Idrokning predmetliligi ob’ektivlash ham deyiladi va tashqi olamdan olingan ma’lumotlarni shu olamning o‘ziga qaratishida ifodalanadi. Tashqi olamdan kelayotgan ma’lumot, obraz (masalan, o‘qilayotgan kitobning tasviri) bizning sezgi organlarimizda emas (ko‘z ichida emas), balki bizning tanamizdan tashqarida, tashqi olamda deb idrok qilinadi. Bu xususiyatsiz odamning amaliy faoliyatini tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Idrok esa sezgilarga qaraganda murakkab psixik jarayon hisoblanadi.
Idrokning predmetliligi va yaxlitligi.
Predmetlilik idrokning sifati tarzida ish-harakatlarni boshqarishda alohida rol o‘ynaydi. Bu xususiyat yordamida tashqi olamdan olingan ma’lumotlarni ana shu olamning o‘ziga solishtirib ko‘riladi va idrok obrazlarining real predmetlariga adekvat (mosligi) taminlanadi. Tashqi olam bilan aks ettirilishi mos kelmay qolgan xollarda odam to‘g‘riroq aks ettirishni ta’sinlovchi idrokning yangi usullarini qidirishga majbur bo‘ladi.
Har bir idrok tarkibiga kishining o'tmishda hosil qilingan bilim va tajribalari kiradi. Biz bunday shakl buyumlarni ilgari juda ko'p marta ko'rganmiz. Ular haqida muayyan bilimlarimiz bor. Shuning uchun bu shakllardagi yetishmagan joylarni o'sha bo'limlardan olib qo'shamiz va bir butun aks ettiramiz. Demak, idrok jarayoniga xotira faoliyati qo'shiladi.

Idrok tarkibiga xayol tasavvurlari kiradi. Masalan: derazadagi qirovni idrok qilib, tropik o'rmon yoki gullarga o'xshatish, kesib olingan daraxt to'nkasini idrok qilib biror yovvoyi hayvonga o'xshatish, osmondagi para-para suzib oq bulutlarni idrok qilib, to’plab kuyilgan paxtaga o'xshatish va boshqalar.

Idrok jarayoniga his-tuyg'ular ta'sir qiladi. Bu his-tuyg'ular idrok qilinayotgan narsa hodisalar tug'risida o'tmishda tug'ilgan taassurotlar va fikrlardan hamda ayni paytdagi idrok jarayonidan vujudga kelishi mumkin. His-tuyg'ular idrokning aktivlik darajasini kuchaytiradi, uning mazmunini jonli, erkin qiladi.