Kiyim va poyafzalga bo`lgan gigiyena talablari
Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti tibbiy profilaktika ishi yo’nalishi 2-bosqich 420-guruh talabasi Tursunaliyev Doniyorning ,, Ichki kasalliklar” fanidan ,,Hazm qilish a’zolari anatomiyasi va fiziologiyasi” mavzusida tayyorlagan Mustaqil ishi
Shaxsiy gigiyena va uning ahamiyati
Shaxsiy gigiyena tushunchasi asosida har bir shaxs zimma-sida o`zining va jamiyat a`zolarining, qolaversa kelajak avlodlar sog`lig`i va tabiatni muhofaza qilish uchun zarur bo`lgan gigiyenik bilimlarni o`zlashtirish va ularga amal qilish ma’suliyati turadi. Ayrim odamlar shaxsiy gigiyena tushunchasini tor ma`noda tasav-vur qilib, uni asosan ozodalik ya`ni taom iste`mol qilish oldidan qo`l yuvish, kechqurun va ertalab tishlarni tozalash, tanani toza saqlash kabi oddiy masalalar bilangina bog`lashga odatlanib qolganlar. Aslida esa shaxsiy gigiyena tushunchasi ancha keng ma`no-dagi masalalarni o`z ichiga oladi va sog`lom turmush tarzi qoidala-rining asosini tashkil etadi. Chunonchi, ozodalik (teri gigiyenasi), tish va og`iz bo`shlig`i, kiyim va poyafzal gigiyenasi kabi masala-larni o`z ichiga oladi.
Odamning kiyim va poyafzali yil fasliga mos bo`lib, havoni yaxshi o`tkazish xususiyatiga ega bo`lishi kerak. Sintetik material-dan tikilgan kiyimlar, rezinadan tayyorlangan poyafzallar havo o`tkazmaydi. Shuning uchun terining ter bezlaridan ajralgan suyuq-lik yaxshi bug`lanmaydi. Buning oqibatida ichki kiyimlar, paypoq-lar ho`l bo`lib odam shamollab qolishiga sabab bo`ladi. Shunga ko`ra Respublikamizning issiq iqlim sharoitida sintetik material-lardan tikilgan kiyim, paypoq va rezina poyafzal kiyim gigiyena nuqtai nazaridan tavsiya etilmaydi. Bunday materiallardan tayyor-langan sport kiyimlari va poyafzallarini faqat mashg`ulot paytida kiyish mumkin.
Kiyim va poyafzalga bo`lgan gigiyena talablari.
Ob-havo sovuq paytlarida kiyimning tanadagi issiqlikni tashqi muhitga o`tkazishi talab qilinadi. Jun gazlamalardan tayyor-langan kiyimlar issiqlikni o`zida saqlab, tashqariga kam o`tkazadi. Ularni ob-havo sovuq paytida kiyish tavsiya etiladi. Ob-havo issiq paytida issiqlikni o`zidan yaxshi o`tkazadigan paxta tolasi gazlamalaridan tayyorlangan kiyimlar tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: |