226
Uz diling taalluqdin
1
,
band qil Xudo sori,
To degil kecha-kunduz: «Mosivo
2
Uvaysiyman!»
Kechalar fi g‘onimdin tinmadi kavokiblar
3
,
Arz to samo
4
uzra mojaro Uvaysiyman.
To ko‘rib xarobotin
5
ta’na etma,
ey zohid,
Bir nafas emas xoli iqtido
6
Uvaysiyman.
Faqr borgohiga
7
qo‘ysa
gar qadam har kim,
Bosh agar kerak bo‘lsa, jonfi do Uvaysiyman.
Vaysiy beriyozat
8
deb sahl
9
tutma, ey orif,
Ishq aro nihon dardi bedavo Uvaysiyman.
1. Shoira nima uchun barchadan ko‘zni yumibgina muddao-
ga yetishini aytmoqda?
2. Dunyodan uzilib, dilni Xudo sari band qil deganida nimani
nazarda tutgan: tarki dunyo qilishnimi yoki mol-dunyoga
berilmaslik kerakliginimi?
3. Ilohiy ishqda o‘rtanayotgan
oshiqning kechinmalari nima
uchu n yer-u ko‘kni larzaga soladi?
4. G‘azaldagi oshiqning zohid bilan bahsga kirishishining
boisi nima?
5. Oxirgi baytlarni o‘qituvchingiz va sinfdosh o‘rtoqlaringiz
bilan tahlil qiling.
1
Uz diling taalluqdin –
dilingni dunyo aloqasidan uz, ya’ni
dun yodan yuz o‘gir.
2
Mosivo Uvaysiyman – dunyodan uzilgan Uvaysiyman.
3
Kavokib – yulduzlar.
4
Arz to samo – yerdan osmongacha.
5
Xarobotin – bu yerda: so‘fiylar maskani.
6
Iqtido – ergashish. Bu yerda Uvaysiyning so‘fiylik, tasavvuf
maslagiga ergashgani anglashiladi.
7
Borgoh – faqir so‘fiylar, ishq ahlining manzilgohi.
8
Beriyozat – mashaqqatsiz, qiynoqsiz, azobsiz.
9
Sahl – yengil, oson.
Dostları ilə paylaş: