Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/122
tarix01.03.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#86138
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   122
7-sinf adabiyot uzb

G‘AZALLAR
* * *
Mehnat-u alamlarga mubtalo Uvaysiyman,
Qayda dard eli bo‘lsa, oshno Uvaysiyman.
Istadim
2
bu olamni, topmadim vafo ahlin,
Barchadin yumib ko‘zni muddao Uvaysiyman.
1
Solik – ma’naviy tozarish, ruhiy poklanish yo‘lidagi shaxs.
2
 Istadim – bu yerda: «izladim» ma’nosida. 
8 – Adabiyot, 7-sinf.


226
Uz diling taalluqdin
1
, band qil Xudo sori,
To degil kecha-kunduz: «Mosivo
2
Uvaysiyman!»
Kechalar fi g‘onimdin tinmadi kavokiblar
3
,
Arz to samo
4
uzra mojaro Uvaysiyman.
To ko‘rib xarobotin
5
ta’na etma, ey zohid,
Bir nafas emas xoli iqtido
6
Uvaysiyman.
Faqr borgohiga
7
qo‘ysa gar qadam har kim,
Bosh agar kerak bo‘lsa, jonfi do Uvaysiyman.
Vaysiy beriyozat
8
deb sahl
9
tutma, ey orif,
Ishq aro nihon dardi bedavo Uvaysiyman.
1. Shoira nima uchun barchadan ko‘zni yumibgina muddao-
ga yetishini aytmoqda?
2. Dunyodan uzilib, dilni Xudo sari band qil deganida nimani 
nazarda tutgan: tarki dunyo qilishnimi yoki mol-dunyoga 
berilmaslik kerakliginimi?
3. Ilohiy ishqda o‘rtanayotgan oshiqning kechinmalari nima 
uchu n yer-u ko‘kni larzaga soladi?
4. G‘azaldagi oshiqning zohid bilan bahsga kirishishining 
boisi nima?
5. Oxirgi baytlarni o‘qituvchingiz va sinfdosh o‘rtoqlaringiz 
bilan tahlil qiling. 
1
Uz diling taalluqdindilingni dunyo aloqasidan uz, ya’ni 
dun yodan yuz o‘gir.
2
Mosivo Uvaysiyman – dunyodan uzilgan Uvaysiyman.
3
Kavokib – yulduzlar. 
4
Arz to samo – yerdan osmongacha. 
5
Xarobotin – bu yerda: so‘fiylar maskani. 
6
Iqtido – ergashish. Bu yerda Uvaysiyning so‘fiylik, tasavvuf 
maslagiga ergashgani anglashiladi. 
7
Borgoh – faqir so‘fiylar, ishq ahlining manzilgohi. 
8
Beriyozat – mashaqqatsiz, qiynoqsiz, azobsiz. 
9
Sahl – yengil, oson. 

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin