1.1 Maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish
1.2 Maktabgacha yoshdagi bolaning intellektual rivojlanishi. Bolaning intellektual rivojlanishi
II-BOB MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNI ESTETIK RIVOJLANISHIDAGI O’ZIGA XOSLIKLARI 2.1 Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashda estetik tarbiyaning ahamiyati
2.2 Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy jihatdan xar tomonlama rivojlantirish usullari
XULOSA ADABIYOTLAR RO`YXATI
KIRISH
Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta'lim - tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori bilan tasdiqlangan «Maktabgacha ta‟lim tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha 2017-2021 yillarga mo'ljallangan dastur»ning asosiy maqsadli vazifalari va yo’nalishlari qatorida ilg'or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish belgilangan.
Qarorga ko'ra, maktabgacha ta'lim tizimini tanqidiy o'rganish va yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo'yicha komissiya tashkil etilgan hamda uning asosiy vazifalari qatorida quyidagilar belgilangan: maktabgacha yoshdagi bolalarni uyg'un rivojlantirish sohasidagi ilg'or xorijiy tajribani hisobga olgan holda, sifatli maktabgacha ta'limni tashkil etishda davlat talablarini qayta ko’rib chiqish; mavjud amaliyot va ilg'or xorijiy tajribani o'rgangan holda, nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish, ularning tashkiliy-huquqiy shakllarini takomillashtirish bo'yicha takliflar tayyorlash. Respublikamizda bugungi kunda maktabgacha ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga alohida e’tibor qaratilib, farzandlarimizning jahon andozalari darajasida zamonaviy bilim, kasb-hunarlarni egallashi, ma’nan-axloqan, jismonan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat, fidoyilik tuyg‘ularini yuksaltirish borasida O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “Jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash” ustuvor vazifa etib belgilangan. Mana shu ustuvor vazifalarni amalga oshirishda mamlakatimizda maktabgacha ta’limni yanada rivojlantirish, uning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan muhim me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilind.