Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/122
tarix01.03.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#86138
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   122
7-sinf adabiyot uzb

Qiblanamo – kompas.


67
xavfl i ekanini bilardik. ...Siz, hali hech narsani ko‘rmagan 
g‘o‘r go‘daklar, chalg‘ib ajdar komiga lahm etdek kirib 
ketdingiz! Polapon vaqtingizdayoq yorug‘ dunyodan ket-
dingiz! Ana shunga kuyaman! 
Ba’zan shunday uzundan uzun o‘ylar Me’morni qur-
shab olsa, u bir muddat nasha elitgan odamday bir nuqta-
ga tikil ganicha xayol surib qolardi. Bunday chog‘larda 
yonida o‘tirgan xotini-yu qizini ham ko‘rmasdi, u tamo-
man uzoq-uzoqlar da yurardi. Otasining bunday tushkun 
paytlarida Badia unga xalal bermas, otajon, hadeb bun-
day uh tortaverish kishini ichdan yemiradi, deya olmasdi. 
...Uch arava yonidagi otlar bilan Jayhunning chap 
yonida qumliklar ichida borardi. Karkidan chiqqandan 
so‘ng oqshomga qolmay yetib borishlari mumkin bo‘lgan 
Xalach negadir juda olis bo‘lib ketdi. Olisdagi sarg‘ish 
chang va girdibodlar karvonga yaqinlashib kela boshla-
di... 
Ko‘p o‘tmay, arava g‘ildiraklari tagidagi qumni uchi-
rayotgan shamol endi g‘uvullab bo‘ronga aylanib, arava-
larni sariq chang o‘ray boshladi. Otlar ham pishqirib, be-
toqat bo‘lar, tuyoqlari qumga botib ketardi. Arava soya-
bonlariga shitirlab urilayotgan qum ichkaridan yomg‘irni 
eslatardi; qani endi qum bo‘roni emas, shovullab yomg‘ir 
yog‘sa, deb o‘ylardi Badia. 
Horunbek otning jilovini tortib aravani to‘xtatdi, sal 
ishoraga mahtal bo‘lib turgan ot jonivorlar ham dar-
hol joyida to‘xtadi. Oldingi ot qattiq pishqirdi. Boshqa 
aravalar ham odatdagidek oldingi aravaga yaqin kelib 
to‘xtashdi. Yigitlar aravalardan tappa-tappa sakrab tu-
shishdi. Ular g‘uvullab uchayotgan bo‘ron ichida bir-bir-
larini arang ko‘rishardi. Avvaliga, cholga bir nima bo‘ldi, 
deb xayol qilgan Zulfi qor bilan Zavrak yugurib kelib us-
todga qarashdi, yo‘q, ustod ham, Badia ham, Ma’suma 
beka ham yaxshi o‘tirishardi. Shogirdlarining bezovta 
bo‘lganini sezgan Me’mor... yo‘lning eng mashaqqat-


68
li joyi shu, daryodan o‘tgandan keyin, undan u yog‘i – 
Movarounnahr, «dunyodagi eng go‘zal mamlakat» ekanini 
aytib, ularga taskin berdi. Shogirdlar cholning dalda be-
rayotganini sezib, ichdan kulib qo‘yishar, chalg‘itayotgan 
bo‘lsa ham ustozning o‘zi bardam ekanidan mamnun edi-
lar. G‘avvos Muhammad ham ulardan bir qadamcha narida 
ustodiga javdirab qarab turardi.
– Nima qilaylik? Shu yerda to‘xtaymizmi yoki yuravera-
mizmi? – Me’mor yo‘ldoshlariga murojaat etdi.
– Yurib bo‘lmaydi! – dedi bir damlik sukutni buzib 
Horunb ek.
– Daryoga yaqinroq boramizmi? – so‘radi Badia qum 
kirgan ko‘zlarini uqalab.
– Bu juda xavfl i, – dedi Horunbek.
− Bo‘lmasa joyimizda turaveraylik, – dedi Me’mor.
– Otlarni chiqarib, arava g‘ildiraklariga mahkam bog‘-
lash kerak. Bo‘ronning tezda o‘tib ketishiga ko‘zim yet-
maydi, – dedi Horunbek, – uch-to‘rt kunlab bo‘lganini 
ham bilaman! Ishqilib, tez o‘tib ketsin.
– Horunbek, girdibodlar uzoqda edi, mana bu tomonga 
yaqinlashyapti, – dedi Me’mor. – Bu yerdan ham tez o‘tib 
ketadi. Qo‘rqmaslik kerak. Lekin otlarning xashaklarini 
arava tagiga olib kirish lozim! Bo‘ron uchirib ketishi tur-
gan gap.
– Oxirgi aravadagi namatlarni olib, g‘ildiraklarga yo-
ping lar, – dedi Horunbek, – hammamiz aravalarning ta-
giga kirishimiz kerak!
G‘uvullab uchayotgan bo‘ron ichida yigitlar naridan beri 
xashag-u bedalarni arava tagiga olib kirib, g‘ildiraklarga 
namat yopishdi. Badia bilan Ma’suma beka arava tagiga 
kirib yashirinishdi. Bir muddatdan keyin Me’mor ham 
arava tagiga kirdi.
Bo‘ron g‘uvullab esar, namat-u chodirlarni pirpirak qilib 
uchirib ketmoqchi bo‘lar, aravalarni silkitar, g‘ildiraklarga 
bog‘log‘lik otlar oyoqlarini kerib, qimir etmay turishardi. 


69
Xalach bo‘roni!..
Xurosondan Samarqand-u Buxoroga qatnaydiganlar-
ga bu yerning fe’li juda ma’lum, ammo eng yaqin yo‘l 
shu bo‘l ganligi tufayli yo Karki, yo Xalachga bormaslik 
va Jayhun dan o‘tmaslikning iloji yo‘q. Aravalar tagiga 
kirib, qum bo‘ronidan jon saqlagan Me’mor va Horun-
beklar xayolida uch-to‘rtga bo‘linib, limillab oqayotgan 
daryoning narigi tomonidagi Xo‘jaabbos shaharchasi 
va undan Tollimarjonga chiqib olish tashvishi turardi. 
Lekin kutilmaganda boshlanib qolgan Xalach bo‘roni 
ularni daryo bo‘yiga ham yetkazmay, qum ostida taqqa 
to‘xtatdi. Me’mor g‘ildirakka yopil gan namat orasidan 
uzoq-uzoqlarga boqardi; hamma yoq sariq chang, ammo 
g‘arb tomonda falakka ustun bo‘lib turgan girdibod-
lar ancha yaqin kelib qolgan edi. Uning ko‘zlariga bu 
«ustun»lar orasidan moviy gumbazlar ko‘rinib ketganday 
bo‘ldi. Falakka bo‘y cho‘zgan allaqanday buyuk qasr 
ro‘parada namoyon bo‘lib, Me’morning xayolini olib 
qochdi. U xayol ichida aravalarni, namatlarni tortqilab, 
g‘uvullayotgan Xalach bo‘ronini sezmas, uning ko‘z oldi-
da girvat-u
1
bo‘ron kashf etgan mislsiz bir qasr turardi. 
Bu qasr o‘zining ulkan ravoq-u «guldasta»lari, gumbaz-u 
darvozalari bilan Oqsaroydan ham, Bog‘i Jahonoro qas-
ridan ham buyuk edi. 
Badia chidab turolmay, otasini turtdi:
– Suv beraymi, ota? – Chol o‘ziga keldi.
– Yo‘q, suv ichmayman! – dedi Me’mor, – buni 
qara, qizim, meni xayol olibdi; mana shu tomonda bir 
kat ta qasr solingan emish...
Me’mor so‘zini davom ettirdi:
– Qum tepaliklarini ham tamoman unutibman. Mana 
shu tomonda juda katta qasr turibdi. Xudoyi taolo me-
ning dilimga yana bir katta qasr bino etishni solyapti. 
Men bu qasrni aniq ko‘rdim. Ha, bu tush emas, shundoq 
1
Girvat – quyun, o‘rama.


70
kuppa-kunduzi, uyg‘oq turganimda ko‘rdim. Bo‘lmasa, 
kelib-kelib shu sahroda qasr ko‘ramanmi! Yo tavba!
Badia ham, Ma’suma beka ham, Horunbek ham yarim 
qorong‘i arava tagida Me’morga jim qarashdi.
– Badia qizim, shogirdlarimdan birini chaqirib berol-
maysanmi? Daftarini, toshqalam bilan jozvarini
1
ham ola 
kelsin.
– Men chaqiraman, – dedi darhol o‘rnidan qo‘zg‘alib 
Horunbek.
– Sizga nima bo‘ldi, otasi, – dedi Ma’suma beka, – 
shundoq paytda daftar-qalam nimasi?!
– Xudo dilimga soldi, o‘sha buyuk qasrni o‘z ko‘zim 
bilan ko‘rdim, onasi, bir amallab chizib olamiz. Yodingda 
bo‘lsa kerak, «Mirzo» madrasasi ham shundoq bo‘lgan 
edi. Yoddan ko‘tarilmasligi uchun ba’zi yerlarini qayd 
qilib qo‘yamiz.
Bo‘ron tinimsiz guvullab turganida yonginadagi arava 
tagidan chiqib, otlarning tagidan o‘tib, Zulfi qor bilan Zav -
rak emaklab kirib kelishdi. Ularning orqasidan G‘avvos 
Muhammad ham kirmoqchi edi, ichkariga sig‘madi. 
Horunbek bilan G‘avvos aravaning sirtida cho‘kka tu-
shib o‘tirib, boshlarini ichkariga tiqishgan edi. Bu holat 
Badiada kulgi qo‘zg‘adi: u onasi pinjiga suqilib Zul-
fi qordan nigoh uzmay, tikilardi. Zulfi qor ustodga yaqin 
o‘tirib, qo‘ynidan keng va qalingina daftarini olib, tiz-
zasiga qo‘ydi. Toshqalamni Me’morga uzatdi. Zavrak 
Me’morning daftar sahifalariga tortayotgan chiziqlaridan, 
handasaviy
2
o‘lchovlaridan ko‘z uzmasdi.
– Sizlarni bezovta qildim-a?
– Bemalol, ustod.
– Xudo dilimga shu’la soldi, buni qaranglar, bir yax-
1

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin