rahim. – 
Biron chora boqsin-da, aytmading-chi, axe?
– Aytdim... Payt topib hammamiz Toshkand ketmaqchi 
bo‘ldik.
– Balli-balli! – dedi Rahim va Sharifga qarab qosh 
qoq di. – Toshkand ketamiz digani teksiz emas ekan-da
1

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin