270
9.
Asardagi:
«Anvarning o‘qushdan bo‘shag‘an kezlari
gullar ichida shu kapalaklar orasida kechar edi»
tasvi-
riga tayanib, Anvar tabiatini izohlang.
10.
Solih maxdumning Anvarga munosabati ifodasiga taya-
nib, uning shaxsiyati haqida fi kr bildiring.
11.
Maxdumning Anvar bilan Ra’no o‘rtasidagi munosabatga
yondashuvini baholang.
12.
Asarda maxdumning
«og‘zining tanobi uzoq sayohatni
ixtiyor qilg‘an»
tarzidagi holati tasviri nimani anglatadi?
13.
Nigor oyimning maxdumga qarshi yo‘l tutishi sababini
sharh lang.
* * *
Tug‘ma qobiliyati va teran aqli tufayli Anvar saroyda
mirzaboshilik martabasiga erishadi. Anvarning mirzaboshi
darajasiga erishganini ko‘ra olmagan mulla Abdurahmon,
Shahodat mufti va Kalonshoh mirzo kabi kimsalar An-
var bilan xonning orasini buzish uchun yigitning suyuklisi
Ra’noning go‘zalligi ta’rifi ni hukmdorga yetkazadilar va
xotinboz xon qizni so‘ratib, maxdumga odam yuboradi. An-
var va Ra’no bu zo‘ravonlikka toqat qilib o‘tirmay, ota uyi-
dan qochib, yashirinishadi. Xon Anvarlarning qochishida
uning do‘sti Sultonalini aybdor sanab, o‘limga hukm qila-
di. Roman voqealari rivojida Anvarning akasi Qobil, uning
buxorolik do‘stlari: Sharif, Rahim hamda qo‘qonlik Safar
bo‘zchi kabilar faol ishtirok etishadi.
CHAYONNING NAMOYISHI
...Shahodat mufti kasavni olib, cho‘g‘ni titdi va keng
ko‘kragini shishirib nafas oldi.
– Ajab bedavo dard-da.
Kalonshoh mirzo boshini irg‘atib qo‘ydi.
– «Suygan yorim sen bo‘lsang, ko‘rgan kunim ne
bo‘lg‘ay», – deb davom etdi mufti. – Ululamir
1
qadrnoshunos
2
1
Ululamir
– ulug‘ amir.
2
Qadrnoshunos
– odam qadrini bilmaydigan.
271
bo‘lg‘andan so‘ng qiyin ekan. Shu oqpadarning qo‘l ostida
ishlagandan devonni tashlab ketkan behroq.
–
Sabr qiling, domla, sabr: «Innalloha ma’assobirin
1
».
– Albatta... Va lekin Sultonalidek bema’niga bosh ekkan -
dan, har ro‘z
2
o‘n tayoq yegan yaхshi.
Хuftanni o‘qug‘andan so‘ng tahorat yangilab yurg‘uchi
mulla Abdurahmon hujra eshigida ko‘rindi. Kichkina ho-
voncha boshidag‘i oq tepchima to‘ppi va qora uzun soqoli
uni hindilarning savdogari qiyofatig‘a qo‘yg‘an edi. Mulla
Abdurahmon ichkari kirib, qoziqdag‘i sallani oq to‘ppi usti-
dan kiydi.
– Men janoblarning so‘zlari
bilan uyga ovqat buyur-
madim-a?
– Lozim emas, biz uydan ovqatlanib kelganmiz.
Mulla Abdurahmon tancha yonig‘a kelib o‘lturdi va yer
ostidan Shahodat muftiga qarab iljaydi.
– Shunday qilib, mirzo Anvarni qiz bilan qochurding‘iz?
– Qochirish bo‘lsa, qochirdiq va lekin qordan qutulib
yomg‘urg‘a tutildiq, mulla Abdurahmon.
– Men eshitdim.
– Kulli yavmin batar
3
– bunisi undan qabihroq bo‘ldi...
Besh kundan beri yuraklar zardobka to‘ldi, mulla Abdurah-
mon, – dedi mufti.
– Kecha biznikiga yo‘qlab borg‘an ekansiz.
Siz ketib-
siz, men kelibman-da; ko‘p afsus qildim. Bu kun mulla
Kalonshohni olib, siz bilan suhbatlashib qaytayliq,
degan
niyatda...
– Qulliq, taqsir, qulliq, – deb mulla Abdurahmon qi-
mirlab o‘lturdi. – Men Anvar bilan Sultonali mojarosini
faqat kecha mirzo Boisdan eshitdim. Bu to‘g‘rini aniqroq
bilish uchun janobingizning хizmatingizga borg‘anim edi...
Хo‘sh, havodis nima?
1
Оllоh sabr qilg‘uchilar bilan birgadir (oyat,
Dostları ilə paylaş: