Tarbiyalash



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix14.04.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#98183
  1   2
1274-Текст статьи-3232-1-10-20210420



MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MA’NAVIY-AXLOQIY 
TARBIYALASH 
Abdullayev Adbuqayum Abdulxayevich 
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti 
Maktabgacha ta’lim kafedrasi mudiri dotsent 
 
Rezyume: Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy 
tarbiyalashda xalq og‘zaki ijodi namunalaridan foydalanishning ahamiyati tahlil 
qilingan. 
Tayanch so‘zlar: ma‘naviy-axloq, tarbiya, ta‘lim, xalq og‘zaki ijodi, ertak, 
maktabgacha ta‘lim, oila. 
 
Maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy kamolotida oila va 
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘rganiladigan topishmoq, topishmoqli
ertaklarning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida xalq 
og‘zaki ijodi namunalari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-
axloqiy tarbiyalashning samarali shakl va metodlari, maktabgacha yoshdagi 
bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda oila va maktabgacha ta’lim tashkilotining 
hamkorligi yoritib beriladi. 
Topishmoq azaldan xalq pedagogikasining oliy namunasi hisoblanadi. Zero, 
xalq og‘zaki ijodining eng qadimgi va eng faol janrlaridan biri ham topishmoq 
hisoblanadi. Topishmoqlar inson, ijtimoiy hayot va tabiat hodisalari bilan 
chambarchas bog‘langan bo‘lib, hammavaqt real zaminga asoslanadi. Unda 
atrofimizni o‘rab turgan moddiy dunyodagi turli narsalar aks etadi. Har bir 
topishmoq o‘ziga xos shakl va mazmunga ega bo‘lgan mustaqil bir asardir. Unda 
falsafiy, tarixiy, etnografik belgilar, tushunchalar, hodisalarning mohiyati 
nihoyatda go‘zal obrazli ifodalar bilan aks ettiriladi.
Topishmoq aytish, asosan, bolalarning so‘z boyligini oshirish, hayot va 
uning hodisalari haqidagi tushunchalari va tasavvurlarini, idroki va mulohaza 


qobiliyatini kengaytirishda tarbiya vositasi hisoblanadi.Ular tarbiyalanuvchilarni 
ko‘proq narsa va buyumlarni, tabiat va uning hodisalarini idrok qilishga yordam 
beradi. MTM (maktabgacha ta’lim muassasasi)da maktabgacha yosh davrida 
bolalarga topishmoq aytish, uning javobini topish va xulosalar chiqarish bolalarni 
faqatgina o‘sha aytilayotgan tpishmoqning javobini topish uchun harakat 
qilishidagina emas, balki bolalar o‘rtasida bir- biriga mehr, do‘stlik, o‘rtoqlik, 
hamjihat bo‘lib yashash kerakligi haqida fikrlar bildiriladi 
MTT (maktabgacha ta’lim tizimi)da xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida 
ma’naviy-axloqiy 
tarbiyalashga 
yo‘naltirilgan 
pedagogik 
jarayonlarni 
takomillashtirishda MTT pedagog-tarbiyachilar tomonidan bolalarni ma’naviy-
axloqiy tarbiyasida amalga oshiriladigan ishlarning mazmun-mohiyati va 
yo‘nalishiga ko‘ra rejalashtirish va tashkil qilish funksiyalari quyidagi jarayonlarda 
amalga oshiriladi: 
maqsadi, vazifasi va shakliga ko‘ra turli mashg‘ulot va uchrashuv, suhbat 
jarayonlarini rejalashtirish va loyihalashtirish; 
modellashtirish, 
ya’ni tashkil qilinadigan pedagogik jarayonlarda 
tarbiyalanuvchilarning ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalanishlari uchun 
zaruriy shart-sharoitlarni yaratish va ularning imkoniyatlarini inobatga olgan 
holda faolligini ta’minlash bo‘yicha vazifalarni oldindan belgilash; 
yaratilgan 
shart-sharoitlar 
va 
mavjud 
vaziyatlarga 
ko‘ra 
tarbiyalanuvchilarning 
ma’naviy-axloqiy tarbiyalanganlik darajalarini 
nazorat qilish, ibrat, namuna ko‘rsatish, tahlil qilish va ob’ektiv baholash 
asosida rag‘batlantirish. 
MTTda bolalarni xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida ma’naviy-axloqiy 
tarbiyalash tizimini takomillashtirishda sanab o‘tilgan pedagogik jarayonlarning 
o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligini ta’minlash uchun pedagogik yondashuvni 
tatbiq qilish zarur (1-chizma).


1 chizma. MTT va oilada xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida maktabgacha 
yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik 
jarayonlarni takomillashtirish mexanizmi 
Ushbu modelning amaliyotga tatbiq etilishi xalq og‘zaki ijodi namunalari 
vositasida maktabgacha yoshdagi bolalalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash tizimini 
takomillashtirishdagi ustuvor masalalarni ijobiy hal etishga olib keladi deb 
izohlagan o‘z tadqiqot ishida D.A.Abdurahimova. 
Xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalalarni 
ma’naviy-axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirishda falsafiy, milliy-
ma’naviy, psixologik, pedagogik yondashuvning mazmun va mohiyatini anglashga 
erishiladi, maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda 
ijtimoiy omillarning ta’sirini hisobga olish hamda ma’naviy - axloqiy tarbiyani 
o‘zida mujassamlashtirgan xalq og‘zaki ijodi namunalariga tayanish zarur.
Xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarni 
ma’naviy-axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirishda oila, mahalla, MTT 
hamkorligi mexanizmini hayotga tatbiq etish o‘zining ijobiy samarasini berdi.
Demak tarbiyalanuvchi shaxsining individualligi va noyobligini hisobga 
olgan holda ota-onalar va keng jamoatchilikning yoshlarni xalq og‘zaki ijodi 
PEDAGOGIK TIZIM
MTT dagi MAShG‘ULOTLAR 
 (ta’lim-tarbiya jarayonlari) 
MTT, OILA VA MAHALLA 
HAMKORLIGI 
TARBIYAVIY MUNOSABATLAR 
JARAYONLARI  

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin