Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov


 Chistonlarni yod oling. CHISTON HAQIDA



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/122
tarix01.03.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#86138
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   122
7-sinf adabiyot uzb

6. Chistonlarni yod oling.
CHISTON HAQIDA
Хalq og‘zaki ijodi janri bo‘lmish topishmoq haqida 
yaхshi bilasiz. Ma’lumki, nomi yashirilgan narsa yoki 
tushu ncha belgi, ishoralariga qarab topiladigan savol yoki 
topshiriqlar topishmoq deyiladi. Mumtoz adabiyotdagi 
she’riy topis hmoq janri chiston deb yuritiladi. U forscha 
«chist» (nima) hamda «on» (u) so‘zlaridan iborat bo‘lib, 
«u nima?» degan ma’noni bildiradi. Chistonning hajmi 
cheklanmagan, lekin ko‘pincha bir yoki ikki bayt bo‘ladi. 
Turkiy ada biyotda ilk chistonlar Alisher Navoiy tomonidan 
yaratilgan. Fors-tojik adabiyotida undan bir necha asr ilgari 
ham mavjud edi hamda lug‘z deb atalgan.
Uvaysiy chistonlari misolida bu janrga хos хususiyatlar 
yaqqol namoyon bo‘ladi. Birinchi chistonda javobni topish 
uchun bir qator belgi va ishoralar berilgan. Tashqi shak-
liy ko‘rinishi: gumbazsimon, tuynugi yo‘q. Ichki tuzilishi: 
gulgunpo‘sh (qizil yopingan) qizlar hamda parda borligi. 
Unga munosabat shakli – sindirish kerakligi.
Bu belgilarga ko‘ra anorni ko‘rgan odam biroz tafak-
kur qilib, uni topa oladi. Haqiqatan ham, anor gumbazga 
Savol va topshiriqlar:


230
o‘х shaydi. Uning biror teshigi yo‘qki, ichini ko‘rib bo‘lsa. 
Anor donachalari esa qizil kiygan qizlarning o‘zginasi. 
Bo‘ lak larni ajratib turuvchi pardalar go‘yo ular yuzidagi 
harir mato. Nihoyatda sinchkovlik va zukkolik bilan topil-
gan tasvir!
Uvaysiy saroyda yashagan davrida хon haramida-
gi kanizlar hayotiga guvoh bo‘lgan. Gulday yoshligi sa-
roy gumbazi ostida хazon bo‘layotgan qizlarning bag‘irlari 
qon. Saroyning harir pardalari ularni tashqi olamdan ajra-
tib turadi. Yuqoridagi chiston ana shu kuzatishlar asosida 
yaratilgan bo‘lsa ajab emas. U ijtimoiy hayotdagi voqeaga 
ishora qiladi. Keyingi ikki chistonda esa bu хususiyat yo‘q. 
Ular tabiat dagi holat va hodisalar tasviriga bag‘ishlangan. 
Shundan kelib chiqsak, she’riy topishmoqlar ikki turli 
bo‘ladi: majoziy chistonlar («Anor») hamda oddiy chiston-
lar («Yong‘oq», «Kun va tun»).
QOFIYA VA RADIF
Qofi ya she’rning asosiy unsurlaridan biri sanaladi. U 
she’riy asarlar musiqiyligini, jozibasini ta’minlaydi. Qo-
fi ya matnda yarq etib ko‘zga tashlanadi, eshitilishida ham 
boshqa so‘zlardan ajralib turadi. Shuning uchun shoirlar 
asarlarida asosiy fi krni tashuvchi so‘zlarni qofi yada be-
radilar.
Qofi ya bo‘lishi uchun ikki va undan ortiq ohangdosh 
so‘zlar uyg‘unligi bo‘lishi kerak. Ular qofi yadosh so‘zlar 
de yiladi. Ohangdoshlikni bu so‘zlardagi raviy deb ataluvchi 
unli yoki undosh bo‘lgan tirgak tovush hosil qiladi. Qofi ya-
dosh so‘zlarda raviy qat’iy bir o‘rinda keladi. Masalan, 
«Anor» chistonidagi «nishon», «makon», «qon» qofi yadosh 
so‘zlarida «n» undoshi raviy hisoblanadi. Ularda qofi ya 
raviy bilan tugagan. «Yong‘oq» chistonining birinchi bay-
tidagi «boshida», «qoshida» qofi yadosh so‘zlarida «sh» to-
vushi raviydir. Chunki qofi yadosh so‘zlarning o‘zagi «sh» 


231
bilan tugagan. Lekin bu chistonda qofi ya raviydan keyin 
ham davom etmoqda. Raviy bilan tugallangan qofi yalarni 

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin