1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI
TABIIY VA IQTISODIY FANLAR BLOK MODULI
BO‘YICHA UMUMIY O‘RTA TA’LIMNING
O‘QUV DASTURI
(VIII SINF)
FIZIKA
Toshkent-2018
2
TUSHUNTIRISH XATI
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fanlarni o‘qitish jarayonida fan-texnika
taraqqiyoti, muhandislik, matematika va kundalik hayot bilan bog‘lab o‘rganish
(STEAM yondashuvi) ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning dolzarb
masalasidir.
Fizika ta’limining ahamiyati uning fan-texnika va texnologiya taraqqiyotida,
ishlab chiqarish sohalari va kundalik hayotda tutgan o‘rni bilan belgilanadi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizika fanini o‘qitish o‘quvchilarning hayotiy
tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtirish orqali fizik bilimlarni
amalda qo‘llay olish salohiyatini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
Fizika fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:
Fizika fanini o‘qitishning asosiy maqsadi o‘quvchilarning mantiqiy fikrlay
olish qobiliyati, aqliy rivojlanishi, o‘z-o‘zini anglash salohiyatini tarkib toptirish,
ularda milliy, umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish hamda zarur bo‘lgan bilim
ko‘nikma, malakalarni egallashi, ulardan kundalik hayotlarida foydalanishga
o‘rgatish;
o‘quvchilarning olamning fizik manzarasiga oid dunyo qarashini kengaytirish
bilan amaliy faoliyatlarini bog‘lagan holda fizik bilimlarni hayotga tadbiq eta olish
salohiyatini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |