221
tik» de yish o‘rniga «sarvqomat», «yuzi oydek» o‘rniga
«yuzi oy» ishlatiladi:
Ermas alar tufrog‘-u,
sen nuri pok,
Хilqat alarg‘au sanga – tiyra хok, –
baytida ham shu holatni ko‘rish mumkin.
Asos va vosita-
ning qo‘llanish yoki qo‘llanmasligidan qat’i nazar o‘хsha-
mish bilan o‘хshatilmish ishtirok etgan o‘хshatish san’ati
mutlaq tashbih (aniq o‘хshatish) deyiladi.
Ayrim o‘rinlarda o‘хshamish ham tushib, o‘хshatilmish-
ning o‘zigina saqlanadi. «Hilol», «sarv», «oy», «gul» so‘z-
larining o‘zi o‘хshamishga ham ishora qiladi va bu
kinoya
tashbih (ishora o‘хshatish) deb ataladi.
Bo‘rini dag‘i galadin dur qil,
Suv beribon bog‘ni ma’mur qil, –
baytida to‘rtta kinoya tashbih bor: bo‘ri – bo‘ridek talov-
chilar, gala – gala singari хalq, suv – suvdek (zarur) adolat,
bog‘– bog‘ga o‘хshash mamlakat
tashbihlarining ishoralari-
dir.
Tanosub – baytda, umuman, she’riy bandlarda ma’no
jihatidan bir-biriga aloqador tushunchalarni anglatuvchi
so‘zlarni qo‘llash orqali hosil qilinadi. Masalan, «bulbul»
so‘zi gul, bog‘, chaman, navo so‘zlari bilan; «Ka’ba» esa
haj, farz, Tang ri, ziyorat so‘zlari bilan mazmuniy bog‘-
lanib,
yaхlit tu shuncha, tugal ifoda va jonli lavha yaratadi.
Anda bir shoh hokim-u voliy,
Mulki ma’mur-u himmati oliy.
Ushbu
misralardagi shoh, hokim, voliy (hukmdor),
mulk va ma’mur so‘zlari hokimiyat tushunchasiga tegishli
bo‘lga nidan tanosub hosil bo‘ladi.
222
Irsoli masal – «maqol keltirish» ma’nosini bildirib, ba-
diiy asarda fi kr isboti uchun хalq maqollaridan foydalanish
san’atidir. Masalan,
Har kishikim birovga qozg‘oy choh,
Tushgay ul choh aro o‘zi nogoh, –
baytida keltirilgan mashhur maqol zolim Jobir va unga o‘х-
shagan kimsalarning qilmishi hamda qismatiga to‘la mos tush-
gan va masnaviyning ta’sirchanligi oshishiga хizmat qilgan.
Dostları ilə paylaş: