Reja Geografiya ta’limida og‘zaki metodning tutgan o‘rni



Yüklə 36,95 Kb.
səhifə1/5
tarix13.05.2023
ölçüsü36,95 Kb.
#112874
  1   2   3   4   5
5. O’qitish metodlari.


O’qitish metodlari.
Reja

  1. Geografiya ta’limida og‘zaki metodning tutgan o‘rni.

  2. Geografiya ta’limida hikoya va tushuntirish usulidan foydalanish

  3. Geografiya ta’limida suhbat, ma’ruza va o‘qib berish usullaridan foydalanish

  4. Geografiya ta’limida darslikning ahamiyati.




  1. Geografiya ta’limida og‘zaki metodning to‘tgan o‘rni.

O‘qitish metodlari tasnifi asos qilib olingan bilim olishning assosiy manbalari (metodlari) ichida o‘qituvchining jonli so‘zi-nutqi ya’ni og‘zaki bayon metodi alohida o‘ringa ega. Jonli nutq o‘quvchi ongiga tez yetib boradi, uni ma’lum xulosalar qilishga undaydi. O‘qituvchining jonli nutqi puxta bilim, ko‘nikma va malaka manbai bo‘lishi bilan birga, juda katta tarbiyalovchi kuchga ham ega. O‘qituvchi nutqidagi mantik, intonatsiya, urguning kuchi, dalillarning jonli va ishonarli bo‘lishi o‘quvchilarning ongiga, xis-tuyg‘ulariga, kuchli ta’sir ko‘rsatadi, ularni fikrlashga o‘rgatadi. Jonli nutq o‘quvchilarning bilim olishidagi boshqa manbalar: ko‘rsatmali qurollar va matnlar mazmunini tushunishga, ular ustida mustaqil ishlashga, fikr yuritishga ham yo‘l ochib beradi.
O‘qituvchi dars jarayonida o‘quv materiallarini og‘zaki bayon qilib berish bilan chegaralanib qolmasdan, har xil ko‘rsatmali qurollar (rasmlar, illyustratsiyalar, maketlar, texnika vositalar)dan ham foydalanadi. O‘qituvchining og‘zaki bayonini keng ma’noda tushunmoq kerak. Jonli nutq deganda ta’limining og‘zaki usuligina emas, balki o‘qituvchining butun dars davomida jaranglab turadigan so‘zini, o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan savol-javobini, yakunlovchi so‘zini, uyda bajarish uchun berilgan topshiriqlar mazmunini va ularni bajarish yo‘llarini, izoxlashga doir so‘zini, seminarlar uyushtirishdagi kirish so‘zini, o‘quvchilarga beriladigan turli yo‘l -yo‘riqlarini, izoxli baholashni va boshqalarni tushumoq kerak. O‘qituvchining jonli so‘zini o‘quvchilarning o‘qib o‘rganishi va bilim faoliyatini boshqarishni, unga rahbarlik qilish yo‘llari va vositalarini ham o‘zida mujassamlashtiradi. Jonli nutqning bu imkoniyatlaridan oqilona foydalanish o‘quvchilar bilimining puxta va mustahkam bo‘lishini ta’minlaydi, geografiya o‘qitishning ta’limiy vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradi.O‘qituvchining og‘zaki bayoni quyidagi pedagogik talablarga javob berishi kerak.
1. Og‘zaki bayon ilmiy va g‘oyaviy jihatdan to‘g‘ri bo‘lishi, tanlangan materialning ilmiy jihatdan asoslangan bo‘lishiga;
2. Bilimlarning mantikiy to‘g‘ri bo‘lishini ta’minlashga yordamlashishga;
3. O‘quvchilar uchun tushunarli, bilimlarni tushunarli va puxta o‘zlash-
tirilishini ta’minlashga;
4. Nutq obrazini qiziqarli bo‘lishiga,o‘quvchilarni xayajonlashtirishga undashi;
5. Bayon qilinayotgan materialni o‘quvchilar yozib olishlariga ham e’tibor berishi kerak.
O‘quvchilar o‘qituvchi bayonini o‘zlashtirishda ba’zan qiynaladilar. Ular materialni xoxlagan vaqtlarida qayta-qayta o‘qib chiqishlari mumkin, ammo o‘qituvchining bayonini qayta eshita olmaydilar. SHunga ko‘ra o‘quvchilarning o‘rganishi ustidan o‘qituvchining nazorati va rahbarlik qilish, ayniqsa katta ahamiyat kasb qiladi.Og‘zaki bayon boshqa metodlar bilan birgalikda qo‘shib olib borilishi kerak. Aks holda ayniqsa kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarida uning ko‘p qo‘llanilishi salbiy natijalar berishi ham mumkin. Tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, 6-7 sinflarda hikoya yoki tushuntirish 5-15 minutdan oshmasligi kerak. Yuqori sinflarda unga ajratiladigan vaqt bir muncha ko‘proq bo‘lishi ham mumkin. O‘quvchilarning o‘qituvchi bayonini e’tibor va qiziqish bilan o‘rganishini quyidagi yo‘llar bilan tashkil etish mumkin:
1. O‘qituvchi darsning vazifalari, maqsadi va bayonini asosiy o‘rinlarini qisqacha so‘zlab beradi.
2. O‘qituvchi o‘rganilayotgan mavzuning muhim yoki qiyinligini aytib, uni puxta tushunib, bilib olish uchun nima qilish kerakligini, aytaylik, bayonining qaysi qismlariga e’tibor berish kerakligini, qanday qo‘shimcha materiallar (vaqtli matbuot, ilmiy ommabop, geografik adabiyotlar) ni o‘qib chiqish zarurligi va boshqalarni uktirib o‘tadi.
3. O‘qituvchi bayoni albatta geografik karta, statistik materiallar, grafiklar diagrammalar, kontur kartalar, natural qo‘llanmalar, darslik bilan uzviy bog‘langan bo‘lishi kerak. Ayniqsa geografiya o‘qitishda og‘zaki nutqni karta bilan bog‘lash nihoyatda salmoqli o‘ringa ega.
Og‘zaki metod o‘quvchilar bayonini puxta bo‘lishi hamda ularning bilish jarayonini faollashtirishda muhim o‘rin to‘tadi. O‘qituvchi bayonidagi intonatsiya va urguning kuchi, pauza, geografik jumlalarning ixcham va mantikan to‘g‘ri ifoda qilinishi, nutqning ravon,sof obrazli va ta’sirchan bo‘lishi,tabiat va xalqlarga oid xikmatli so‘zlar hamda aforizmlardan o‘rinli foydalanish ayniqsa muhimdir. Demak, geografiya o‘qituvchisi didaktik va pedagogik talablar asosida hamda geografiya fanining mazmuni va vazifalariga mos ravishda materiallarini aniq va ko‘rgazmali qilib so‘zlab,tushuntirib bera olishi kerak. Har bir o‘qituvchi bu san’atni egallashi zarur.
Og‘zaki bayon metodini puxta egallash uchun nutqni o‘stirish ustida izlanish aniq, ravon, ta’sirli va obrazli so‘zlash ustida tinmay ishlash, mashq qilish zarur. To‘g‘ri, barcha o‘qituvchilar nutqidagi yorkinlik va badiiylik bir xil emas. Eng muhimi geografiya o‘qituvchisi o‘z fanini, dunyodagi voqealarni, kartalarni yaxshi bilsa, ularni bir-birlariga bog‘lay olsa ko‘zlangan maqsadga albatta erishadi. Eng ahamiyatlisi esa o‘qituvchi dars o‘tish oldidan, darsni so‘zlab berish metodlarini puxta o‘ylab qo‘ygan bo‘lsa og‘zaki bayon metodlarini samaradorligi yanada oshadi.
Geografiya fani uchun xos bo‘lgan eng muhim xususiyatlardan yana biri shuki, o‘qituvchi o‘zi ko‘rgan, bilgan, boshidan kechirgan, hodisa voqea larni erkin gapira olishi darsni qiziqarli bo‘lishini ta’minlaydi. O‘qituvchi kitobga, qog‘ozga qarab gapirishi, og‘zaki bayon, metodini ahamiyatini pasaytirib yuboradi. Ammo ayrim raqamli materiallarni kitob yoki qog‘ozga qarab gapirishi mumkin. Og‘zaki bayon metodi o‘z ichiga hikoya, tushuntirish, ma’ruza, suhbat, o‘qituvchining o‘qib berishi kitob bilan ishlash, statistik materiallar bilan ishlash kabilarni oladi. Metodik adabiyotlarda og‘zaki bayon metodlarining afzal va zaif tomonlari etarlicha ochib berilmagan. Geografiya ta’limi metodikasi oldida turgan muhim vazifalaridan biri og‘zaki bayon paytida o‘quvchilarning bilish faoliyatiga rahbarlik qilish, bu metodni boshqa metodlar bilan birgalikda foydalanish muammolarini echish ko‘ndalang bo‘lib turadi. Ayniqsa, og‘zaki bayon paytida o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil qilish va boshqalar geogafiya ta’limi metodikasidagi muhim muammolardan hisoblanadi.


  1. Yüklə 36,95 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin