Mo‘ymarakka».
AJAB ERMAS
Bu kunlar boshimizda bir sahob
1
o‘lsa, ajab ermas,
Munavvar zimnida
2
bir oftob o‘lsa, ajab ermas,
Bu davlat suv yuzinda bir hubob
3
o‘lsa, ajab ermas,
Ko‘rulsa suvrati, asli niqob o‘lsa, ajab ermas,
Ochilsa pardalar yuzdin, hijob o‘lsa, ajab ermas.
Duoya qo‘l ochib, az tahti dil
4
yig‘lang, musulmonlar,
Zaif o‘ldi, bilurmisiz, bu nuqson birla iymonlar,
Xudoga yalbaringlar, ketmasin ko‘ngilda armonlar,
Burodarlar, azizlar, yaxshilar, ahbob, yoronlar,
Duolar Hazratig‘a
5
mustajob o‘lsa, ajab ermas.
1
Sahob – bulut.
2
Zimnida – o‘rtasida, orasida, ichida.
3
Hubob – pufakcha.
4
Az tahti dil – astoydil, dildan.
5
Hazratig‘a – bu yerda: Allohga.
236
Nasimi jonfi zo
1
bemorlarga, ey sabo, yetkur,
Xazon pajmurda
2
bo‘lganlarga bir obi havo yetkur,
Qo‘y emdi biz bilan begonani, bir oshno yetkur,
Gadomiz, boshlar uzra soyalar solsun, Humo yetkur,
Muqarrardur, zamona inqilob o‘lsa, ajab ermas.
Shariat nuri birlan arsai olamni
3
anvar
4
qil,
Bisoti saltanatga ziynati islomni zevar
5
qil,
Amiri adlgustar
6
, hukmron mazlumparvar qil,
Asosi zulm daf’in qil, adolatpesha sarvar qil,
Aduvlar
7
koru bori ehtisob
8
o‘lsa, ajab ermas.
Shiori shar’
9
birlan ziynatafzo
10
bo‘lsa Farg‘ona,
Havosi ruhparvar
11
ham diloro bo‘lsa Farg‘ona,
Jahon ahlig‘a go‘yo daf’u savdo bo‘lsa Farg‘ona,
Tong ermaski, go‘yo jannatoso
12
bo‘lsa Farg‘ona,
Bo‘lub tufrog‘i anbar, suv gulob o‘lsa, ajab ermas.
O‘tub bir qarn
13
, ahbobim
14
, jahon obod ko‘rgaysiz,
Jahon ahlini qayg‘u qaydidin
15
ozod ko‘rgaysiz,
Giriftori alam ermas, hamani shod ko‘rgaysiz,
1
Nasimi jonfizo – jon bag‘ishlovchi shabboda.
2
Pajmurda – so‘lg‘in, g‘amgin.
3
Arsai olam – olam maydoni, ya’ni butun dunyo.
4
Anvar – nurli.
5
Zevar – ziynat, bezak.
6
Adlgustar – adolatpesha.
7
Aduv – dushman, yov, raqib.
8
Ehtisob – nazorat, tekshirish.
9
Shiori shar’ – shariat shiori, ya’ni qonun ustuvorligi.
10
Ziynatafzo – ziynat, bezak beruvchi.
11
Ruhparvar – ruh, jon bag‘ishlovchi.
12
Jannatoso – jannat kabi.
13
Qarn – davr, asr.
14
Ahbob – do‘stlar.
15
Qayd – zanjir.
237
Avalgi o‘tgan-u ketgan ko‘ngilda yod ko‘rgaysiz,
Qarig‘an chog‘da bir ahli shabob
1
o‘lsa, ajab ermas.
Bashoratlarni bilsang, Zavqiy olam ogahidindur,
Bu ra’y, albatta, islom ahli bo‘lsa, matlabidindur
2
,
Bo‘lur bu kanzi maxfi y
3
oshkoro deb Jalidindur
4
,
Degan tarixlari ul Ne’matullohi Validindur,
Bu so‘z vallohu a’lam bissavob o‘lsa, ajab ermas
5
.
Dostları ilə paylaş: |