KUN TARTIBI VA UNING AHAMIYATI
Shiddat bilan rivojlanib borayotgan bugungi kunimizda sog’lom turmush
tarzini shakllantirish eng asosiy masalalardan biridir. Kishilar salomatligini saqlash
va sog’lom avlodni yuzaga keltirish xozirda dolzarb vazifa sanaladi. Buning uchun
kishilarning kundalik faoliyatida ma’lum bir tartib intizom, o’z sog’ligi haqida
“qayg’urish” ya’ni o’z-o’zini idora qilish kabi tushuncha va bilimlar bilan boyitib
borishimiz kerak. Shu asnoda ularni ma’lum darajada kun tartibiga o’rgatib
borishimiz kerak bo’ladi.
Kun tartibini gigiyenik qoida va talablar asosida tashkil etish orqali har bir ishni
har kuni ma`lum belgilangan vaqtda bajarishga, ma`lum belgilangan vaqtda
ovqatlanish va dam olishga organizm moslashadi. Boshqacha aytganda har bir
ishni bajarish, ovqatlanish, dam olish, uxlash vaqtiga shartli refkeks hosil bo`lib,
dinamik stereotip shakllanadi. Buning natijasida vaqt tejaladi, har bir ish aniq
belgilangan vaqtda bajariladi, ovqatlanish va dam olish me`yorida bo`ladi,
organizm charchamaydi, faoliyat samaradorligi ortadi.
Kun tartibiga amal qilish tufayli odam intizomli bo`lishiga, mas`uliyatni to`liq his
etishiga, uning ma`naviy va axloqiy jihatdan yuksalishiga zamin yaratadi.
Kun tartibi taxminan quyidagicha bo`lishi tavsiya etiladi:
Uyqudan uyg`onish - ertalab soat
Ertalabki
gigiyenik
gimnastika
(badantarbiya).
Badantarbiya
yurishdan
boshlanib, yugurishga o`tiladi. So`ngra gimnastika mashg`ulotlari bajariladi.Bunda
tananing hamma muskullari harakatlantiriladi. Gimnastika mashg`ulotlarida qo`l,
yelka, gavda, oyoq muskullari navbat bilan harakatlantiriladi.Ertalabki gigiyenik
badantarbiyadan so`ng chiniqtiruvchi tadbirlar o`tkaziladi.Yuvinib, nonushta
qilinadi.
Ovqatlanishni har kuni ma`lum aniq belgilangan vaqtlarda bo`lishi ishtahani
me`yorida bo`lishiga, ovqatni yaxshi hazm bo`lishiga imkon beradi, ya`ni
ovqatlanish vaqtiga nisbatan shartli refleks hosil bo`ladi.
Maktab yoki o`quv yurtlaridagi mashg`ulotlar
Tushlik.
Erkin vaqt: oilaga yordam, sport mashg`ulotlari, ochuq havoda sayr qilish, dam
olish.
Yu vazifasini bajarish Kechki ovqat
Erkin vaqt, madaniy dam olish, oilaga yordam, ochuq havoda sayr qilish.
Kech soat 20 dan keyin turli xildagi sport mashg`ulotlarini o`tkazish tavsiya
qilinmaydi, chunki kechki paytdagi mashg`ulotda markaziy nerv tizimi
qo`zg`algan holatda bo`lgani uchun uyqu tinch bo`lmaydi.
Uyqu - dam olishning asosiy va hech narsa bilan almashtirib bo`lmaydigan
turi hisoblanadi.Uyqu yetarli bo`lishi va uni to`g`ri tashkil etilishi sportchi
sog`lig`ini mustahkamlash va ish bajarish qobiliyatini yuqori darajada bo`lishini
ta`minlaydi.Oquvchi - talabalar bir kecha-kunduzda 8-9 soat uxlashi kerak. Uxlash
soat 22 da, uyg`onish soat 6 da, yoki uxlash 23 da, uyg`onish soat 7 da. Har kuni
bir vaqtda uxlash bir vaqtda uyg`onishga odatlangan odam yotishi bilanoq darrov
uxlaydi, uyqu tinch bo`lib, yaxshi dam oladi. Uyg`onish vaqti yetishi bilanoq u
uyg`onadi. Uyqudan keyin ish bajarish imkoniyati yaxshi bo`ladi.Uxlash uchun
ko`rpa-to`shak qulay bo`lishi kerak (matras, 2 ta choyshab, jun odeyal, yumshoq
yostiq).Uyqudan oldin deraza darchasini ochib havosi yangilanishi lozim. Uyqudan
oldin ochiq havoda 10-20 minut sayr qilish uyquning unumli bo`lishiga ijobiy
ta`sir qiladi.
Shaxsiy gigiyena.Shaxsiy gigiyena tushunchasi asosida har bir shaxs
zimmasida o`zining va jamiyat a`zolarining, qolaversa kelajak avlodlar sog`lig`i va
tabiatni muhofaza qilish uchun zarur bo`lgan gigiyenik bilimlarni o`zlashtirish va
ularga amal qilish mas`uliyati turadi.Ayrim odamlar shaxsiy gigiyena
tushunchasini tor ma`noda tasavvur qilib, uni asosan ozodalik ya`ni taom iste`mol
qilish oldidan qo`l yuvish, kechqurun va ertalab tishlarni tozalash, tanani toza
saqlash kabi oddiy masalalar bilangina bog`lashga odatlanib qolganlar.
Aslida esa shaxsiy gigiyena tushunchasi ancha keng ma`nodagi masalalarni o`z
ichiga oladi va sog`lom turmush tarzi qoidalarining asosini tashkil etadi.
Chunonchi, ozodalik (teri gigiyenasi), tish va og`iz bo`shlig`i, kiyim va poyabzal
gigiyenasi kabi masalalarni o`z ichiga oladi.
Terini parvarish qilish va teri kasalliklarining oldini olish.
Donishmand xalqimizning maqoliga ko`ra teri-sog`liq oynasidir.Teri odam
organizmida himoya, ayirish, nafas olish, tana harorati doimiyligini ta`minlash
kabi hayotiy muhim funksiyalarni bajaradi.Bu funksiyalar normal o`tishi uchun teri
doimo toza bo`lishi zarur.
Terining eng ustki epidermis qavatining hujayralari uzliksiz po`st tashlab
yangilanib turadi. Har sutkada teri yuzasida 10-15 gramm epidermis
hujayralarining chiqindilari hosil bo`ladi.Agar odam muntazam ravishda yuvinib
turmasa, terisining ustki qavatidan ajralgan po`st chiqindilari ter va yog`
bezlarining suyuqligi bilan qo`shilib teriga yopishib qoladi.Terining ustki qismi
chiqindi moddalar bilan qoplanib, ter va yog` bezlarining suyuqlik chiqaradigan
kanalchalarini yopib qo`yadi.Buning oqibatida terining nafas, ayirish, tana harorati
doimiyligini
ta`minlash
funksiyalari
buziladi.
Bundan tashqari teri ustini qoplagan chiqindi moddalar, ya`ni kirlanish kasal
qo`zg`atuvchi mikroblar yashashi va ko`payishi uchun qulay sharoit yaratadi.
Ma`lumki, kirlangan teri qichiydi va odam qashishi tufayli teri tindalanadi, tilinadi.
Bu jarohatlarga tushgan mikroblar yiringli yara hosil qiladi. Shuningdek, terini
qashigan paytda undagi mikroblar tirnoq ostiga kirib qoladi va qo`lni sovunlab
yuvilmasa, ovqat iste`mol qilganda ular hazm a`zolariga kirib, me`da-ichak
kasalliklarining yuzaga kelishiga sabab bo`ladi.
Yuqumli gepatit “A”, ichburug`, ich terlama kabi kasalliklarining asosiy sababi
oddiygina ozodalikka rioya qilmaslik, ya`ni idish-tovoqlarni toza yuvmaslik, qora
pashshalarga qarshi kurashmaslik, taom iste`mol qilishdan avval qo`lni
yuvmaslikdir.
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqqan holda ta`kidlash lozimki, terini toza saqlash
odam madaniyatining asosiy ko`rinishlaridan biri bo`lib hisoblanadi;
- bolani yoshligidan qo`l yuvishga o`rgatish lozim. Qo`lni ovqatlanishdan oldin
albatta yuvish kerak;
- yuz, bo`yin sohalarini har kuni ikki marta ertalab va kechqurun uxlash oldidan
yuvish lozim;
- haftada 1-2 marta hammomga kirish yoki issiq dush qabul qilish lozim.
Cho`milganda o`quvchilar maxsus “Bolalar” sovunidan foydalansalar yaxshi
bo`ladi. Bu sovunning tarkibidagi lanolin moddasi terini yumshatadi, undagi bor
kislota teridagi mikroblarni yo`qotadi.
Ba`zi joylarda suvning tarkibidagi kalsiy, magniy tuzlari ko`p bo`lganligi uchun
bunday suv qattiq suv deyiladi. Bunday suvda yuvinish va cho`milish terini qotirib
qo`yadi, uning kiri yaxshi ketmaydi. Qattiq suvni yumshatish uchun uni qaynatish
yordamida
tuzlarini
cho`ktirish
kerak.
Tirnoqlarni toza saqlash va parvarish qilish muhim ahamiyatga ega.Ayniqsa,
yosh bolalar, boshlang`ich sinf o`quvchilari turli buyumlar va o`yinchoqlar bilan
ko`proq shug`ullanishadi.Shuning uchun ularning tirnoqlari orasiga chiqindilar,
mikroblar, gijja tuxumlari kirib qolib, ovqat bilan me`da-ichaklarga tushadi va turli
xil yuqumli kasalliklarning yuzaga kelishiga sabab bo`ladi.Shuning uchun har kuni
tirnoqlarning orasini shyotka va sovun bilan yaxshi yuvish, haftada bir marta
tirnoqlarni olib turish zarur.
Har kuni kechqurun uxlash oldidan oyoqlarni yuvish, paypoqni har kunda
almashtirish tavsiya etiladi.
Kiyim
va
poyabzalga
bo`lgan
gigiyena
talablari.
Odamning kiyim va poyabzali yil fasliga mos bo`lib, havoni yaxshi o`tkazish
xususiyatiga ega bo`lishi kerak. Sintetik materialdan tikilgan kiyimlar, rezinadan
tayyorlangan poyabzallar havo o`tkazmaydi. Shuning uchun terining ter
bezlaridan ajralgan suyuqligi yaxshi bug`lanmaydi. Buning oqibatida ichki
kiyimlar, paypoqlar ho`l bo`lib odam shamollab qolishiga sabab bo`ladi. Shunga
ko`ra Respublikamizning issiq iqlim sharoitida sintetik materiallardan tikilgan
kiyim, paypoq va rezina poyabzal kiyim gigiyena nuqtai nazaridan tavsiya
etilmaydi. Bunday materiallardan tayyorlangan sport kiyimlari va poyabzallarini
faqat mashg`ulot paytida kiyish mumkin.
Bizning iqlim sharoitimiz yoz oylarida paxtadan tayyorlangan gazlamadan tikilgan
kiyim, qish faslida esa jun va boshqa tabiiy gazlamalardan tayyorlangan kiyim,
charm poyabzal kiyish maqsadga muvofiq bo`ladi.
Poshnasiz poyabzal (kalish, shippak, slans, keda, krasovka kabilar)ni kun
davomida uzoq muddat kiyish yaramaydi.Chunki, bu yassi oyoqlikning yuzaga
kelishiga sabab bo`ladi.Bunday poyabzallarni qisqa vaqt davomida kiyish mumkin.
Shuningdek, poshnasi juda keng bo`lgan uchi tor poyabzal ham yassioyoqlikning
yuzaga kelishiga sabab bo`ladi.Qizlar uzoq vaqt baland poshna poyabzal kiyishi
natijasida ularning umurtqa va chanoq suyaklari egrilanib qolishi, shuningdek yassi
oyoqlik yuzaga kelishi mumkin.Bu hol kelajakda tug`ish jarayoni qiyinlashuviga
sabab bo`ladi.Qizlar poyabzalining poshnasi keng, balandligi 2-3 sm.dan
oshmasligi
lozim.
Tor poyabzal oyoqda qon aylanishini qiyinlashtiradi.Shuning uchun odam tez
charchaydi.Qish paytida bunday poyabzal oyoqning sovuq olishiga, revmatizm
(bod), buyraklarning yallig`lanishiga, yigit va qizlar ichki jinsiy a`zolarining
surunkali yallig`lanish kasalliklarining yuzaga kelishiga sabab bo`ladi.
Tanani parvarish qilish.
Tanani parvarish qilish birinchi navbatda teri va og`iz bo`shlig`ini parvarish
qilishdan iboratdir.
Tanani parvarish qilish muhim gigiyenik ahamiyatga ega.Teri parvarishi quyidagi
tadbirlarni o`z ichiga oladi:
qo`l, yuz, bo`yinni, tananing yuqori qismini har kun sovunlab yuvish;
trenirovka mashg`ulotidan keyin iliq dush qabul qilib, badanni quruq sochiq
bilan
ishqalab
artish va
tana
muskullarini uqalash
(massaj
qilish);
hammom, vanna, dushda cho`milish har 4-5 kunda (sovun va mochalka bilan);
cho`milgandan keyin badanni quruq sochiq bilan yaxshilab artib, toza ich kiyim
kiyish.
Qo`lni parvarish qilish - ayniqsa muhim gigiyenik ahamiyatga ega.Chunki, odam
qo`li bilan ko`pgina narsalarni, buyumlarni ushlaydi, boshqa odamlar bilan qo`l
berib so`rashadi.Bular tufayli qo`lga har xil kasallik qo`zg`atuvchi mikroblar
yuqadi.Ayniqsa, tirnoq ostida mikroblar ko`p bo`ladi.Shu bois har bir ishni
bajargandan keyin, trenirovkadan oldin qo`lni sovun bilan yuvish, shuningdek,
ovqatlanishdan
oldin
qo`lni
sovunlab
yuvishga
odatlanish
zarur.
Gimnastika, og`ir atletika, eshkak eshish sporti bilan shug`ullanuvchilar
qo`lida qavarish hosil bo`lishining oldini olish uchun har kuni mashg`ulotdan
keyin qo`lni sovunlab yuvib, glitserin yoki boshqa malham surtishi lozim.
Qavarishni yumshatish uchun 3% li salitsilat malhamidan har 3-5 kunda surtish
yaxshi natija beradi.
Oyoqlarni parvarish qilish. Har kuni uxlash oldidan oyoqlar issiq suvda sovun
bilan yuviladi.Oyoqda qavarish hosil bo`lsa maxsus qavarish suyuqligi surtiladi
yoki qavarish plastri qo`yiladi.Paypoqlar tez-tez almashtiriladi.
Epidermofitiya - bu oyoq panjalari orasida paydo bo`ladigan yuqumli zamburug`li
teri kasalligidir.
Belgilari: barmoqlar orasida qichish, achishish, terining qizarishi, po`st tashlashi,
pufakchalar hosil bo`lishi bilan xarakterlanadi.
Zamburug`lar sport zalidan, dush xona polidan, boshqa sportchining
paypog`i, poyabzalidan yuqishi mumkin.Kasallikning oldini olish uchun
boshqalarning paypog`i, poyabzali, sochig`idan foydalanmaslik, mashg`ulotdan
keyin sovunlab yuvish va barmoq oralarini quruq, toza sochiq bilan artish kerak.
Terining yiringli kasalliklari (piodermiya).
Terida yiringli toshmalar, yaralarning paydo bo`lishiga sabab shaxsiy gigiyena
qoidalariga amal qilmaslik, har hafta hammomda cho`milmaslik, ichki kiyimlarni
muntazam almashtirmaslik, mashg`ulot paytida badan terisining ishqalanishi, sport
anjomlarining ifloslanishi kabilar.
Terining yiringli kasalliklarining oldini olish uchun shaxsiy gigiyena
qoidalariga amal qilish, ichki kiyim, poyabzal, sport anjomlari bilan ta`minlash.
Terinining qirilishi, tilinishi va boshqa mayda jarohatlariga shu paytning o`zidayoq
yod yoki brilliant ko`ki surtish, bular bo`lmaganda spirt, odekalon surtish.
Og`iz bo`shlig`i va tishlar parvarishi.
Ertalab va kechqurun tishlarni tashqi va ichki tomonidan tish shyotkasi va
pasta bilan 1-2 minut davomida tozalash.Tish shyotkasining yo`nalishi milkdan
tishning qirrasi (uchi) tomon bo`lishi lozim.Ovqatlanish paytida issiq va sovuq
taom, ichimliklarni ketma-ket iste`mol qilmaslik.Ovqatlanishdan keyin og`izni iliq
suv bilan chayish.Og`iz shilliq qavatida, tishlarda og`riq paydo bo`lishi bilanoq
stomatolog shifokoriga murojaat qilish.Yiliga 2 marta stomatologning profilaktik
ko`rigidan o`tish.
Kiyim va poyabzali gigiyenasi.
Kiyim quyidagi gigiyenik talablarga mos bo`lishi lozim:
1.Havo o`tkazishi;
2.Issiqlik o`tkazishi;
3.Suv va namlikni o`tkazishi;
4.Elektrga statikligi.
5.Zararsizlantirish (tozalash) tadbirlarini oson o`tkazilishi;
6.Silliqligi (harakat paytida kiyimning ro`paradan kelayotgan shamol qarshiligini
silliq o`tkazib yuborish xususiyati).
Kiyimning havo o`tkazuvchanligi - bu tashqi muhit havosi bilan kiyim ichidagi
havo almashinuvidir.
Doimiy ravishda teridan ter suyuqligi ajralib turadi.Jismoniy mashg`ulot
bajarganda esa terning ajralishi ko`payadi.Ter tarkibida modda almashinuv
jarayonida hosil bo`lgan qoldiq moddalar: mochevina, ammiak, tuzlar, bug`, gaz
bo`ladi. Ter suyuqligini, hamda unda erigan qoldiq moddalarni tashqi muhitga
chiqarilishi, tashqi muhitdan esa toza havoning teriga o`tkazilishi me`yorida
bo`lishi uchun kiyim tayyorlangan matolarning havo o`tkazish xususiyati gigiyenik
talabni qondiradigan darajada bo`lishi lozim. Paxta tolasi, jun, tabiiy ipak, kanop
gazlamalardan tayyorlangan kiyimlarning havo o`tkazuvchanlik xususiyati
gigiyenik talabga javob beradi.
Kiyimning issiqlik o`tkazuvchanlik xususiyati.
Ob-havo sovuq paytlarida kiyimning tanadagi issiqlikni tashqi muhitga
o`tkazishi talab qilinadi.Jun gazlamalardan tayyorlangan kiyimlar issiqlikni o`zida
saqlab, tashqariga kam o`tkazadi.Ularni ob-havo sovuq paytida kiyish tavsiya
etiladi.
Ob-havo issiq paytida issiqlikni o`zidan yaxshi o`tkazadigan paxta tolasi
gazlamalaridan tayyorlangan kiyimlar tavsiya etiladi.
Gigroskoplik - bu gazlamaning namlikni shimish xususiyatidir.Jismoniy
mashg`ulot bajarganda badandan ter ajralishi ko`payadi.Shu bois, sportchining
kiyimi yuqori darajadagi gigroskoplik xususiyatiga ega bolishi kerak.Ana shu
gigroskoplik xususiyatiga ko`ra jun gazlamadan tayyorlangan kiyimlar birinchi
o`rinda (gigroskopligi-15-17 %); paxta ipidan tayyorlangan kiyimlar-ikkinchi
o`rinda (gigroskopligi-8-12%); neylondan tayyorlangan kiyimlar - uchinchi
o`rinda (gigroskopligi - 3,8 %), lavsandan tayyorlangan kiyimlar-to`rtinchi o`rinda
(gigroskopligi-0,5%) turadi.
Elektr statiklik - bu gazlamaning o`zida elektr zaryadini saqlash xususiyati.
Kiyim o`zida elektr zaryadini qanchalik ko`p saqlasa, u shunchalik tanaga, asab
tizimi faoliyatiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.Elektrostatiklik jundan tayyorlangan
kiyimlarda eng kam bo`ladi, jun kiyimlari gigiyena talabiga to`liq javob beradi.
Zararsizlanuvchanlik. Kiyimlarga tashqi muhitdan turli xil kasalliklarni
qo`zg`atuvchi mikroblar tushishi mumkin.Ulardan zararsizlantirish uchun odatda
kiyimlar qaynoq suvda yuviladi.Jun va paxta ipidan tayyorlangan kiyimlar qaynoq
suvning yuqori haroratiga chidamli bo`ladi, ya`ni ular yaxshi zararsizlantirilishi
mumkin. Ammo, sintetik gazlamalardan tayyorlangan kiyimlar suv harorati +30
+40º dan yuqori bo`lganda bardosh bera olmaydi, ya`ni yirtilib ketadi, demak,
mikroblardan tozalanish darajasi past bo`ladi.
Kiyimning silliqligi va vazni - sintetik gazlamadan tayyorlangan kiyimlar silliq,
elastik, yengil bo`lib, badanga yopishib turadi.Bunday kiyim yurish, yugurish
mashg`ulotlarida ro`paradan esayotgan shamol qarshiligini osonlik bilan o`tkazib
yuboradi.
Demak, sintetik gazlamalardan tayyorlangan kiyimlar shamol paytida sportchining
shamol esayotgan tomonga yurish, yugurish harakatlarini bajarilishiga osonlik
(qulaylik) yaratadi.
Shunday qilib, jun, paxta ipi gazlamalaridan tayyorlangan sport kiyimlari havoni
yaxshi o`tkazadi, issiqlik o`tkazishi past bo`lib, sovuq paytlarda sportchini
sovuqqotishdan saqlaydi, gigroskoplik xususiyati yuqori bo`lib, ter suyuqligi va
namlikni yaxshi o`tkazadi, elektrostatikligi past bo`lgani uchun kiyimni qaynatish
yo`li bilan zararsizlantirishga qulay bo`ladi.Demak, jun va paxtadan tayyorlangan
sport kiyimlari gigiyenik talablarga mos keladi.
Sintetik materiallardan tayyorlangan kiyimlar yengil, silliq bo`lib, asosan shamol
paytlarda sportchining shamol esayotgan tomonga harakatini osonlashtiradi
(qulaylashtiradi).Ammo jun va paxta ipi gazlamalaridan tayyorlangan kiyimlarga
nisbatan gigiyenik sifati past bo`ladi.
Poyabzal.
Jismoniy tarbiya mashg`ulotlari uchun mo`chang`illangan poyabzal quyidagi
gigiyenik
talablarga
javob
berishi
kerak:
1.Poyabzal tovonlarda haroratni doimo bir xilda bo`lishini ta`minlashi lozim
(poyabzalning issiqlik o`tkazuvchanligi yaxshi bo`lishi kerak);
2.Tovonlarda namlik saqlanmasligi lozim (poyabzalning havo
o`tkazuvchanligi
yaxshi
bo`lishi
kerak);
3.Poyabzal terni o`ziga shimadigan, namlikni saqlamaydigan (gigroskopligi
yaxshi)
bo`lishi
talab
qilinadi;
4.Tashqaridagi namlikni o`tkazmaydigan (tovonni namlikdan himoya qiladigan)
bo`lishi kerak;
5.Poyabzal tovon terisini shilinishidan, qadoq bo`lishdan, yassi tovonlikni yuzaga
kelishidan saqlashi kerak;
6.Poyabzal oyoqqa loyiq bo`lishi, oyoq uchlari va tovonni ishqalanishi, qisilishi,
qirilishi, shilinishidan asrashi kerak;
7.Poyabzal oyoqni har tomondan suyab turishi (koretliligi yaxshi), egilishi-
bukilishi yaxshi bo`lishi lozim;
Charmdan tayyorlangan poyabzal gigiyenik jihatdan sifatli hisoblanadi.
Sport poyabzalining issiqlik o`tkazuvchanligi ko`p jihatdan paypoq sifatiga
bog`liq.
Jun va ip paypoq issiqlikni yaxshi o`tkazadi.
Havo sovuq paytlarda jun va ip paypoqni birgalikda ikki qavat qilib kiyish tavsiya
etiladi.
Jismoniy tarbiya va sport mashg`ulotlarida rezina poyabzal kiyish tavsiya
etilmaydi. Chunki, u havoni yaxshi o`tkazmaydi, oyoqlarni terlatadi.
Ovqatlanish — organizmning hayot faoliyatini taʼminlash, salomatlik va ish
qobiliyatini saqlab turish uchun zarur oziq moddalarni oʻzlashtirish jarayoni. Kishi
rejim bilan toʻgʻri ovqatlansa, kasalliklarga kamroq chalinib, ularni oson yengadi.
Toʻgʻri O. barvaqt qarib qolishning oldini olishda ham muhim ahamiyatga ega.
Meʼda-ichak, yurak-tomir kasalliklari va b. kasalliklarda alohida tuziladigan
ratsion hamda O. rejimi davo shartlaridan hisoblanadi (q. Parhez bilan davolash).
Ovqat organizmning uygʻun ravishda rivojlanishi hamda bir meʼyorda ishlab
turishini taʼminlay oladigan boʻlishi kerak, buning uchun ovqat ratsionining
mikdori va sifati, kishining kasb-kori, yoshi, jinsiga tegishli ehtiyojlarga monand
kelishi lozim. Organizmning fiziologik ehtiyojlari turli shart-sharoitlarga bogʻliq.
Bularning koʻpchiligi doimo oʻzgarib turadi. Shu sababli hayotning har bir fursati
uchun aniq toʻgʻri keladigan ovqat boʻlishi amalda mumkin emas. Biroq odamda
maxsus regulyator (bosh-qaruv) mexanizmlar boʻlib, ular maz-kur paytda oʻziga
kerakli miqdordagi zarur oziq moddalarni yeyilgan ovqatdan ajratib oladi va
oʻzlashtiradi. Lekin organizmdagi moslashtiruvchi regulyator qobiliyatlarning ham
maʼlum chegarasi bor; bolalar va keksalarda ular ancha cheklangan. Bundan
tashqari, bir qancha oziq moddalar, mas, vitaminlar, almashtirib boʻlmaydigan
aminokislotalarni (q. Oqsillar) odam organizmi moddalar almashinuvi jarayonida
hosil qila (sintezlay) ol-maydi. Bu moddalar organizmga ovqat bilan tayyor holda
kirib turishi kerak, aks holda sifatsiz O. natijasida kasalliklar paydo boʻladi.
O. jarayonida organizm hayot faoliyati uchun muhim oziq moddalar (oqsil, yogʻ,
uglevod, vitaminlar, mineral tuzlar)ni olib turadi. Bular esa oʻzlash-tirilishi
jarayonida organizmning energiyaga boʻlgan ehtiyojini qondirib boradi. Biror xil
oziq-ovqat maxsu-loti organizmda oʻzlashtirilganida ajralib chiqadigan energiya
mikdori shu mahsulotning kaloriyasidir. Turli oziq moddalar va energiyaga
boʻlgan ehtiyoj odamning yoshi, jinsi hamda mehnat tarziga qarab har xil boʻladi.
Mehnat faoliyati harakterini hisobga olgan holda ovqat ratsionini toʻgʻri tuzish
uchun ovqatlanish gigiyenasi sohasidagi mutaxassis olimlar katta yoshdagi
kishilarning hammasini 4 gu-ruhga boʻlishadi. Birinchi guruhga jis-moniy kuch
sarf qilmaydigan yoki kam jismoniy kuch sarflab ishlaydigan kishilar: akliy
mehnat xodimlari, ishda asabiga zoʻr keladigan xodimlar; boshqarish pultlarining
xodimlari: dispetcherlar, barcha xizmatchilar ki-radi. Ikkinchi guruhga
mexanizatsiyalashtirilgan korxona xodimlari va jismoniy zoʻriqmasdan ishlovchi
xodimlar: hamshiralar, sanitarkalar, sotuvchi, aloqachi, tikuvchi,
avtomatlashtirilgan jarayonlarda band ishchilar va b. kiradi. Uchinchi guruhga
meh-nat sharoitlari qisman mexanizatsiyalashtirilgan korxonalar va xizmat
koʻrsatish sohasida ancha jismoniy kuch sarflab ishlaydigan xodimlar, sta-nokchi,
toʻquvchi, poyabzalchi, metro poyezdi, avtobus, tramvay, trolleybuslarning
haydovchilari, umumiy ovqatlanish korxonalari xodimlari (maʼmuriy boshqarma
apparatidan tashqari) va b. kiradi. Toʻrtinchi guruhga yarim
mexanizatsiyalashtirilgan yoki mexanizatsiyalashtirilmagan korxonalarda oʻrtacha
ogʻir va ogʻir mehnat qiladigan xodimlar: kon ishchilari, shaxtyorlar, yuk
avtomobillari haydovchilari, metallurglar, temirchilar, q.x. xodimlari va
mexanizatorlar, yogʻoch tayyorlashda band boʻlgan ishchilar va b. kiradi. Ovqat
ratsionini toʻgʻri tuzish uchun, albatta, oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy
tarkibini
bilish
lozim.
Oqsillar ovqatning eng muhim tarkibiy qismidir. Ovqatda oqsillar yetishmasa,
organizm yukumli kasalliklarga koʻproq moyil boʻlib qoladi, qon yaratilishi
susayadi, oʻsib kelayotgan orga-nizmning rivojlanishi sekinlashadi, nerv sistemasi,
jigar va b. aʼzolar fa-oliyati buziladi, ogʻir kasalliklardan keyin hujayralarning
tiklanishi qi-yinlashadi, shuningdek, ratsionda oqsillarning ortiqcha boʻlishi ham
organizmga ziyon. Ovqatlanishning Oʻzbekistonda qabul qilingan fiziologik
meʼyorlarida ratsiondagi umumiy kaloriyalarning 14% chasi oqsillar hisobiga
qoplanadigan boʻlishi tavsiya etilgan.
Oʻsimlik mahsulotlari — don, dukkaklilar, kartoshka va b. organizmni oqsillar
bilan taʼminlab turadigan qimmatli va muhim manbadir.
Goʻsht va balikda boʻladigan azotli estraktiv moddalar ovqatlanishda juda muhim
ahamiyatga ega. Goʻsht va baliq shoʻrvalarida ekstraktiv moddalar mavjudligi
koʻproq hazm shiralari ishlanib chiqishi va ovqatning yaxshi hazm boʻlishiga
yordam beradi.
Uglevodlar. Normal hayot faoliyati uchun zarur energiyaning yarmidan koʻprogʻini
odam organizmi uglevodlardan oladi. Ular, asosan, oʻsimliklardan oldinadigan
mahsulotlarda boʻladi. Uglevodlar non, yormalar, kartoshkada kraxmal va qand
holida, qandolat mahsulotlari, shirin mevalarda esa qand holida koʻp uchraydi.
Nerv sistemasi, muskullar, yurak, jigar va b. aʼzolar faoliyatida uglevodlar muhim
rol
oʻynaydi.
Yormalar, makaron yoki dukkaklilardan tayyorlangan, kartoshka yoki sabza-
votlardan pishirilgan taom va garnirdan kuniga ikki mahal yeb turish, 400— 500 g
non va 90—100 g atrofida qand hamda shirinliklar isteʼmol qilish katta yoshli
odamning
uglevodlarga
boʻlgan sutkalik ehtiyojini bemalol krndiradi.
Oʻsimlik mahsulotlarida organizmni energiya bilan taʼminlab turadigan uglevodlar
bilan birga oziq hisoblanmaydigan uglevod — kletchatkalar ham boʻladi.
Kletchatka taxm. 25% mikdorida oʻzlashtirilib, ovqat ratsionida energiya manbai
sifatida amaliy ahamiya-ti yoʻq. Biroq u ichakning normal ishlashiga yordam
beradi: ichak devorlariga taʼsir etib, ularni harakatga kel-tiradi — ichak
peristaltikasini qoʻzgʻatadi. Kletchatkasi yoʻq ovqat yeyil-ganda peristaltika
susayib
ich
krti-shi
mumkin.
Kishi har kuni sariq magʻiz bugʻdoy non, javdar non, sabzavotlardan ta-novul qilib
turishi kerak, Hoʻlligi-cha va xomligicha yeyiladigan sabzavot va mevalar juda
foydali, shuningdek, ularda pektin moddalar ham bor. Bu moddalar uglevodlar
toifasidan boʻlib, oziqdi qimmatga ega. Ularning ovqat hazm boʻlishidagi asosiy
ahamiyati peristaltikani kuchaytirib, ichakning yaxshiroq boʻshalib turishiga
yordam
berishidir.
Yogʻlar organizmni energiya bilan taʼminlab turadigan tayyor yonilgi materialidir;
ular organizm tomonidan oqsillar, baʼzi mineral tuzlar, shuningdek, yogʻda
eriydigan vitaminlarning normal oʻzlashtirilib borishi uchun ham zarur. Ovkat
ratsionida yogʻlar boʻlishi taomning mazasini yaxshilay-di va ishtahani ochadi.
Ovqat bilan birga qabul qilinadigan yogʻlar organizmda qisman yogʻ zaxirasi hosil
qilishga sarflanadi. Yogʻlarga boʻlgan ehtiyojning qondirilishi yogʻning turi va
sifatiga bogʻliq. Hayvon va oʻsimlik yogʻlari bir-birining oʻrnini bosa oladi. Ovqat
ratsionidagi yogʻlar meʼyori odamlarning yoshi, mehnat faoliyati va iklimiy
xususiyatlarga qarab belgilanadi. Oʻzbekiston aholisi uchun taklif etilgan ovqat
meʼyorlarida kaloriyalarning 30% ini yogʻlar hisobiga qondirish koʻzda tutilgan.
Sutkalik ovqat ratsionidagi yogʻlarni normalashda har 1000 kkal ga 35 g yogʻ
moʻljallanadi.
Ovqat ratsioniga kiradigan yogʻlarning sifat tarkibi maʼlum ahamiyatga ega.
Ovqatga har xil hayvon, parranda va baliqlar yogʻi, shuningdek, oʻsimlik moyi
qoʻshish foydali. Kunlik ratsionda 70—85 g cha hayvonlar yogʻi (shulardan, 40
grammi tabiiy holda, qol-gani har xil oziqovqat, tabiiy mah-sulotlar tarkibida)
boʻlishi lozim. Ovqat ratsioni tarkibiga baʼzi yogʻsi-mon moddalar — xolesterin va
letsitin
ham
kiradi.
Hayvonlar yogʻi, tuxum sarigʻi, baliq tuxumi (uvildiriq), miya, jigar, buyraklarda
koʻp mikdorda boʻladigan xolesterin organizmning hayot faoliyatida, xususan,
nerv sistemasi faoliyatida katta rol oʻynaydi. Letsitin tarkibida fosfor va xolin
borligi tufayli bu modda xolesterinning biologik antago-nisti hisoblanadi. Letsitin
oʻsib kelayotgan organizmning rivojlanishi, kon yaratilishini stimullaydi, nerv
sistemasi, jigar faoliyatiga foydali taʼsir koʻrsatadi, organizmning zaharli
moddalarga koʻrsatadigan qarshiligini kuchaytirib, yogʻlarning singishini
yaxshilaydi, aterosklerozning paydo boʻlishiga toʻsqinlik qiladi. Grechixa yormasi,
salat, bugʻdoy kepagi tarkibida talaygina letsitin bor. Qon va toʻqimalarda normal
mikdorda suyukdik saklab turish uchun osh tuzi boʻlishi shart, u siydik ajralib
chiqishiga, nerv sistemasi faoliyatiga, qon aylanishiga taʼsir qiladi, meʼda bezlarida
xlorid kislota hosil boʻlishida ishtirok etadi.
Mineral tuzlar organizmdagi barcha toʻqimalar tarkibiga kiradi va organizmning
hayot faoliyati jarayonida toʻxtovsiz sarflanib boradi. Odam xilma-xil ovkatlar
isteʼmol qilsa, organizmning mineral tuzlarga boʻlgan ehtiyoji toʻla-toʻkis qondirib
boriladi. Bunday tuzlar orasida osh tuzi mu-him oʻrin tutadi. Kon va toʻqimalarda
normal mikdorda suyuklik saklab turish uchun osh tuzi boʻlishi shart, u siydik
ajralib chiqishiga, nerv sistemasi faoliyatiga, qon aylanishiga taʼsir qiladi, meʼda
bezlarida xlorid kislota hosil boʻlishida ishtirok etadi.
Suyak skeleti odam gavdasi ogʻirligining taxminan 1/2—1/3 qismini tashkil etadi,
suyaklarning 2/3 qismi esa mineral tuzlardan tashkil topgan. Odam organizmida
boʻladigan jami kalsiyning 99% suyak toʻqimasi tarkibiga kiradi: qolgan 1% kalsiy
moddalar almashinuviga taalluqli xil-ma-xil jarayonlarda ishtirok etadi. Kalsiy
tuzlari deyarli barcha oziq-ovqat mahsulotlarida bor, lekin odam organizmi ularni
hamma mahsulotlardan ham oʻzlashtirib olavermaydi. Orga-nizmni zarur miqdorda
kalsiy tuzlari bilan taʼminlab turish uchun ovqat ratsioniga tarkibida organizmga
yaxshi singadigan kalsiy koʻp mahsulotlar: sut va sut mahsulotlari, pishloq, tu-xum
sarigʻi va b.ni qoʻshish kerak.
Fosfor suyak toʻqimasining hosil boʻlishida ishtirok etish bilan birga, bu-tun
organizmning hayot faoliyatida ham muhim oʻrin tutadi. Nerv toʻqimasi tar-kibiga
koʻpgina miqdorda fosfor ki-radi, shuning uchun u nerv sistemasining normal
ishlab turishida katta ahamiyatga ega. Deyarli barcha oziq-ov-qat mahsulotlarida
fosfor tuzlari bor, yongʻoq, non, yormalar, goʻsht, miya, jigar, baliq, tuxum,
pishloq,
sutda
fosfor
koʻp.
Magniy tuzlari yurak-tomir siste-masining normal ishlab turishini taʼminlaydi. Bu
tuzlar keksa kishilarga ayniqsa zarur, chunki organizmdan ortiqcha miqdor
xolesterinni chiqarib tashlashga yordam beradi. Magniy tuzlari kepakda, jaydar
undan yopilgan nonda, grechixa, arpa yormalarida, dengiz baligʻida koʻp.
Kaliy tuzlari yurak-tomir sistemasining normal ishlab turishini taʼminlashda
ayniqsa muhim, chunki u siydik ajralishini kuchaytiradi. Yurak kasalliklari,
gipertoniya ka-salligi bilan ogʻrigan kishilarga qovoq, tarvuz, olma, bargak, mayiz
yeb turish tavsiya etiladi, chunki ular tarkibida talaygina kaliy tuzlari bor.
Organizmning temir va misga boʻlgan ehtiyoji juda kam, sutkasiga grammning
mingdan bir ulushiga toʻgʻri keladi, lekin bu elementlar kon yaratilishida muhim
rol oʻynaydi; yodga boʻlgan ehtiyoj ham nihoyatda kam, lekin oziqovqat
mahsulotlarida yod boʻlmasa, qalqonsimon bez faoliyati buzilib, endemik buqoq
kasalligi vu-judga keladi. Mikroelementlarga ki-radigan kobalt tuzlarining qon
yara-tilishida roli katta; kobalt vitamin B
2
tarkibiga kiradi. Noʻxat, lavlagi, kizil
smorodina, qulupnayda kobalt tuzlari koʻp boʻladi.
Suv oziq moddalarning organizmda sarflanishida energiya hosil qilmasa ham, lekin
suvsiz hayot yoʻq. Ovqat ratsionida zarur miqdorda suyuklik boʻl-sa, ovqatning
hajmi (ogʻirligi) ke-rakli darajaga yetadi va toʻyganlik hissi vujudga keladi. Suvga
boʻlgan sut-kalik ehtiyoj gavda ogʻirligining har1 kg vazniga 35—40 ml ni, yaʼni
taxminan 2,5 l ni tashkil etadi. Shu normaning talaygina qismi (1 l ga yaqini) oziq-
ovqat mahsulotlarida boʻladi. Kishining suvga boʻlgan ehtiyoji iqlim sharoitlariga
va
jismoniy
ishning
ogʻirengilligiga
bogʻliq.
Vitaminlar ratsionning juda muhim va oʻrnini bosib boʻlmaydigan tarkibiy
kismidir. Ular organizmning normal hayot faoliyatini taʼminlab turadi, boshqa oziq
moddalarning oʻzlashtirilishi jarayonida ishtirok etadi; organizmning tashqi
muhitdagi turli zararli taʼsirotlarga koʻrsatadigan qarshiligini kuchaytiradi,
odamning
mehnat
qobiliyatini
oshiradi.
Ratsionda tarkibi xilma-xil oziqovqat mahsulotlarining boʻlishi va ovqatning
toʻgʻri pishirilishi vita-minlarni saqlab qolishga imkon beradi. Ogʻir jismoniy
mehnatda, homiladorlik davrida, shim. r-nlarda yasha-ganda vitaminlarga talab
kuchayadi. Bunda vitamin preparatlari isteʼmol qilib turish zarur.
Ovqatning hazm boʻlishi mahsulotlar turi va ovqatning nechogʻli xilma-xil
boʻlishiga bogʻliq. Hay-von mahsulotlari yaxshi hazm boʻladi, bunda oqsillarning
oʻzlashtirilishi alohida ahamiyatga ega. Non, yormalar, sabzavot va mevalar
oqsillariga karaganda goʻsht, baliq, tuxum va sut mahsu-lotlarining oqsillari yaxshi
oʻzlash-tiriladi. Toʻgʻri ovqatlanishning eng muhim omili ovqatning xilma-xil
boʻlishidir. Bir xil ovqat koʻngilga urib, yaxshi singmaydi. Ovqat goʻsht, non va
yormalardan iborat boʻlsa, tarkibidagi oqsillarning oʻrtacha 75% oʻzlash-tiriladi,
agar ovqatga sabzavotlar qoʻshilsa, oqsillarning oʻzlashtirili-shi 85—90% ga
yetadi. Masalliqlar toʻgʻri pishirib maydalanganda oziq moddalar yaxshi hazm
boʻladi.
Ovqatlanish rejimi kuniga necha mahal va qancha vaqt oralatib ovqatlanish,
sutkalik ratsion kaloriyalarining ovqatlanish mahallariga taqsimlanishidan iborat.
Kuniga 4 mahal ovqatlanish maqsadga muvofiq, chunki bunda hazm yoʻli bir
maromda ishlaydi va hazm shiralarining kuchi raso boʻlib, ovqat batamom qayta
ishlanadi. Doim bir vaqtda ovqatlanganda meʼda shirasi birmuncha aktiv ajraladi.
Ovqatning normal hazm boʻlishida uning issiqsovukligi ham muhim ahamiyatga
ega.
Keksa kishilar ovqati. 60 va undan katta yoshdagi kishilarda moddalar almashinuvi
jarayoni birmuncha susayadi. Ularda oʻrta yashar kishilarda-giga qaraganda ovqat
kaloriyalari va qabul qilinadigan oqsillar, yogʻlar hamda uglevodlarga boʻlgan
ehtiyojning oʻzgarib qolishi ham ana shundan.
Kishi qariganda sergoʻsht shoʻrvalar, qaylalarni (ovqat hazm qilish, yuraktomir,
siydik ajratish sistemalari ishi uchun qulay sharoit yaratish hamda suv-tuz
almashinuvini normallashtirish maqsadida), tarkibida xolesterin koʻp masalliklar
(tuxum sarigʻi, miya, jigar va b.) hamda qiyin eriydigan yogʻlar (qoʻy yogʻi va
b.)ni kam isteʼmol qilishi yoki ovqatga ishlatmasligi kerak. Zarur miqdordagi
hayvon oqsillari va yogʻlarni koʻproq sut mahsulotlari hisobiga olib turish
mumkin. Sabzavot va mevalarni xomligicha yeb turish foydali. Osh tuzi miqsorini
ham cheklash zarur. Qariganda ovqatla-nish rejimini keskin oʻzgartirmay, oʻz
vaqtida ovqat yeb turish muhim. Ovqatni pishirishga ham eʼtibor berish lo-zim.
Qovurilgan, dudlangan, tuzlangan va sirkalangan taomlarni kam isteʼmol qilish
tavsiya etiladi.
Homilador ayol va emizikli ona ovqati. Homiladorlik oqsillar, qisman yogʻlar,
kalsiy, fosforga boʻlgan ehtiyoj ortadi. Homilador ayol bajarayotgan ishining
harak-teriga va vazniga qarab sutkasiga 100— 120 g , asosan, oson singadigan va
toʻla qimmatli oqsil qabul qilishi, shuning , taxm. 65 g hayvon oqsili boʻlishi, sut,
tvorog , pishloq, baliq, goʻsht (goʻshtning yogʻsiz xilini qaynatib pi-shirilgan
holda) isteʼmol qilish lo-zim. Har kuni sut ichib turish homila-dor ayol organizmini
zarur miqdordagi oqsil, kalsiy va fosfor bilan taʼminlab boradi. Homilador ayol
ovkati vitaminlarga ham boy boʻlishi kerak. Ular organizmi koʻproq temir
moddasiga muh-toj boʻladi. Jigar, tuxum sarigʻi, osh-koʻklar, mevalar temirga
ayniqsa boy. Homiladorlik davrida osh tuzini or-tiqcha isteʼmol qilmaslik,
semirishga moyil ayollar esa yogʻ, uglevodlarni kam-roq isteʼmol qilishi zarur.
Emizikli ona homiladorlik davridagiga qaraganda birmuncha koʻproq ov-qat
yeyishi, ichiladigan sut miqdorini oshirish, tuxum, sariyogʻ, pishloq, sabzavot,
mevalarni
koʻproq
yeb
turi-shi
lozim.
Shifobaxsh-profilaktik ovqatlar. Koʻpgina korxona va mu-assasalarda shifobaxsh-
profilaktik ovkatlar berish joriy etilgan. Ovkatlanishning bu usuli organizmni
mustahkamlaydi, tashqi muhitning noxush omillariga boʻlgan qarshiligini oshi-
radi, moddalar almashinuvi normallashadi, sistemalar funksiyasi yaxshilanadi;
ichakdagi zararli chiqindilarning meʼda-ichaklarda soʻrilishi kamayadi, ularning
organizmdan chiqib ketishi kuchayadi va hokazo. Ana shu maqsadlarni koʻzda
tutib maxsus ratsion tuzilgan. Shifobaxsh-profilaktik ovqatlar ishlab chiqarish
korxonalarining oshxonalarida yoki maʼmuriyat bilan kelishib, maxsus parxez
taomlar tayyorlanadi.
Ovqat odam organizmida ikkita muhim funksiyani bajaradi:
1.Ovqatning
energetik
funksiyasi.Ovqat
moddalari
organizmda
kislorod
yordamida oksidlanib, energiya hosil qiladi.Bu energiya to`qima va a`zolarning
normal ishlashi, tana harorati doimiyligini ta`minlash, odamning harakatlanishi,
aqliy va jismoniy mehnati uchun sarflanadi.
2.Ovqatning plastik funksiyasi.Ovqat tarkibidagi moddalar, ayniqsa oqsil
hujayralarning tarkibiy qismiga kiradi, ya`ni hujayralar bo`linib ko`payishi,
ularning eskirgan qismlari yangilanishini ta`minlaydi.
Ratsional ovqatlanishning ahamiyati va qoidalari.
Ahamiyati.Odam sog`lom va baquvvat bo`lishida, yoshlar normal o`sishi va
rivojlanishida, aqliy va jismoniy ish bajarish qobiliyatining yaxshi bo`lishida
ratsional ovqatlanish muhim ahamiyatga ega.
Qoidalari. Ovqatlanishning gigiyena qoidalari asosida ratsional (oqilona) tashkil
etilishi uchta qoidaga asoslanadi:
1.Ovqatlanishning miqdor qoidasi. Bir kecha-kunduzda ovqatdan organizmda
hosil bo`ladigan energiya miqdori sarflanadigan energiya miqdoriga teng bo`lishi
kerak.
2.Ovqatlanishning sifat qoidasi.Bir kecha-kunduzda ovqat tarkibidagi oqsillar,
yog`lar va uglevodlar, suv, mineral tuzlar, vitaminlarning miqdori odam
organizmining shu moddalarga bo`lgan ehtiyojini qondirishi kerak.
3.Ovqatlanishning
uchinchi
qoidasi-ovqatlanish
tartibidir.Bir
kecha-
kunduzdagi ovqat miqdori (kalloriyasi) to`rt qismga bo`lingan holda iste`mol
qilinishi kerak.
Ovqatlanish tartibi taxminan quyidagicha tuzilishi mumkin:
ertalabki nonushta - bir kecha-kunduzdagi ovqat kalloriyasining 25-30 foizini
tashkil etishi kerak (soat 7-7.30 da);
tushki ovqat - bir kecha-kunduzdagi ovqat kalloriyasining 35-40 foizini
tashkil etishi kerak (ish yoki o`qish joyida belgilangan tartib bo`yicha soat 12-13
gacha yoki 13-14 gacha);
kechki ovqat - bir kecha-kunduzdagi ovqat kalloriyasining 15-20 foizini tashkil
etishi kerak (soat 19-20 da).
Yuqorida ko`rsatilgan uch marta asosiy ovqatlanishdan tashqari, qo`shimcha
ovqatlanish ham ko`zda tutiladi.Bu bir kecha-kunduzdagi ovqatning 10-15 foizini
tashkil etishi mumkin (soat 16-16.30 da).
Ovqat miqdori va sifatiga gigiyenik talablar.
1.Ovqat miqdori, uning kalloriyasi organizmning energiya sarfini to`liq qoplashi va
bajaradigan faoliyatga mos bo`lishi zarur.
2.Ovqat tarkibidagi moddalar (oqsillar, yog`lar, uglevodlar, suv, mineral tuzlar,
vitaminlar) organizmning fiziologik jarayonlari me`yorida kechishi, hujayra-
to`qimalarning muntazam yangilanib turishi, yosh organizmning o`sishi va
rivojlanishini ta`minlashga yetarli bo`lishi zarur.
3.Ovqatning harorati, tashqi ko`rinishi, hidi va mazasi yoqimli, ishtaha ochadigan
bo`lishi talab etiladi. U yaxshi hazm bo`lishi kerak.
4.Ovqat turi, uning mahsulotlari tarkibi har kuni o`zgartirilishi-yangilanishi
lozim.
5.Ovqatning tarkibi yashayotgan iqlim va ob-havo sharoitiga mos bo`lsin.
6.Ovqatlanish gigiyena qoidasi asosida tuzilgan kun tartibi asosida amalga
oshirilishi lozim.
Ovqat ratsionining kalloriyaligi.
Ratsional ovqatlanishning birinchi sharti-bu ovqat ratsionining
kalloriyaligidir, ovqatdan hosil bo`lgan energiya organizmning energiya sarfini
to`liq qoplashi kerak.Sportda ovqatning energiya qiymati ayniqsa muhim
ahamiyatga ega. Chunki, muntazam o`tkaziladigan trenirovka mashg`ulotlari ko`p
energiya sarflanishini talab qiladi.
Ovqat tarkibidagi organik moddalar hujayralarda kislorod bilan oksidlanib
parchalanganda energiya hosil qiladi.Chunonchi, 1 gr oqsil 4,1 kkal, 1 gr yog` 9,3
kkal, 1 gr uglevod 4,1 kkal energiya hosil qiladi.
Odam organizmida bir kecha-kunduzda sarflanadigan energiya 3 qismdan
iborat:
1.Asosiy moddalar almashinuvini ta`minlash uchun sarflanadigan
energiya.Ertalab nahorda odam tinch yotgan paytda uning nafas olishi, yuragi,
jigari, buyraklari, miya hujayralari va boshqa hayotiy muhim to`qima a`zolarini
tinch-osoyishta ishlab turishini ta`minlash uchun sarflanadigan energiya.Bu
odamning 1 kg tana vazniga 1 soatda 1 kkal.ga teng.Tana vazni o`rtacha
70 kg bo`lgan odamda asosiy moddalar almashuvi bir kecha-kunduzdagi energiya
sarfi 1680 kkal.ga teng.
2.Iste`mol qilingan ovqatni hazm qilishga sarflanadigan energiya.Aralash
ovqatlarni hazm qilishda energiya sarfi, asosiy moddalar almasinuviga nisbatan, 10
foizga ko`payadi.Bu 168 kkal.ga teng.
3.Umumiy moddalar almashinuvini ta`minlash uchun sarflanadigan energiya.Bu
asosiy moddalar almashinuvi, ovqatni hazm qilishga hamda bajargan ishida
moddalar almashinuvi kuchayishiga sarflanadigan energiyadan iborat.
Umumiy moddalar alamashinuvini ta`minlashga sarflanadigan energiya
miqdori bo`yicha, ya`ni bajaradigan ishlarining turiga ko`ra odamlar 4 guruhga
bo`linadilar:
1-guruh.Aqliy va yengil jismoniy mehnat bilan shug`ullanuvchi odamlar.Bularning
energiya sarfi 2500-3000 kkal.
2-guruh.Mexanizatsiyalashgan
jismoniy
mehnat
bilan
shug`ullanuvchi
odamlar.Bularning energiya sarfi 3000-3500 kkal.
3-guruh. Qisman mexanizatsiyalashgan jismoniy mehnat bilan shug`ullanuvchi
odamlar, muntazam ravishda jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanuvchilar
ham shu guruhga kiradi.Bularning energiya sarfi 3500-4000 kkal.ni tashkil etadi.
4-guruh.
Mexanizatsiyalashmagan
og`ir
jismoniy
mehnat
bilan
shug`ullanuvchilar. Bularning energiya sarfi 4000-6500 kkal.gacha bo`lishi
mumkin.
3-jadvalda mehnati bo`yicha turli guruhlarga bo`lingan odamlarning kunlik ovqat
kalloriyasi ko`rsatilgan.
Sportning ko`p harakatlanish va og`ir mashqlar bajarish bilan bog`liq turlarining
vakillari to`rtinchi guruhga kiradilar.
Bajaradigan mehnati bo`yicha 4-guruhga bo`lingan odamlarning Kunlik ovqati
kalloriyasi.
Guruhlar
Kunlik ovqat kalloriyasi
Izoh.
Erkaklar.
Ayollar.
Birinchi guruh.
18-40 yosh
40-60 yosh.
Ikkinchi guruh.
18-40 yosh
40-60 yosh
Uchunchi guruh.
18-40 yosh
40-60 yosh
To`rtinchi guruh.
18-40 yosh
40-60 yosh
2800-3000
2600-2800
3000-3200
2800-3000
3200-3400
2900-3100
3700-3900
3400-3600
2400-2600
2200-2400
2500-2750
2350-2550
2700-2900
2500-2700
3150-3350
2900-3100
Ovqat sifati
Ovqat moddalari tarkibiga oqsillar, yog`lar, uglevodlar, minerallar, tuzlar, suv
va vitaminlar kiradi. Shulardan oldingi uchtasi organizmda parchalanib, energiya
hosil qiladi: keyingi uchtasi esa energiya hosil qilmaydi, lekin moddalar
almashinuvi va organizmdagi boshqa hayotiy jarayonlar normal o`tishida muhim
rol o`ynaydi. Bu moddalarning har biri o`ziga xos fiziologik xossalarga
ega.Shuning uchun ularning moddalar almashinuvi jarayonidagi ahamiyati bilan
alohida
tanishamiz.
Oqsillar.Oqsillar, ya`ni proteinlar odam organizmining sog`lig`i, normal o`sishi va
rivojlanishida muhim rol o`ynaydi.Ular organizmda ikki xil fiziologik vazifani
o`taydi: plastik va energetik.Oqsillarning plastik ahamiyati shundan iboratki, ular
barcha hujayralarning eskirgan qismlari yangilanib turishida va ularning
ko`payishida asosiy rol o`ynaydi.
Oqsillarning energetik vazifasi shundan iboratki, ular organizmda kislorod
ishtirokida oksidlanib, parchalanadi va energiya ajratadi.Bu energiya odam tanasi
haroratining doimiyligini saqlash, ichki a`zolarning normal ishlashini ta`minlash,
odamning harakatlanishi va har xil ishlar bajarishi uchun sarflanadi.
Oqsillar
aminokislotalardan
tuzilgan.Ular
molekulasi
tarkibida
20
ta
aminokislota bo`ladi.Ularning 10 tasi almashtirib bo`lmaydigan - eng zarur (lizin,
triptofan, gistidin, metionin, treionin, leysin, izoleysin, valin, sistein, fenilalanin)
aminokislotalardir.Ular organizmda boshqa moddalardan sintez qilinmaydi.Qolgan
10 tasi almashitirish mumkin bo`lgan aminokislotalardir.Oqsillar molekulasidagi
aminokislotalar soniga qarab ikki xil bo`ladi: sifatli va sifatsiz oqsillar.
Sifatli oqsillar tarkibida yuqorida ko`rsatilgan 10 ta almashtirib bo`lmaydigan
aminokislotalarning hammasi bo`ladi.Sifatli oqsillar hayvon mahsulotlarida
(go`sht, tuxum, baliq, ikra, sut va sut mahsulotlarida) bo`ladi.
Sifatsiz oqsillar tarkibida almashtirib bo`lmaydigan aminokislotalarning ba`zilari
bo`lmaydi.Shuning uchun ham ular sifatsiz oqsillar deb ataladi. Sifatsiz oqsillar
o`simlik mahsulotlarida (kartoshka, makkajo`xori, no`xat, mosh, loviya, guruch
kabilarda) bo`ladi.
Sifatli oqsillar hujayralarning tarkibiy qismiga kiradi.Ular hujayralar tarkibiy
qismining yangilanib turishida, yosh hujayralar hosil bo`lishida muhim rol
o`ynaydi.Bolalar va o`smirlar organizmining normal o`sishi va rivojlanishida
kundalik ovqat tarkibida sifatli oqsillar yetarli bo`lishi kerak.
Sifatsiz oqsillar asosan energiya hosil qilish uchun sarflanadi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, bolalar organizmining o`sishi va
rivojalanishi uchun ularning ovqati tarkibidagi oqsillarning 80-90%i sifatli (go`sht,
baliq, tuxum, sut) bo`lishi kerak.Kattalar ovqati tarkibidagi oqsillarning 50 % i
sifatli va 50% i sifatsiz bo`lishi mumkin.Bolalar va o`smirlarning ovqati ratkibida
sifatli oqsillar yetarli miqdorda bo`lmasligi ularning o`sish va rivojlanishining
sekinlashuviga, organizmning immun holati (yuqumli kasalliklarga chidamlilik
xususiyati) pasayishiga sabab bo`ladi.Katta odam kundalik ovqatining tarkibida
80-120 g oqsil bo`lishi kerak.
Yog`lar. Yog`lar ham oqsillarga o`xshash odam organizmida plastik va
energetik ahamiyatga ega.1 g yog` organizmda kislorod ta`sirida oksidlanib 9,3
kkal energiya ajratadi.Yog`lar ikki xil bo`ladi: hayvon yog`lari (dumba, charvi
kabilar); o`simlik moylari (paxta, kungaboqar, zig`ir, kunjut, makkajo`xori, zaytun
moylari). Dumba, charvi va tuxumning sarig`i tarkibidagi yog`larda xolesterin
moddasi ko`p.Bu modda ateroskleroz (qon tomirlarining qattiqlashib, mo`rtlashib
va torayib qolishi) kasalligi yuzaga kelishiga sabab bo`ladi. Shuning uchun yoshi
40 dan oshgan odam hayvon yog`i va tuxumni kamroq iste`mol qilishi kerak.
O`simlik moylarida, ayniqsa, zaytun moyida to`yinmagan moy kislotalar bo`lib,
ular xolesterin moddasini eritadi va u organizmdan chiqib ketishiga sharoit
yaratadi.Shuning uchun o`simlik moylari yoshi ulg`aygan kishilarda ateroskleroz
kasalligining oldini olishda muhim rol o`ynaydi.
Odam organizmining fiziologik ehtiyojiga ko`ra, bir kecha-kunduzgi ovqat
tarkibida yog` va oqsil miqdori deyarli teng bo`lishi kerak (80-110g). Kundalik
ovqat tarkibida yo`g yetishmasligi bolalar va o`smirlar organizmining o`sishi va
rivojlanishi sekinlashuviga sabab bo`ladi. Bundan tashqari yuqumli kasalliklarga,
tashqi muhitning noqulay ta`sirlarida odamning sovuqqa chidamliligi, aqliy va
jismoniy ish bajarish qobiliyati pasayadi. Aksincha, yog`larni normadan ortiqcha
iste`mol qilish odam semirishiga sabab bo`ladi. Ortiqcha yog` ter ostida, charvida,
yurak, buyrak atrofida to`planadi. Semirish odamning ish faoliyatini pasaytiradi,
sog`lig`ini zaiflashtiradi.
Uglevodlar. Uglevodlar odam organizmida asosan energiya manbai bo`lib
hisoblanadi. Ayniqsa, jismoniy ish bajarganda ular birinchi bo`lib parchalanadi va
hujayra-to`qimalarning, ayniqsa muskullarning faoliyati uchun zarur bo`lgan
energiya bilan ta`minlaydi.1 g uglevod kislorod ta`sirida parchalanib 4,1 kkal
energiya
ajratadi.
Uglevodlar
asosan
o`simliklardan
olinadigan
ovqat
mahsulotlarida ko`p bo`ladi.Katta odamning bir kunlik ovqati tarkibida 350-450 g
uglevod bo`lishi kerak.
Ovqat tarkibida iste`mol qilingan polisaxaridlar holatidagi uglevodlar og`iz
bo`lshlig`ida ptialin, me`da-ichaklarda amilaza fermentlari ta`sirida
monosaxaridlarga parchalanib, qonga so`rilgach, to`qima va hujayralarga yetib
boradi. Qon tarkibida monosaxarid shaklidagi uglevodlar (glyukoza)ning miqdori
normada -80-120 mg % bo`ladi.Odam och qolganda, ya`ni uzoq vaqt davomida
jismoniy mehnat bajarganda qonda glyukoza miqdori kamayadi.Bunday vaqtda
charchash belgilari yuzaga keladi, ya`ni bosh aylanadi, ko`z tinadi, terlaydi,
umumiy holsizlik seziladi.Aksincha, shirinlik ko`p iste`mol qilinganda qonda
glyukoza miqdori ko`payadi.Me`da osti bezi kasalligida, unda ajraladigan insulin
gormoni kamayib, qondagi glyukozani glikogenga aylantirish jarayoni buziladi va
qandli
diabet
kasalligi
yuzaga
keladi.
Mineral tuzlar.Odam tanasining barcha hujayra va to`qimalari tarkibida bo`ladi.
Ular
ikkiga:
makroelementlar
va
mikroelementlarga
bo`linadi.
Makroelementlarga natriy, xlor, kalsiy, fosfor, kaliy, temir kiradi.Bular qon,
hujayra, ayniqsa suyaklar tarkibida ko`p miqdorda bo`ladi.
Mikroelementlarga rux, marganets, kobalt, mis, alyuminiy, ftor, yod kiradi.
Bular
qon,
hujayra
va
suyaklar
tarkibida
oz
miqdorda
bo`ladi.
Mineral tuzlar modda almashinuvida, ayniqsa hujayralarning qo`zg`alish
jarayonida muhim rol o`ynaydi.Natriy va kaliy ionlari hujayralarda biologik tok
hosil bo`lishida muhim ahamiyatga ega.Natriy xlorid, ya`ni osh tuzi qon tarkibida
0,9% li fiziologik eritma holida bo`lib, u qonning osmotik bosimi doimiyligini
ta`minlaydi.Kalsiy va fosfor tuzlari suyak tarkibida ko`p bo`ladi, ular suyaklarning
qattiqligini va mustahkamligini ta`minlaydi.Bundan tashqari, kalsiy ionlari nerv va
muskullar qo`zg`aluvchanligini muvozanatlashtirib turadi. Organizmda kaliy
kamaysa, nerv va muskullarning qo`zg`aluvchanligi kuchayadi. Bu tana
muskullarining tirishishiga sabab bo`ladi (Yosh bolalarda spazmofiliya deb
ataluvchi kasallikda shunday bo`ladi).
Temir moddasi qizil qon tanachalarining tarkibiga kiradi.U kislorodni biriktirib
olib, hujayralarda gazlar almashinuvida va moddalarning oksidlanish jarayonida
ishtirok etadi.
Yod qalqonsimon bez ishlab chiqaradigan tiroksin gormonining tarkibiga kiradi,
agar organizmda yod yetishmasa, qalqonsimon bezning ish faoliyati buzilib, buqoq
kelib chiqadi.
Vitaminlar.Vitaminlar biologik faol moddalar bo`lib, organizmda moddalar
almashinuvida muhim rol o`ynaydi.Rus olimi N.I.Lunin 1880-yilda himoya qilgan
doktorlik dissertatsiyasida vitaminlar hayvonlar organizmi uchun muhim modda
ekanligini birinchi bo`lib isbotladi. Uning xulosasiga ko`ra, ovqat tarkibida
oqsillar, yog`lar, uglevodlar, tuzlar va suvdan tashqari, alohida moddalar ham
bo`ladi, bularsiz organizm yashashi mumkin emas, deyilgan edi.Keyinchalik bu
noma`lum muhim moddalar 1912-yilda K.Funk tomonidan vitaminlar deb
nomlandi (vita-hayot degan ma`noni bildiradi).
Vitaminlarning 40 dan ortiq turi bo`lib, ularning har biri odam organizmida
muhim fiziologik vazifani bajaradi. Agar bir necha hafta, oy davomida kundalik
ovqat tarkibida biror vitamin muntazam yetishmasa, uning organizmida
bajaradigan fiziologik vazifasi buziladi.Natijada ma`lum kasallik yuzaga keladi.
Agar odam organizmidan biror vitamin mutlaqo yo`qolsa, avitaminoz, uning
miqdori kamaysa, gipovitaminoz, me`yoridan oshishida o`ziga xos xastalik
belgilari paydo bo`ladi. Masalan, gipovitaminoz A, gipovitaminoz B,
gipovitaminoz C va hokazo.Har xil vitaminlar turli vazifa bajaradi.Vitaminlar
yog`da va suvda eruvchilarga bo`linadi. Yog`da eruvchilarga A,B,D vitaminlari,
suvda eruvchilarga B guruh, K,C, PP kabi vitaminlar kiradi.
A vitamin hayvon va odam organizmining o`sishi va rivojlanishida, hujayralarning
bo`linib ko`payishida, epiteliy to`qimasining (terining ustki qavati, nafas yo`llari,
ovqat hazm qilish a`zolarining ichki shilliq qavatining) funksional holatini normal
saqlashda, ko`z o`tkirligining yaxshi bo`lishini ta`minlashda muhim ahamiyatga
ega.
Organizmda bu vitamin yetishmaganda teri quruqlashib yoriladi, nafas
yo`llari va me`da-ichak ichki qavatining yallig`lanish kasalliklari yuzaga keladi.
Ko`rish o`tkirligi pasayadi, ayniqsa, odam qorong`ida yaxshi ko`ra olmaydi.
Bolalar va o`smirlar organizmining o`sishi va rivojlanishi susayadi. A vitamini
baliq yog`ida, sariyog`da, tuxum sarig`ida, jigarda, sabzi, qizil qalampir, o`rik
tarkibida ko`p bo`ladi.
B guruh vitaminlar.Bu guruhga B1 (tiamin), B2 (riboflavin), B6, B12, B15,
PP
(nikotin
kislota),
pantotenat
kislota
va
boshqalar
kiradi.
B
1
vitamin (tiamin) markaziy nerv tizimida qo`zg`alish va tormozlanish jarayonlari
normal o`tishida, odamning aqliy faoliyati yaxshi bo`lishida muhim rol
o`ynaydi.Agar u kundalik ovqat tarkibida yetarli miqdorda bo`lmasa, odamda
gipovitaminoz B
1
kasalligi yuzaga keladi.Buning belgilari oyoq-qo`l muskullarida
uvishib og`rish, holsizlik, tez charchash, odamning aqliy faoliyati pasayadi, ya`ni
o`zlashtirish, esda saqlash, e`tiborni muhim masalaga jalb etish kabi qobiliyatlari
pasayadi. U arzimagan narsaga jahli chiqadigan bo`lib qoladi. Bu vitamin uzoq
muddat davomida yetishmasa, avitaminoz B
1
, ya`ni beri-beri degan kasallik
vujudga keladi. Uning belgilari shundan iboratki, nerv tizimida ro`y bergan chuqur
o`zgarish natijasida nerv tolalari shol bo`lib qoladi, terida sezuvchanlik oldiniga
kuchayadi, so`ngra yo`qoladi, qo`l-oyoq muskullarining harakati kuchsizlanadi.
Odam oyog`ini yaxshi ko`tarolmaydi va sudrab bosadi. U qadami kichik - kichik,
huddi oyog`iga kishan solingan odamga o`xshab yuradi.Kasallik o`z vaqtida
davolanmasa, ko`krak qafasi va diafragma muskullari shol bo`lishi natijasida nafas
olish to`xtab qoladi va bemor halok bo`ladi.Bu vitamin guruch po`stida, bug`doy
nonda, loviya, no`xat, tuxum sarig`i, yong`oqda, mol jigari tarkibida bo`ladi.
B
2
vitamin (riboflavin) ko`zning ravshanligi, ranglarni yaxshi ajratishda, teridagi
yaralarning tuzalishida, bolalarning o`sishi va rivojlanishida muhim rol o`ynaydi.U
ovqat tarkibida yetarli bo`lmasa gipovitaminoz B
2
yuzaga keladi.Bu kasallikda
ko`zning shox pardasi xiralashadi va ko`rish o`tkirligi, ranglarni ajratish qobiliyati
pasayadi.Lablar qizaradi, achishadi va yara hosil bo`ladi.Soch to`kiladi.Bu vitamin
jigar, buyrak, tuxum sarig`i va sut mahsulotlarida, no`xat, loviya tarkibida bo`ladi.
PP vitamin (nikotin kislota) hujayra va to`qimalarda moddalar almashinuvi
jarayoni normal o`tishida muhim rol o`ynaydi.Bu vitamin yetishmasligi natijasida
vujudga kelgan gipovitaminoz PP kasalligida nomlari D bilan boshlanuvchi uchta
kasallik yuzaga keladi: dermatit, diareya, demensiya.
Dermatit-terining kasallanishi, u qizil dog`lar paydo bo`lishi bilan
xarakterlanadi.
Diareya - me`da -ichakda ovqat hazm bo`lishining buzilishi va ich ketishi bilan
xarakterlanadi.
Demensiya - markaziy nerv tizimining funksiyasi, ya`ni odamning ruhiy faoliyati
buzilishi bilan xarakterlanadi.Bu vitamin jigarda, buyrakda, mol go`shtida, no`xat
va loviya tarkibida bo`ladi.
C vitamin (askorbin kislota) moddalar almashinuvida, ayniqsa, oqsillar va
uglevodlar almashinuvida muhim rol o`ynaydi.Uning yetishmasligi tufayli singa
kasalligi yuzaga keladi.Bu kasallik odamda umumiy holsizlik, tez charchash,
milklar shishib, qizarib bo`shashib qolishi, tishlar qimirlab tushib ketishi, tishlarni
tish cho`tka bilan tozalaganda milk qonashi bilan xarakterlanadi.Bu vitamin ho`l
mevalarda, sabzavotlarda, ayniqsa, limon, apelsin, mandarin, karam, pomidor,
piyoz
tarkibda
ko`p
bo`ladi.
D vitamin organizmda kalsiy va fosfor almashinuvi normal o`tishida ishtirok
etadi.U ayniqsa, ikki-uch yoshgacha bo`lgan bolalar suyagining normal
shakllanishi, o`sishi va rivojlanishida katta ahamiyatga ega.Bu vitamin
yetishmasligi natijasida yosh bolalarda raxit kasalligi yuzaga keladi.Bu kasallik
bolaning uch-to`rt oyligidan boshlanishi mumkin.
Ovqat normasi. Yuqorida aytilgandek, odam bajaradigan ishning turiga
qarab, sarflaydigan energiyasi turlicha bo`ladi, ya`ni aqliy mehnat bilan
shug`ullanuvchilar ozroq, jismoniy mehnat bilan shug`ullanuvchilar esa nisbatan
ko`proq energiya sarflaydi.Sarflangan energiya miqdoriga qarab, bir kecha-
kunduzgi ovqat ratsioniga qo`shiladigan oziq moddalarning miqdori odamning
kasbiga, yoshiga qarab turlicha belgilanadi. Ovqat miqdorini belgilashda ob-havo,
iqlim hisobiga olinadi, ya`ni yozning issiq kunlari ovqat tarkibida go`sht, yog`
kabi qiyin hazm bo`ladigan va ko`p energiya hosil qiladigan moddalar
kamaytirilib, meva, sabzavot va uglevodlar ko`paytiriladi. Qish faslida ovqat
tarkibida go`sht, yog` mahsulotlari miqdori ko`p bo`lishi talab etiladi. Chunki,
sovuq vaqtda odam organizmidan tashqi muhitga issiqlik ajralishi ko`payadi.
Gigiyena fanida aniqlanishicha, o`rta yoshli, aqliy va yengil jismoniy mehnat bilan
shug`ullanuvchilarning bir kecha-kunduzgi ovqat ratsioni quyidagicha bo`lishi
mumkin:
go`sht - 100-150 g (haftada ikki marta shuncha miqdorda baliq iste`mol qilish
mumkin);
yog` - 100 g bo`lib, yarmi mol yog`i va yarmi o`simlik (paxta, zig`ir, kungaboqar)
moyi bo`lishi lozim;
tuxum - ikki kunda bir dona (go`sht, baliq bo`lmaganda ularning o`rniga tuxumni
3-4 tagacha ko`paytirish mumkin);
sut va sut mahsulotlari - 300-500 g, tvorog 50-100 g (shuncha miqdorda qaymoq,
pishloq iste`mol qilish mumkin);
non - 400 g, shuning yarmi oq non va yarmi qora non bo`lishi kerak;
don va xamirdan tayyorlangan mahsulotlar - 40-60 g (guruch, mosh, no`xat, loviya,
grechka, makaron, vermishel, lag`mon, ugra kabilara).Bu mahsulotlar har kuni
almashtirib
ishlatiladi;
qand-shakar
-
30-35
g;
kartoshka
-
200-300
g;
sabzavotlar - 200-400 g (karam, sabzi, piyoz, lavlagi, turp, sholg`om kabilar).
Bular miqdori ko`p bo`lsa ham zarar qilmaydi.Sabzavotlarning yarmi xom holatda
iste`mol
qilingani
ma`qul;
mevalar - 200-400 g, ko`p bo`lsa ham zarar qilmaydi;
tuz 5-6 g (sabzavotlarga tuz sepmasdan iste`mol qilgan ma`qul, ya`ni tuzni faqat
issiq ovqatga ishlatish lozim, chunki tuzni ko`p iste`mol qilish skleroz hamda
buyrak va jigar tosh kasalliklariga sabab bo`lishi mumkin).
Yuqorida ko`rsatilgan ovqat mahsulotlarining bir kecha-kunduzgi miqdori
og`ir jismoniy mehnat qiluvchilar uchun 30-50 % ga ko`paytiriladi.
Tashqi muhit harorati yuqori bo`lganda ovqat hazm bo`lishining xususiyatlari.
Tashqi muhitning yuqori harorati odam organizmining fiziologik jarayonlariga
ma`lum darajada salbiy ta`sir ko`rsatadi. O`zbekistonda yoz faslida havo harorati
soya joyda +40 +47º gacha ko`tariladi, havoning nisbiy namligi esa anchagina
kamayadi.Bunday sharoitda nafas olish tezlashadi, ter ajralishi ko`payadi.Natijada
kishi organizmi ko`p suv yo`qotadi, qon quyuqlashadi. Hujayra ichidagi
suyuqlikning bir qismi qon tomirlariga o`tishi tufayli hujayra va to`qimalarda suv
kamayadi. Shuning uchun odam ko`p chanqaydi. Agar tez-tez yetarli miqdorda suv
ichib turilmasa,og`izning shilliq pardalari, til quriydi, kishining tanasi qiziydi,
natijada tana harorati ko`tariladi va odam o`zini noxush sezadi, ish qobiliyati
pasayadi,
tez
charchaydi.
Tashqi muhitning issiq harorati ovqat hazm qilish a`zolari faoliyatiga salbiy ta`sir
ko`rsatadi.Yoz faslida so`lak bezlarining, me`da-ichaklarning shilliq pardasi ostida
joylashgan mayda bezlarning, me`da osti bezining faoliyati susayadi.Bu bezlardan
so`lak
va
shira
ajralishi
kamayadi.Me`da-ichaklarning
peristaltik
va
mayatniksimon harakatlari sustlashadi.
Shuning uchun yozning issiq kunlarida kishining ishtahasi bo`g`iladi, ayniqsa
yog`li, go`stli, qovurilgan ovqatlarning hazm bo`lishi qiyinlashadi, qorin dam
bo`ladi.Yoz kunlari kishi organizmi, asosan suv hamda suyuq ovqatlarni, meva va
ko`katlarni ko`proq iste`mol qilishni talab qiladi.Kalloriyaga boy yog`li ovqatlarni
iste`mol qilish kamayganligi uchun kishi yoz kunlari tez charchaydi, ish qobiliyati
pasayadi.
Yoz kunlarida me`da-ichaklarda shira ajralishining kamayishi, ular harakat
funksiyasining
pasayishi
ovqatning
hazm
bo`lishi
va
so`rilishini
sekinlashtiradi.Buning natijasida ichaklarda mikroblarning ko`payishi uchun
sharoit tug`iladi.Bundan tashqari, issiq sharoitda tayyorlangan taomlar tez buziladi,
chunki ularga tushgan mikroblar tez ko`payadi va o`zidan zaharli moddalar ishlab
chiqaradi.
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |