Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/122
tarix01.03.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#86138
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   122
7-sinf adabiyot uzb

is tioradir. Istiorada biror narsa-hodisaga xos xususiyatlar ni 
boshqa bir narsa-hodisaga ko‘chirish orqali badiiy ma’no 
ifoda lanadi. Lekin bu ko‘chirishda tashqi o‘xshash lik aso-
siy o‘rin tutmaydi. Balki o‘xshatilayotgan va o‘xsha yotgan 
narsa-hodisalar orasidagi ichki mantiqiy bog‘la nishga, ya-
qinlikka, vazifalar dagi umumiylikka tayaniladi. Istiorani 
qisqargan ko‘rinishdagi o‘xshatish deyish mumkin.
Cho‘lponning «Binafsha» she’rida «Binafsha, sen 
uchun ko‘kragim erk yeri, Bu yerdan ko‘klarga uchgil» tar-
zida ifodalangan misralar bor. Unda «vatan» tushunchasi 
«ko‘kragim» so‘zi bilan, «ozod yurt» tushunchasi «erk 
yeri» so‘zlari bilan ifoda etilgan.


311
zbek adabiyoti taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘ sh-
gan adib Abdulla Qahhor 1907-yil 17-sentabr-
da Qo‘qonda dunyoga keldi. Otasi Abduqah-
hor temirchi tirikchilik o‘tkazish uchun Qo‘qon 
atrofi dagi Buvayda, Yaypan, Oqqo‘rg‘on, Qu-
dash, Olqor qishloqlarining biridan ikkinchisi-
ga ko‘chib yurar, oila biror qishloqda uzoqroq 
qo‘nim topmasdi. Bo‘lajak yozuvchi dastlabki ma’lumotni 
Buvayda dagi eski maktabda oldi. So‘ng Oqqo‘rg‘on qish-
lo g‘idagi jadid maktabida tahsil ko‘rdi. Sal keyin roq Qo‘-
qon dagi yotoq maktabda o‘qidi. 1922–1924-yillarda Qo‘-
qondagi o‘qituv chilar tayyorlash teхnikumida tahsil ko‘rdi.
Abdulla Qahhor 1925-yili Toshkentga kelib, kechasi 
o‘qib, kunduzlari «Qizil O‘zbekiston» gazetasida ishladi. U 
1930-yilda O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)
ning pedagogika fakultetini tugatdi. 
A.Qahhor ijodi 1924-yilda boshlangan. Dastlab «Mush-
tum» jurnali, «Yangi Farg‘ona» va «Qizil O‘zbekiston» 
gazetalarida uning hikoya, felyeton va хabarlari bosildi. 
Abdulla Qahhorga katta shuhrat keltirgan «Sarob» romani 
1934-yilda yozildi.

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin