Boshlang’ich maktablarda tabiatshunoslik fanining
mazmuni, o`quv dastirini rejalashtirish tamoyillari
R e j a :
1. 1-2 sinflarda “Atrofimizdagi olam” darsligi bilan ishlashning metodik
xususiyatlari.
2. 1-2 sinflarda shakllanishi lozim bo’lgan asosiy tushunchalar.
3. 3-4 sinf “Tabiatshunoslik” darsligi bilan ishlash metodikasi.
4. Tabiatshunoslik darslarida kuzatishlarni murakkablashib borishi.
Tayanch
iboralar:
“atrofimizdagi
olam”,
“tabiatshunoslik”,
“o’lkashunoslik”, “bilimlarni mustahkamlash”, “mantiqiy tafakkur”, “darslik bilan
ishlash metodikasi”.
Boshlang’ich sinflarda bolalarni o’qitishning qulay sharoitlaridan
foydalanib, fanlararo bog’lanishni to’la darajada amalga oshirish zarur. Atrof olam
bilan tanishtirish bo’yicha mashg’ulotlarda shakllantiriladigan aniq tasavvurlar
boshqa predmetlar bo’yicha vazifalarni hal qilishga yordam beradi va aksincha.
Fanlararo aloqa nutqni rivojlantirish kabi vazifalarni hal qilishda amalga oshiriladi.
“Atrof olam bilan tanishtirish” kursi o’quv materialining o’zi, foydalaniladigan ish
uslublari va metodlari bola nutqini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratadi.
Bu mashg’ulotlarda bolalar bir - birlari bilan bevosita muloqotda bo’ladilar,
taassurotlari bilan o’rtoqlashadilar, o’zlarining sevgan ishqibozliklari haqida
hikoya qiladilar va hokazo. Syujetlirolli o’yinlarda bolalar tasavvurlar qilib, o’z
qahramonlari uchun matn yaratadilar. Mehnat ta‘limi, o’qish, atrof olam bilan
tanishish kabi fanlar bilan bog’lanish tabiatga va ishlab chiqarishga kompleks
ekskursiyalar o’tkazishda amalga oshirilishi mumkin.
“Atrofimizdagi olam” darsligi bilan ishlash. Atrof olam bilan tanishtirish
bo’yicha birinchi darsda bolalarni darslik bilan: muallifi, titul varag’ining
mazmuni, bezatilishi bilan tanishtirish kerak, kitob bilan tanishtirish mundarijasi
bo’yicha bo’ladi. Bolalarni darslik bilan ishlashga o’rgata borib, o’qituvchi ularga
ishdagi izchillikni tushuntirishi kerak: avval rasmlar qarab chiqiladi, so’nggra
maqollar o’qiladi, shundan keyin savollarga javoblar olinadi.
Darslikdagi hamma maqollarni ham o’qib aytibberish mo’ljallanmagan,
ularning ba‘zilarini bolalar faqat o’qib chiqishlari va savollarga javob berishlari
kerak xolos, ba‘zilari bo’yicha ishning qisman ikkala turi amalga oshiriladi. Olib
boriladigan ishlar hikoyaning mazmuniga, hikoya tilining qiyinligi yoki
tushunarligiga bog’liq.
Darslik mazmuniga she‘rlar, maqollar, matallar, topishmoqlar, hikoyalar,
ertaklar kiritilgan. “Bizning maktab”, “Bizning mahalla”, “Bizning bog’”, “Biz va
tabiat” mavzulari bo’yicha tekstlar qisqacha ishchanlik ruhidagi maqolalar tarzida
berilgan.
Darslikdagi she‘rlarni, albatta yod olish shart emas. Asosiy maqsad - mavzu
mazmunining mohiyatini tushunishdir.
Mavzu bo’yicha yangi atamalar va xulosalar darslikda yo’g’on harf bilan
ajratilgan, bu esda yaxshi qoldirishga yordam beradi. Xalq ertaklarining har xil
vaziyatlarda tasvirlangan qahramonlari ko’pgina mavzularda bordir. Ular go’yo
bolalar bilan birga atrof olamni bilib olishga o’rganadilar. Bunday uslub
o’qituvchiga o’yin vaziyatini o’rgatishga va yaratishga, bolalarda tabiatga va o’quv
faniga qiziqishni oshirishga yordam beradi. Rasmlar bolalarda kuzatuvchanlikni
rivojlantiradi, shunga ko’ra ulardan ko’rilayotgan rasmda ilgarigiga qaraganda
nimalar yangi vujudga kelganini so’rash zarur. Darslik rasmlar bilan bezatilgan,
ularga savol va topshiriqlar berilgan. Ularning ba‘zilari o’qituvchiga bolalar
e‘tiborini tabiat jismlari va hodisalarining har xil xususiyatlari, belgilarini
aniqlashga, bu bilan dars mavzusi bo’yicha faktik materialni umumlashtirishga
qaratishga yordam beradi. Savol hamda topshiriqlarning guruhi ikki yoki bir nechta
rasmlarni o’zaro taqqoslashni talab qiladi yoki tabiat va odamlar mehnatidagi
ba‘zi sabab bog’lanishlarni ochishni taklif qiladi. Darslikning savol va
topshiriqlari o’qituvchiga bolalar e‘tiborini maqola mazmuniga qaratishga, undagi
asosiylarni
aniqlashga
yordam
beradi.
Savollar
yordamida
bolalar
o’rganiladiganlarni chuqur va ravshanroq tasavvur qiladilar.
Darslik materialida har bir mavzu bo’yicha o’rganilganlarning asosiy
mazmunini aks ettiruvchi va tushunchalar mohiyatini ochib beruvchi qisqacha
xulosalar ham bor. Tabiatshunoslik mazmunidagi matnlardan keyin tabiatdagi
kuzatishlar uchun topshiriqlar, amaliy ishlarning rejalari berilgan. Darslikda
ekskursiya hamda fan bo’yicha darslar o’tkazish uchun savol va topshiriqlar
ko’rinishidagi material bor.
Darslik yil fasllarining O’zbekiston uchun xos belgilarni ta‘riflaydi,
bolalarning tabiatdagi kuzatishlarini osonlashtiradi, jonsiz va jonli tabiat o’zaro
bog’lanishlarini ta‘kidlaydi.
Darslikning asosiy g’oyasi - insonning tabiat bilan o’zaro aloqasi, inson
mehnatining tabiatdagi ahamiyati, unda yurish-turishning qoidalaridir. Ijtimoiy
hayotning hodisalariga bag’ishlangan maqolalari bolalar e‘tiborini inson, jamiyat
va tabiatning birligiga qaratadi.
3 sinfda tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi. Tabiatshunoslikni alohida fan
sifatida o’qitish 3-sinfdan boshlanadi. O’quv materiali “ Tabiatda suv va havo”,
“Foydali qazilmalar”, “Tuproq”, “O’simliklar dunyosi”, “Hayvonot dunyosi”,
“Tabiat va inson salomatligi”, “Tabiat va inson” mavzulariga birlashtirilgan.
Tabiatshunoslik bo’yicha dastur kichik yoshdagi maktab o’quvchilariga faqat
jonajon tabiat go’zalligi va boyliginigina emas, balki boshqa mamlakatlar xalqlari
bilan qardoshlarcha hamkorlikda o’z mamlakatining ahamiyatini ko’rsatishga ham
imkon beradi.
O’z Vatanining tabiati va odamlari mehnati to’g’risidagi bilimlarning keng
doirasi o’qituvchiga umumiy ta‘lim va hunar maktablarini isloh qilishning asosiy
yo’nalishlari qo’ygan eng muhim ta‘lim tarbiya vazifalarini amalga oshirishga
imkon beradi.
3-sinfda o’quvchilar ob-havoni muntazam kuzatishni davom ettiradilar:
bulutlanishni, shamol kuchini (kuchli, bo’sh, mo’tadil) belgilaydilar. Fenologik
kuzatishlar o’tkazishni davom ettiradilar: kunning uzunligini (kalendar bo’yicha),
barglarning sarg’ayishini xazonrezgilikni, yil fasllari bo’yicha o’simlik va
hayvonlar holatini belgilaydilar. Barcha kuzatishlar “Kuzatishlar kundaligi” va
umumsinf tabiat va mehnat kalendariga yozib boriladi.
Har oyning oxirida kuzatishlar umumlashtiriladi va yig’ma jadvalga
kiritiladi. Unda shu oyning fenologik xususiyatlari belgilanadi. Kundaliklarga
o’simlik va hayvonlar ustida olib borilgan umumlashgan kuzatishlar yoziladi.
O’quvchilar jonsiz tabiatdagi o’zgarishlarning o’simlik va hayvonlar hayotidagi
o’zgarishlar bilan qanday bog’liq ekanligi haqida xulosa chiqaradilar.
3-sinfda umumsinf tabiat va mehnat kalendarini yuritish davom etadi, bu
ikki yil davomida kuzatilgan hodisalarni taqqoslash imkoniyatini beradi. Har kuni
ob-havo, o’simlik va hayvonlar holatini belgilab, o’quvchilar joriy kuzatishlarini
o’tgan yili shu kun o’tkazgan kuzatishlari bilan solishtiradilar. Bunday ish
kuzatishlarga qiziqishni, ularning sifatini oshiradi, tabiatshunoslik tushunchalarini
chuqurroq o’zlashtirishga yordam beradi. “Madaniy o’simliklar ”, “Uy hayvonlari”
mavzularini o’rganishda bolalar kuzatish, tajriba, ekskursiya, amaliy ishlar
o’tkazish yo’li bilan o’simlik va hayvonot dunyosining mahalliy vakillari bilan, o’z
joyi yuzasining shakllari bilan, suv havzalari va suvning xususiyatlari bilan, tuproq
hamda foydali qazilmalar bilan tanishadilar.
Bolalar uchun “Bizning o’lka” tushunchasi hammadan avval ularning uylari
va maktabi joylashgan joydir, chunki ular ayniqsa atrof joyda bevosita kuzatishlari
mumkin bo’lgan tuproq, o’simliklar, hayvonlar, yer yuzasining shakllari, suv
havzalari, foydali qazilmalar bilan tanishadilar.
“Madaniy o’simliklar ”, “Uy hayvonlari” mavzularini o’tishda o’qituvchi
o’quvchilarning tabiat ob‘ektlarini kuzatishlariga, ularni kuzatishlar kundaligida va
sinf
tabiat
va
mehnat
kalendarida
qayd
qilishlariga,
kuzatishlarni
umumlashtirishlariga va shuningdek, darslik sahifalaridagi topshiriqlarni
bajarishlariga alohida e‘tibor qaratish lozim.
Bolalar ekskursiyada tuproq bilan tanishadilar, tuproq kesmalarini qarab
chiqadilar. O’qituvchi ular e‘tiborini yer ostida joylashgan tuproq qatlamlari va
tog’ jinslarining yotishiga qaratadi. Amaliy ish va tajribalar jarayonida o’quvchilar
tuproq tarkibi to’g’risida bilib oladilar, o’z o’lkalari tuproqlarining xilma-xilligi
to’g’risida tasavvur hosil qiladilar. Bu bo’lim birinchi bo’lib o’rganiladi, chunki u
o’quvchilarni qishloq xo’jaligi mehnati bo’yicha mashg’ulotlarga (tuproqni kuzda
ishlashga, ko’chat qalinligining ildizmevalar hosiliga va manzarali o’simliklarning
gullash vaqtiga, o’g’itlashning ildizmevalarning hosiliga, gul manzarali
o’simliklarning o’sishiga ta‘sirini o’rganish bilan bog’liq bo’lgan tajribalar
qo’yishga nazariy jihatdan tayyorlaydi. Tuproq tarkibi to’g’risida tasavvurga ega
bo’lmay turib, o’quvchilar madaniy o’simliklarning o’sish va rivojlanishi
to’g’risida to’la qimmatli bilimlar ololmaydilar.
Mahalliy o’simlik va hayvonlarning bir necha turlari bilan o’quvchilar tabiat
va qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga, shuningdek, o’quv tajriba maydonchasida
o’tkazilgan ekskursiyalarda tanishadilar. E‘tibor jonli tabiat burchagi hamda
tabiatning o’zida o’simlik va hayvonlarning o’sishi va rivojlanishini kuzatishga
qaratilishi kerak.
“Tabiat va inson” mavzusi bolalarga o’z joylarining yuzasi to’g’risida aniq
va tasviriy tushunchalar berish maqsadiga ega. Bolalar O’zbekistonning eng
muhim daryolari, ularning hosil bo’lishi, quyilishi, boshlanishi, o’zani to’g’risida
dastlabki bilimlar oladilar. Tabiatdagi suv bilan ular mahalliy suv havzalariga
ekskursiyaga borganlarida tanishadilar.
“Foydali qazilmalar” mavzusida quruqlik har xil tog’ jinslaridan: granit,
qum, loy, kaltsit va boshqalardan iborat ekanligi to’g’risida dastlabki tasavvur
beradi. Bu mavzuchada foydali qazilmalarning xususiyatlarini o’rganish markaziy
o’rinni egallaydi. Ularni o’rganish o’quv fani darslarda kuzatishlar o’tkazish yo’li
bilan olib boriladi. Ekskursiyalar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega, ularda bolalar
foydali qazilmalarni qazib olish bilan, ishchilar mehnatini mexanizatsiyalash bilan
tanishishlari, o’lkani qanday foydali qazilmalarga boy ekanligini bilib olishlari
mumkin.
“Tabiat va inson salomatligi” mavzusini o’rganish bolalar 1-2 sinflarda
egallagan sanitariya-gigiyena bilimlari va ko’nikmalari asosida quriladi.
Bolalarning xilma-xil hissiyot va qabul qilishlaridan to’laroq foydalanish uchun
ko’rgazmali qurollarni namoyish qilish bilan birga ularni gigiyena qoidalarini
amaliy jihatdan bajarishga o’rgatish zarur.
Gigiyena bilimlarining muvaffaqiyatli egallab olinishi o’qitishning barcha
xilma-xil metodlari hamda uslublarini qo’llanish bilan ta‘minlanadi. Shu maqsadda
“Odam organizmi va uning salomatligini muhofaza qilish” mavzusini o’rganishda
o’z-o’zini kuzatishdan keng foydalaniladi, uning yordamida faqat organizmda
borayotgan jarayonlarni aniqlabgina qolmasdan, balki o’zining salomatlik holatini
belgilash ham mumkin. Masalan, yurak qisqarishining tezligiga qarab, yurak va
o’pka ishining normadan chekinishi to’g’risida fikr yuritiladi.
Imkoniyat boricha gigiyena qoidalarini muntazam bajarishga intilishni
uyg’otuvchi xilma xil hissiy ta‘sir ko’rsatish vositalaridan foydalanmoq darkor.
Bunday vositalarga qo’l, yuz va bo’yin terisini toza yuvishdan, kiyimlarining
bashangligidan, tishlarining sog’lomligidan, xonaning tozaligidan, harakatning
chaqqonligidan vujudga kelgan yoqimli taassurotlarni kiritish mumkin. Ayrim
hollarda aksincha, salbiy emotsiyalarni: iflosga, pashshalarga va hokazolarga
nafratni vujudga keltirish kerak. O’quvchilarni sanitariya tarbiyasida “Salomatlik
burchagi”ni tashkil qilish katta ahamiyatga ega, uni o’qituvchi o’quvchilar bilan
birga olib boradi. “Burchak”da bolalarga sanitariya va gigiyena qoidalarini eslatib
turuvchi plakatlar, ishoralar osib qo’yiladi.
“Odam organizmi va uning salomatligini muhofaza qilish” mavzusini
o’rganishga bag’ishlangan darslarda bir necha minutni sanitar o’quvchilarning
shaxsiy gigiyena qoidalarining bajarilishi to’g’risidagi qismlarga ajratish ma‘qul
bo’ladi. Bu bolalarni intizomli qiladi va ularda mas‘uliyat his qilishni tarbiyalaydi.
Gigiyena bilimlari hamda ko’nikmalarini egallab olishga bolalarni odam tanasining
tuzilishi va a‘zolarining vazifalari to’g’risidagi oddiy ma‘lumotlar bilan
tanishtirishga yordam beradi. Bolalar odam organizmining bir butun ekanligini
tushunib olishlari kerak. Uchinchi sinf o’quvchilari uchun muskullar bilan qon
aylanishning, muskullar bilan ovqatlanishning o’rtasidagi o’zaro bog’lanishlar
to’la tushunarlidir. “Nerv sistemasi” va “Sezgi organlari” mavzularini o’rgana
borib, o’quvchilar ishlayotgan organlar o’rtasidagi, shuningdek, organizm bilan
atrof muhit o’rtasidagi aloqalarning qanday amalga oshishi to’g’risida ma‘lumotlar
oladilar.
Gigiyena bilimlari va ko’nikmalarini o’qitishni faqat o’qish vaqti bilan
cheklanmaslik kerak. Salomatlikni muhofaza qilishga, kun rejimini, shaxsiy
ijtimoiy gigiyena qoidalarini bajarishga, o’quvchilar turmushiga jismoniy mashqlar
hamda sport o’yinlarini tatbiq qilishga bag’ishlangan o’qishdan tashqari
vaqtlardagi suratlar, kinofilmlar namoyish qilish, shu mavzular bilan bog’liq
ertaliklar o’tkazish darslarda olingan gigiyena bilimlari hamda ko’nikmalarini
chuqurlashtiradi va mustahkamlaydi.
4-sinfda tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi. Tabiatshunoslikni alohida
o’quv fani sifatida o’qitish 4-sinfda ham davom etadi. O’quv materiali “Yer –
Quyosh sistemasidagi sayyora”, “Yer yuzi tabiatining xilma-xilligi”, “Vatanimiz
bo’ylab sayohat” mavzulariga birlashtirilgan.
“Yer – Quyosh sistemasidagi sayyora” mavzusini o’rganishning boshlanishida
bolalar yozgi topshiriqlarga yakun yasaydilar, jonajon o’lka tabiati to’g’risidagi
materialni takrorlaydilar, keyin “Yulduzlar”, “Quyosh” mavzulari bilan
tanishadilar. Amaliy ish va mashg’ulotlar jarayonida o’quvchilar ayrim narsalarni,
sinfni, maktab maydonchasini rejada qanday tasvirlash kerakligi bilan tanishadilar.
“Quyosh” mahalliy belgilar, kompos bo’yicha orientirlashga o’rganadilar.
Bu mavzucha o’quvchilarni geografiya xaritasini tushunishga olib kelish uchun
zarur asos bo’lib xizmat qiladi. O’z joyini o’rganishga asoslanib, o’qituvchi
o’quvchilarda O’zbekistonning tabiiy xaritasi to’g’risida, boshlang’ich tasavvurlar
hosil qiladi. Xarita bilan ishlash butun o’quv yili davomida davom etadi.
Xaritalarda foydalanilgan shartli belgilar bilan o’quvchilarni tanishtira borib,
ularni o’z o’lkasi tabiatining tegishli rasmlari bilan taqoslash kerak. Shunga intilish
kerakki, xarita ham bolalar uchun kitob kabi bilim manbai bo’lib qolsin.
“Yer yuzi tabiatining xilma-xilligi” kichik mavzusi bolalarni mamlakatimiz
tabiatning xilma-xilligi to’g’risidagi asosiy ma‘lumotlar bilan tanishtiradi. “Yer
yuzi tabiatining xilma-xilligi” mavzusini muvaffaqiyatli ravishda o’rganish uchun
HMD (
tabiiy va tabiiy zonalar) xaritalaridan, gerbariy, devoriy surat, kinofilm,
rasm, jurnal va gazetalardagi fotosuratlardan, radio va teleko’rsatuvlardan, berilgan
Gidrometmarkaz xabarlaridan keng foydalanish zarur. O’quvchilarni daftarda
yozilgan har bir zonaning tabiiy sharoitlari xarakteristikasi: 1-xaritadagi holati; 2-
yuzasi; 3-daryo va ko’llari; 4-yil fasllari; 5-o’simliklari; 6-hayvonot dunyosi; 7-
shahar va qishloqdagi odamlar mehnati kabilarni o’z ichiga olgan rejadan
foydalanishga o’rgatish kerak. Ular xaritadan har bir zonani, u HMDlarning qaysi
qismida joylashganligini ko’rsatib bera olishlari kerak.
Tabiiy zonalar relefi umumiy doirada, masalan, “asosan tekisliklar va tog’lar
va hokazolar bor” tarzida ta‘riflanadi. Yil fasllarini xarakterlash qish va yozning
xarakterli harorati va yog’inning ko’pozligini tasvirlash bilan birga olib boriladi.
Bunda yil fasllarining xususiyatlarini shu hududda Quyoshning yoz va qish
vaqtlarida yoritish xarakteri bilan bog’lash lozim. Masalan, “Cho’lda Quyosh
yozda ufqdan yuqoriga ko’tariladi va deyarli tik tushuvchi nurlari Yer yuzasini
kuchli qizdiradi yoki “Tundrada, hatto yozda ham Quyosh ufq ustida pastda turadi
va uning nurlari yer yuzasi bo’ylab qiya holda o’tadi, uni kuchsiz ravishda
qizdiradi”. O’quvchilar yil fasllari, o’simliklari, hayvonot dunyosi, qishloq
xo’jaligidagi odamlar mehnati to’g’risida hikoya qilayotganlarida bunday
talqinlarga asoslanishlari kerak. Mantiqiy mulohazaning bunday izchilligi faqat
ushbu mavzuninggina emas, balki ilgarigi mavzuning ham - Yerning sharga
o’xshashligi va uning holatini Quyosh atrofida yillik harakati vaqtida o’zgarishi
to’g’risidagi materialni ongli o’zlashtirib olinishiga yordam beradi.
Bilimlarni mustahkamlash va mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun xarita
bo’ylab xayolan sayohat o’tkazish foydalidir, bu sayohat vaqtida bolalar yo’lga
nimalar kiyib olishlarini, yo’lda nimalarni ko’rishlarini, qanday o’simlik va
hayvonlar uchrashini aytishlari kerak bo’ladi. U yoki bu zonaning tabiiy
sharoitlarini ta‘riflashda bolalar o’simliklar dunyosini ta‘riflashga ko’proq e‘tibor
berishlari kerak. Bunda o’simliklarga umumiy xarakteristika berish,
o’simliklarning tipik turlarini ta‘riflash va ularning gerbariy namunalarini
ko’rsatish kerak. Shunga ko’ra o’simliklarni o’rganishga bag’ishlangan daslarni
predmetli dars sifatida tuzish maqsadga muvofiqdir, bunda tarqatma materiali qilib
gerbariylardan, landshaft to’g’risida tasavvur shakllantirish uchun esa suratlardan
foydalaniladi.
Hayvonot dunyosining ta‘rifi bolalarga tanish bo’lgan yovvoyi hamda uy
hayvonlarining guruhlari bo’yicha sistematik tasvirlardan iborat bo’lishi kerak.
Bunda hayvonning tashqi ko’rinishi, nima bilan oziqlanishi, ovqatni qanday
topishi, ba‘zi xulq-atvori, odam uchun foydalimi yoki zararlimi ekanligi
ko’rsatiladi. O’lkamiz biror qismining tabiiy xususiyatlarini o’rgana turib,
o’quvchilar uning uchun xarakterli bo’lgan qishloq xo’jaligi va sanoat ishlab
chiqarishining turlari to’g’risida tasavvur olishlari kerak.
HMD dasturlaridan farq qilib, tabiatshunoslik bo’yicha O’zbekiston
maktablari uchun tuzilgan dastur tabiiy zonalarni o’rganishni shimoldan janubga
qarab emas, balki janubdan shimolga tomon olib borishni tavsiya qiladi. Bu
o’qitishning muhim tamoyili – “Yaqindan uzoqqa boorish” tamoyili bilan taqozo
qilinadi. O’z o’lkasini o’rgana turib, bolalar cho’l zonasida yashayotganliklarini
bilib oladilar. Cho’l va vohalardagi tabiat va odamlar mehnati - bu o’quvchilar har
kuni duch keladigan o’ramdir. Shunga ko’ra tabiiyki, avval o’zining tabiiy, ya‘ni
eng janubiy zona to’g’risidagi bilimlarni umumlashtiriladi, keyin esa bolalarni o’z
atrofidan chetdagi boshqa tabiiy zonalarga olib boriladi. Daftarlarda har bir tabiiy
zonani xarakterlovchi yozuvlar qilish, bezak tanlash yoki rasm chizish, o’simlik va
hayvonlarning nomlarini yozish va shu kabilarni qilish kerak bo’ladi.
“Vatanimiz bo’ylab sayohat” mavzusini o’rgana turib, o’qituvchi tabiat
muhofazasi bo’yicha qonuniy hujjatlar, ularni har biri fuqaro tomonidan bajarilishi
zarurligi to’g’risida gapirib berishi kerak. Mavzuda alohida e‘tibor inson
tomonidan tabiat boyliklaridan oqilona foydalanishiga qaratiladi. Tabiat
muhofazasiga oid masalalar tabiatshunoslikning deyarli barcha bo’limlariga
daxllidir. Mavzuning asosiy masalasi - tabiat muhofazasi to’g’risidagi ilgarigi
darslarda bayon qilingan ayrim ma‘lumotlarni bildirish, tabiat muhofazasi bo’yicha
qanday tadbirlar o’tkazilayotganligini ko’rsatishdir.
Tabiat muhofazasining ma‘nosi va ahamiyatini o’quvchilarga ocha borib,
o’qituvchi bu mavzuning katta tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligini e‘tiborda
tutishi kerak. Tabiat faqat jamiyatning moddiy hayoti uchun boylik olish
manbaigina bo’lib qolmasdan, balki xalq ma‘naviy boyligining asosi hamdir.
O’qituvchi tabiat muhofazasi va tabiiy boyliklardan ehtiyotkorlik bilan
foydalanish to’g’risida qanday g’amxo’rlik qilayotganligini gapirib berishi,
o’quvchilarni O’zbekiston Konstitutsiyasida aks ettirilgan tabiat muhofazasi
to’g’risidagi qonunlar bilan, O’zbekiston tabiatni muhofaza qilish jamiyatining
Ustavi bilan tanishtirib borishi kerak. Bu kichik yoshdagi maktab o’quvchilarining
ma‘naviy tarbiyasi sistemasida katta ahamiyatga ega. Tabiat muhofazasi to’g’risida
g’amxo’rlik bolalarda kompleks tarbiyaning muhim qismi sifatida, vatanparvarlik
hissini shakllantirishda, inson va tabiat o’rtasida oqilona o’zaro munosabat
o’rnatishda g’oyat katta ahamiyat kasb etadi.
Tabiat muhofazasi bo’yicha amaliy faoliyat bolalarda tabiat boyliklarini
himoya qilish hamda ko’paytirishga intilishni rivojlantiradi. Shunga ko’ra ularni
qushlar uchun oziqa tayyorlashda qatnashishga, kech kuz, qish va erta bahorda
qushlarni boqishga, gul manzarali o’simliklar urug’larini yig’ishga, ularni aholi
o’rtasida tarqatishga, ko’kalamzorlarni parvarish qilishga, tuproqni yemirilishdan
saqlovchi o’simliklarni o’stirishga jalb qilish kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Nuriddinova M.I.Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi.O’quv qo’llanma.T.,
2005.
2. Bahramov A.,“Tabiatshunoslik.”Darsligi3-sinf.T:.“Cho’lpon” nashriyoti. 2014.
3. Bahramov A., “Tabiatshunoslik.” Darsligi 4-sinf. T:. “Sharq” nashriyoti 2014.
4. Grigoryans A.G. Tabiatshunoslikni o’qitish. T. 1992.
5. PakulovaV.M.,Kuznetsova M.I.Metodika prepodavaniya prirodovedeniya.M.,
1990.
6. Nishonboeva M.G. Biologiya darslarida ekologik tarbiya. O’qituvchilar uchun
qo’llanma. T., 1992.
Dostları ilə paylaş: |