38
BALLADA
She’riyatning o‘ziga xos janri bo‘lgan ballada fransuz-
cha «ba lada» so‘zidan olingan bo‘lib, «raqs qo‘shig‘i»
ma’nosini anglatadi. Hajman u qadar katta bo‘lmagan bu
xil asarlarda shoir o‘z his-tuyg‘ularidan
tashqari ana shu
tuyg‘ularga sabab bo‘lgan voqealarni ham tasvirlagan.
O‘zbek adabiyotida balladalar ko‘proq tarixiy-fantastik
va qahramonlik yo‘nalishlarida bitilib, ularda o‘tmishda
ko‘pchilikning foydasi yo‘lida fi doyilik ko‘rsatgan kishilar-
ning jasoratini tasvir laydi.
Shoir Shuhrat qalamiga mansub Siz tanishib chiqqan
«Mardlik afsonasi» balladasi, ko‘rganingizdek,
xalqimiz-
ning shonli o‘tmishidagi qahramonliklardan birini tasvir-
lashga bag‘ishlangan. Bobolarimiz tarixida bo‘lib o‘tgan
o‘sha ha yotiy voqea Shuhrat tomonidan boshqacharoq
talqin etilgan. «Mardlik afsonasi»da shoir asarda aks etgan
voqealarga aralashadi, qahramonlarning
xatti-harakatlariga
munosabat bildiradi. Shuhrat To‘maris va uning o‘z qav-
miga muhabbatini, ayni vaqtda, Kayxusrav va uning bos-
qinchi qo‘shinlariga nafratini ochiq bayon etadi.
Balladada To‘marisning qahramonligiga alohida urg‘u
be riladi. Yovqur ayolning qonxo‘r
bosqinchi bilan yakka-
ma-yakka olishuvi va zo‘ravonlikni kasb qilgan Kayxus-
ravni yenggani ta’sirli ravishda aks ettiriladi. Ballada jan-
rining talabidan kelib chiqib, To‘marisning bosqinchi forsni
o‘z qo‘li bilan o‘ldirgani alohida tasvir etiladi. Shuningdek,
asarda To‘maris qanchalik jangovar hukmdor, mohir jang-
chi bo‘lmasin, el-ulusning fi krini tinglaydigan, unga quloq
s oladigan odam sifati da ko‘rsatiladi. Bu hol,
obrazning
ta’sir kuchini ya nada oshirib, unga insoniy joziba baxsh
etadi.
39
She’riyat, mazlumga homiylik qilding,
Qaroli bo‘lmading zo‘ravonlarning.
Olding panohingga notavonlarni,
Zolimlarni esa dushman deb bilding.
asr jahon she’riyatining
yirik vakili Rasul
Hamzatov 1923-yilning 8-sentabrida tu g‘ildi.
O‘n uch-o‘n to‘rt yoshlaridan she’rlar yoza
boshlagan. Rasul Hamzatov mustaqil hayot-
ga barcha tog‘lik yigitlar singari erta qadam
qo‘ydi. O‘n sakkiz yoshidan o‘qituvchi, artist
va muxbir sifatida turli jabhalarda mehnat qildi.
Shu jara-
yonda ona xalqining turmush tarzi va o‘ziga xos ruhiy dun-
yosi bilan yaqindan tanishib bordi. Otasi – Dog‘istonning
mashhur shoiri Hamzat Sadasa uni ijodga jiddiy qarashga,
hamisha haqiqatni ta’sirchan yo‘sinda kuylashga o‘rgatdi.
Uning birinchi kitobi 1943-yilda chop etildi. 1945-yil-
da Moskvadagi Adabiyot institutida tahsil olishga kirishdi.
Dostları ilə paylaş: