56
oir va yozuvchi Mirmuhsin Mirsaidov 1921-yil-
ning 3-mayida Toshkent shahrining Qo‘rg‘on-
tegi mahallasida kulol oilasida tug‘il di. O‘rta
maktabni bitirgach, Toshkent davlat pedago-
gika institutiga kirib, uni 1942-yilda tugatdi.
Bo‘lajak yozuvchi 1944–1946-yillarda Res pub-
lika radio qo‘mitasida muharrir, 1947–1961-yillar orali -
g‘i da O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi kotibi, 1950- yil -
dan 1960-yilgacha «Sharq yulduzi» jurnali bosh muha rriri,
1961–1963-yillarda «Qizil O‘zbekiston» gazetasida bo‘lim
mudiri, 1963–1971-yillarda «Mushtum» jurnali bosh mu-
harriri, 1972-yildan 1981-yilga qadar yana «Sharq yulduzi»
jurnali bosh muharriri, 1982–1994-yillarda «Guliston» jur-
nali bosh muharriri vazifalarida ishlagan.
Badiiy ijodni shoir sifatida boshlagan Mirmuhsin 1936-yil-
da «Sheralining mardligi» va «Ovchi bolalar» nomlari bilan
she’r va hikoyalar to‘plamlarini chiqargan. 1938-yilda «Qa-
mar» nomli ilk dostoni bosilib chiqdi. 1948-yilda «Vafo»,
«Qadrdon do‘stlar», 1951-yilda «Farg‘ona», 1952-yilda
Dostları ilə paylaş: