214
Oto-vu mulk-u joh-u hashmatini,
Pardasig‘a
1
Suhayl nisbatini
2
.
Ko‘rganin bahr mavjidin tashvir
3
,
Tushganin anda notavon-u asir.
Bo‘lg‘on anda zarurdin sokin,
Qolg‘onin Jobir ilgidin emin.
Za’f etib notavon aning so‘zidin,
Lahza-lahza borur edi o‘zidin.
Anga yetkurdi so‘zni Mehri munir
4
,
Ki: «Bu yanglig‘ki, men bo‘lubmen asir,
Aylay olmas kishi xalosima mayl,
Ko‘shish-u kina birla g‘ayri Suhayl.
Sanga ey dardmand-u ovora,
So‘z budurkim, gar aylabon chora,
Andoq etsangki, bahrdin qutulub,
Yaman ahli sori ravona bo‘lub.
Jahd-u sur’at aro tay aylab arz
5
,
Holatim aylasang Suhaylg‘a arz.
Lek bir nukta bordur yoshurun
Ki, seni mundoq asrasoq necha kun.
Jazm qilsang bu ishni pinhoni,
Ont ichib emin aylasang oni.
Ki, chu men bastai balo
6
bo‘ldum,
Jobir ilgiga mubtalo bo‘ldum.
Manga tushmish ko‘zi yiroqdin-u bas,
Yiqilib yerga yotti o‘ylaki xas.
1
Dostları ilə paylaş: