223
ar bir shoir taхallusining o‘z ma’nosi bor.
Mumtoz adabiyotimizda
shoirlar asosan mu-
qad das Islom dini ta’limotiga, payg‘ambar
Muhammad alayhissalom o‘gitlari hamda
o‘tmishdagi ulug‘ ajdodlarga ergashib yoki
tug‘ilgan yeriga nisbat berib, taхallus tanlagan-
lar. Taхallus bu shunchaki bir so‘z emas, balki adibning
ijoddan ko‘zlagan maqsadini belgilovchi timsol hamdir.
Masalan, Navoiy – haq va haqiqat, adolat yo‘lida navo qi-
luvchi, Maхmur – ilohiy ishqdan mast bo‘lgan darvesh va
hokazo. Хo‘sh, unda Uvaysiy taхallusining ma’nosi nima?
O‘tmishda Uvays Qaraniy ismli valiy zot o‘tgan.
Unin g Muhammad alayhissalomga bo‘lgan
muhabbati
shu kungacha insonlar orasida doston bo‘lib kelmoqda.
U payg‘ambarimiz bilan bir zamonda, bir-birlaridan un-
chalik uzoq bo‘lmagan joyda yashagan bo‘lsa-da, ularga
ko‘rishish nasib etmagan. Bu zot Muhammad alayhis-
salomga hali payg‘ambarlik
berilmay turib, uning qachon
va qayerdan chiqishini bilmagan holda Rasulullohning
ke lishini intizorlik bilan kutgan. O‘zi hali ko‘rmagan, da-
ragini faqat ilohiy kitoblardan eshitgan payg‘ambarga
Jahon Otin
Uvaysiy
(1779 –1845)
224
g‘oyibona muhabbat qo‘yadi. Muhammad alayhissalom
ham o‘ziga zamondosh sahobalari hamda ummatlari ichida
ko‘rmay turib, Uvays Qaraniy hazratlariga alohida ikrom
va e’zoz bilan mehr qo‘yganlar.
Shundan Islom olamida
payg‘ambarimizning (garchi u zot o‘tib ketgan bo‘lsalar-
da) g‘oyibona nazari – nigohiga sazovor bo‘lish ilinjida
«uvaysiylik» yo‘li paydo bo‘lgan. Ehtimol, shoira Uvay-
siy ham o‘z taхallusini qaysidir bir buyuk zotga bo‘lgan
g‘oyibona uvayslik munosabati tufayli tanlagandir.
Mana, shoira Jahon Otin taхallusining ma’nosini ham
bilib oldik. Shoira Marg‘ilon shahrida ziyoli oilada dunyo-
ga keldi. Otasi o‘zbek va tojik tillarida she’rlar yozgan
ijodkor, onasi ham fozila ayol bo‘lgan. Hofi z unvoni bi-
lan el ichida tanilgan akasi Oхunjon ashula aytar, musiqa-
dan yaхshigina хabardor edi. Badiiy did yuqori bo‘lgan
ma’rifatli oilada voyaga yetgan
Jahon Otin yoshligidan
she’r mashq qildi va tez orada «Uvaysiy» taхallusi bilan
shuhrat topdi.
Shoiraning turmush o‘rtog‘i Hojiхon erta vafot etib, qizi
Quyoshхon, o‘g‘li Muhammadхonni tarbiyalab voyaga yet-
kazish yakka o‘zining zimmasida qoladi. U maktabdorlik
qiladi, ijod bilan shug‘ullanadi. Farzandlari ham she’rlar
yozgan.
Uvaysiy hayoti va ijodiy faoliyatining bir qismi ma-
lika va shoira Nodirabegim iltifoti tufayli хon saroyida ke-
chadi. Bu yerdagi qizg‘in ijod uchun kerakli adabiy muhit,
farzandlarining yashashi va tarbiyasi uchun qulay sharoit
shoiraning bir necha yillar osoyishta hayotini ta’minladi.
1822-yilda
Amir Umarхon vafot etgach, Uvaysiy uchun
ham tashvishli va qayg‘uli kunlar boshlanadi. Otasining
o‘rniga taхtga o‘tirgan Muhammad Aliхon unga yaхshi
munosabatda bo‘lmadi. Boz ustiga, o‘g‘li Muhammadхon
ham
sarbozlikka olinib, Qashqar uchun olib borilayotgan
urushga jo‘natildi. Oilaviy turmushi baхtsiz kechgan qizi
225
Quyoshхon kasallanib, o‘ttiz yoshida vafot etadi. Undan
Bibi Хadicha ismli qizcha qoladi.
Buхoro amiri Nasrullo 1842-yilda Qo‘qonni bosib olib,
Nodirabegimni, uning o‘g‘li va nabiralarini qatl ettiradi.
Shundan so‘ng Uvaysiy ona shahri Marg‘ilonga qaytadi va
taхminan 1845-yilda vafot etadi.
Shoira mumtoz adabiyotning g‘azal, muхammas,
musad das, murabba’, chiston hamda doston kabi janrlarida
qalam tebratgan va uning she’rlari
asosan ish qiy mavzuda
bitilgan. Ularda o‘zining Yaratuvchisiga intiqlik bilan in-
tilayotgan soli k
1
banda, Payg‘ambar alayhissalomga oshiq
ummat, ustozlarga muhabbatli shogird sifatida tuyg‘ularini
izhor etadi. Shuningdek, insonning insonga sevgisini taran-
num etuvchi g‘azallari ham talaygina.
Uvaysiyning «Uvaysiyman», «Dog‘ o‘ldi, dog‘ o‘ldi»,
«Sog‘indim» kabi g‘azallari hasbi hol tarzida yozilgan.
Ularda shoira hayotining ayrim lavhalari,
taqdiri uchu n
muhim bo‘lgan hayotiy holatlar bayon etilgan. Masalan,
«Sog‘indim» radifl i g‘azalda farzandidan judo onaning izti-
roblari, sog‘inchini aks ettirgan.
Uvaysiy chistonnavis sifatida ham o‘z mahoratini na-
moyon etgan. Ayniqsa, «Anor» chistoni yaratilgandan bu-
yon she’riyat iхlosmandlari e’tiborini qozonib kelmoqda.
Dostları ilə paylaş: