I-bob maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy tarbiya asosida ma’naviyaxloqiy sifatlarini shakllantirish



Yüklə 141,5 Kb.
səhifə10/11
tarix13.05.2023
ölçüsü141,5 Kb.
#113036
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
maktabgacha yoshdagi bolalarni intelektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan xar tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish

Chiniqtirish. Bola organizmini chiniqtirish degan-da, chidamlilik, zararli ta’sirlarga qarshilyk kо‘rsatish, hayotiy sharoitlarning о‘zgarishiga tez mos-lashish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tad-birlar tizimi tushuniladi.
Chiniqtirishning asosiy tamoyillari sistemali-lik, doimiylik va*shaxsning о‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishdir. Chiniqtirishning asosiy vositalari tabiat in’omlari: havo, suv va Quyosh vannasidir.
Kun tartibi va uni о‘tkazish metodikasi. Kun tarti-bi jismoniy tarbiyaning muhim shartidir. Kun tartibi xilma-xil faoliyat hamda dam olishning vaqt jihatdan muvofiq taqsimlanishidir.
Kun tartibini tashkil etuvchi barcha qismlarni (ovqatlanish, uyqu, о‘yin, mashg‘ulot, sayr) bir meyorda takrorlash natijasida bolalarda faoliyatning bir tu-ridan ikkinchi turiga utishni yengillashtiruvchi mustahkam kо‘nikma hosil bо‘ladi.
Kun tartibiga qо‘yilgan asosiy talablar. Kun tar­tibini tashkil etish gigiyenik omil, ya’ni bolalar sog‘lig‘ini saqlash, о‘zini yaxshi his etishi ham sanita­riya-gigiyena talablariga rioya qilish kabi vazifalar bilan cheklanadi.
Kun tartibini tuzishda yil fasllari ham e’tiborga
olinadi. Kun tartibiga qо‘yiladigan yana bir talab bo­lalarning yosh xususiyatlarini hisobga olishdir.
Shunday qilib, jismoniy tarbiya muammosini hal etishda, avvalo, sanitariya - gigiyena omillariga, tabi-atning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari Quyosh, havo va suv, gimnastika, о‘yin kabi vositalarga katta ahamiyat berish kо‘zlangan maqsadlarga erishishning muhim omili hisoblanadi.


XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish mumkinkiy O‘zbekiston Respublikasida kechayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy-ma’naviy islohotlar, fan-texnika va ishlab chiqarish keskin rivojlanib borayotganligi - jamiyat talablariga javob bera oluvchi shaxsni tarbiyalash masalasini kun tartibiga ko‘ndalang qo‘ymoqda. Jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida inson qalbini kichiklikdan boshlab yaxshilik, olijanoblik, insonparvarlik, odamgarchilik, aql-idrokli bo‘lish, odob-axloqlilik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, halollik, poklik, so‘zamollik, xushso‘zlilik, ilmli bo‘lish kabi oliyjanob hislatlar bilan boyitish inson kamolotining me’yori bo‘lib kelgan, chunki komil insonning manaviyati yuksak bo‘ladi, yuksak manaviyatga ega bo‘lgan kishi esa o‘z xalqining o‘tmish tarixi, urf-odati, qadriyati va an’analari, madaniyatini chuqur biladi, unga rioya qiladi. E’tirof etish joizki, ta’lim tizimining hozirgi kundagi rivojlanish bosqichida uning birinchi bo‘g‘ini hisoblangan maktabgacha ta’limda jadal o‘zgarishlar yuz bermoqda. Shu sababli, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatida bolalarni estetik tarbiyasi o‘ziga xos yo‘nalish sifatida qabul qilingan. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni axloqiy-estetik tarbiyalashda qo‘g‘irchoq teatri vositasidan samarali foydalanish − bolalarning iqtidori, obyektiv borliq haqidagi tasavvuri, dunyoqarashini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitni yaratishi bilan yanada ahamiyatlidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-hissiy rivojlanishida tasviriy faoliyatning o‘rni katta. Ayniqsa, qo‘g‘irchoq teatri maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy estetik va ma’naviy-axloqiy tarbiyalash vositasi sifatida qaralayotganligi bugungi kunda ko‘pchilik MTM tarbiyachi –pedagoglariga ham ayon emas.
Maktabgacha ta‟lim tashkilotlarida bolalarni tarbiyalashdagi bunday ijobiy qarashlar bilan bir vaqtda, xulosa tariqasida aytish joizki xorijiy mamlakatlarning maktabgacha ta‟lim tizimlarini o„rganish, ularning ilg„or tajribasini tahlil etish va respublikamiz sharoitiga moslashtirish bo„yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish mamlakatimiz maktabgacha ta‟lim tizimini takomillashtirib zamonaviylashtirishga imkon yaratadi desak mubolag‟a bo‟lmaydi.

Yüklə 141,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin