maktabgacha yoshdagi bolalarni intelektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan xar tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish
Bog‘cha maydonchasi. Har bir yosh guruhi uchun ajra-tilgan alohida maydoncha bо‘lishi kerak. Maydonchada bolalarni harakatlanish uchun joy (tekis maydoncha)
qum, suv, qurilish meteriallari, aynan о‘ynaladigan о‘yinlar uchun joy, ijodiy о‘yinlar va turli о‘yinchoklar bilan о‘ynaladigan о‘yinlar uchun joy ajratiladi. Maydonchada harakatlarni rivojlantiruvchi jihozlar, tirmashib chiqish uchun devorchalar (uch, tо‘rt va olti burchakli), muvozanat saqlash uchun xoda, tepalikka sakrash, uloqtirish mashkdari uchun jihozlar bо‘lishi kerak.
Yomg‘ir va quyoshdan saqlash uchun yopiq oynalar bо‘ladi. Maydoncha har doim ozoda, tartibli bо‘lishi zarur. Bolalarning ovqatlanishi (nonushta, tushlik, kech-ki ovqat) osoyishta utishi kerak. Oqilona tashkil etilgan ovqatlanish bolalarning о‘sib borayotgan organizmi uchun ayniqsa, muhim ahamiyatga ega, u barcha tо‘qimalarning meyorli о‘sishi va rivojlanishini ta’minlaydi.
Ovqatlanishda meyordan har qanday chetga chiqish bolalar organizmi, hayotiy faoliyatiga tezda ta’sir qiladi va bola qanchalik kichik bо‘lsa, u eng kichik bu-zilishga ham shunchatik kuchli ta’sir kо‘rsatadi.
Bolalarni ilk yoshligidan boshlab ovqatni mustaqil yeyishga о‘rgatish ularga ovqatni ishtaha bilan yeyishga, ovqatga ijobiy munosabat uyg‘otishga yordam beradi. 2 yoshdan boshlab qoshiqdan foydalanishga о‘rgatish, 4 yoshdan sanchiqdan, 5 yoshdan pichoqdan foydalanish ma-lakalarini tarbiyalab borish zarur.
Ovqatlanish vaqtida bolalarga tarbiya berish, ular-ni koyish yaramaydi. Bu holat bolalarning asabini bu-zadi, ishtahasini bо‘g‘adi. Bir bolaga berilgan tanbeh boshqa bolalar diqqatini tortmasligi lozim.
Uyqu. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashdagi muhim vazifa asab sistemasi gi-giyenasidir. Bu vazifani hal etishda uyqu katta ahamiyatga ega. Uyqu miya katta yarim sharlarining meyorli ishlashi uchun zarur bо‘lgan kuch-quvvatni tiklaydi.
Yaxshi va uzoq davom etgan uyqu asab sistemasi to-liqishining oldini oluvchi asosiy vositadir.
Bolalarni yaxshi uxlatish uchun ularga kuchli qо‘zg‘atadigan aqliy va jismoniy ish qildirmaslik, uyqudan oldin salbiy hislarni uyg‘otmaslik lozim, bunday muomala natijasida bolaning miya yarim sharla-rida yuqori qо‘zg‘alish о‘chog‘i hosil bо‘ladi.
Sayr. Bolalarning uzoq vaqt ochiq havoda bо‘lishi ularning sog‘ligi va jismoniy rivojlanishiga har tomonlama ijobiy ta’sir etadi. Bolaning ochiq havoda bо‘lishi natijasida qon aylanishi yaxshilanadi. Haroratning о‘zgarib turishi havoning namligi shamol ta’siri termoregulyatsion apparatni mashq qildiradi. Organizmning faolligi yanada ortadi, harakatlar, jismoniy sifatlar takomillashadi.