273
– Bu hammasi Sultonali bilan Anvarning o‘yunidir, deb
o‘ylayman... Bu andishamga bir necha sabablar ham bor.
Janoblardan maхfi y emasdirkim, biz o‘zaro qanday yaqin
bo‘lsaq, Sultonali bilan Anvar ham o‘zaro shunday qalin
do‘st edilar. Binobarin, aqlg‘a «qarg‘a qarg‘aning ko‘zini
cho‘qur ekanmi?» degan savol keladir; janoblari shu borani
qanday tushundilar ekan.
Shahodat mufti Kalonshohka qarab qo‘ydi, Kalonshoh
parvosizroq ko‘rinar edi. Orada yana bir necha vaqt sukut
hukm surdi.
– Sultonali sarmunshiy bo‘lish uchun do‘stidan kechsa
ham mumkin, – dedi mufti. – Ikkinchi tarafdan, sizning fi k -
ri ngiz ham ehtimoldan ba’id
1
emas.
– Sultonali do‘stidan kechmay turib ham bu nayrang-
ni qilsa mumkin emasmi, domla? – deb kuldi Abdurah-
mon. – Masalan, хon olmoqchi bo‘lg‘an qizni qochirg‘uchi
Anvar ikki boshdan-ku, qaytib sarmunshiy bo‘lolmaydir,
boshqa tarafdan, хiyonatkor do‘sti bo‘lib tanilg‘an Sulton-
alining ham hayoti tahlika ostida turadir... Bas, shu hol-
da bu nayrang to‘qilg‘an bo‘lsa, yana to‘g‘risi, shu hiylani
Sultonalining amniyati
2
talab qilg‘an bo‘lsa, siz bilan men
g‘ayraz
3
qanday mantiqqa suyana olamiz?
Shahodat mufti o‘rnidan turdi, Abdurahmonning yoni-
g‘a kelib, orqasini qoqdi:
– Rahmat, o‘g‘lim, rahmat. Seni tuqqan onangga va
o‘qutqan ustozingga rahmat.
Abdurahmon yerga qarag‘an holda iljaydi. Shahodat
mufti unin g aqlig‘a tahsin o‘quy-o‘quy, nos chakib o‘z
joyig‘a o‘lturdi.
– Mulla Kalonshoh-a, shu gap bizning aqlimizg‘a aslo
kelmabti-da?
1
Dostları ilə paylaş: