Fizika darslarini tashkil etishning dolzarb masalalari



Yüklə 84,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix07.01.2024
ölçüsü84,61 Kb.
#211598
  1   2   3   4   5   6
“Innovatsion pedogogik



 
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI 
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT 
INSTITUTI 
 
 
 
 
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi 
 
Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari 
moduli bo‘yicha 
 
 
“FIZIKA DARSLARINI TASHKIL ETISHNING DOLZARB 
MASALALARI” o‘quv kursining 
“Innovatsion pedogogik texnologiyalarni fizika darslarida qo‘llash” 
mavzusida ma’ruza matni 
 
 
 
 
 
Ma’ruzasi: Shukurova Zarifa Xaitmuratovna 
 
 
 
 
Toshkent
 


2-Mavzu: Innovatsion pedogogik texnologiyalarni fizika darslarida 
qo‘llash. 
Reja: 
1. An’anaviy va noan’anaviy dars o‘tish modullari haqida 
2. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida darslarni tashkil etish
3. Fizika fanini o‘qitishda foydalanish mumkin bo‘lgan ayrim 
pedagogik texnologiya usullaridan namunalar. 
Fizika fanini ko‘pchilik qiyin fanlar sarasiga kiritishadi. “Qiyin fan yo‘q, 
faqat qiyin bayon qilish bor” degan edi A. I. Gersen. Hozirgi kunda ilg‘or 
pedagogik texnologiyalardan keng foydalanilmoqda. Fizika darslarida ham 
interfaol metodlardan foydalanish samaradorlikni va o‘quvchilarning fanga bo‘lgan 
qiziqishini oshiradi. Interfaol – inglizcha “inter” so‘zidan olingan bo‘lib, “orasida”, 
“o‘rtasida” degan ma’noni anglatadi, ya’ni ikki o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi 
faollik degan ma’noni bildiradi. Interfaol metod – ta’lim jarayonida o‘quvchilar 
hamda o‘qituvchi o‘rtasidagi faollikni oshirish orqali o‘quvchilarning bilimlarni 
o‘zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishdir. 
An’anaviy ta’limdan farqli zamonaviy, noan’anaviy ta’limni tashkil
etishdan maqsad ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt
ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt ichida muayyan nazariy
bilimlarni o‘quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan
ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek o‘quvchilar faoliyati, bilimini 
nazorat qilish, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash fizika fani
o‘qituvchisidan katta pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga yangicha 
yondashishni talab etadi.
An’anaviy dars – muayyan muddatga mo‘ljallangan, ta’lim jarayoni ko‘proq 
o‘qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va 
yakunlash bosqichlaridan iborat ta’lim modelidir. O‘quv materiali yangi va ancha 
murakkab bo‘lganda, an’anaviy dars – ko‘p hollarda ta’lim jarayonining birdan –
bir metodi bo‘lib qolmoqda. 
Ma’lumki, an’anaviy darsda ta’lim jarayonining markazida o‘qituvchi turadi. 
Shu bois, ba’zida an’anaviy darsni markazida o‘qituvchi turgan o‘qitish usuli deb 
ham atashadi. 
An’anaviy dars o‘tish modelida ko‘proq ma’ruza, savol – javob, amaliy 
mashq kabi metodlardan foydalaniladi. Shu sabab, bu hollarda an’anaviy dars 
samaradorligi ancha past bo‘lib, o‘quvchilar ta’lim jarayonining passiv 
ishtirokchilariga aylanib qoladilar. 
O‘qitishning noan’anaviy modellarini shartli ravishda 3 ga ajratish mumkin. 
Bu modellar asosan o‘quvchi shaxsiga qaratilgan bo‘lib, ularni boshqacha 
qilib markazda o‘ quvchi turgan ta’lim modellari deb ham atashadi. 


Modellashtirish — real hayotda va jamiyatda yuz berayotgan hodisa va 
jarayonlarni ixchamlashtirilgan va soddalashtirilgan ko‘rinishini (modelini) 
sinfxonada yaratish va ularda o‘quvchilarni shaxsan qatnashishi va faoliyati 
evaziga ta’lim olishini ko‘zda tutuvchi metod. 
Hamkorlikda o‘rganish modeli – o‘quvchilarning mustaqil guruhlarda 
ishlashi evaziga ta’lim olishini ko‘zda tutadigan metod. 
O‘rganishning tadqiqot modeli – o‘quvchilarni muayyan muammoni 
yechishga yo‘naltirilgan, mustaqil tadqiqot olib borishini ko‘zda tutuvchi metod. 
Ta’limda interfaol metod – bu o‘quvchi bilan o‘qituvchi o‘rtasida ta’limni 
o‘zlashtirish munosabatlarini kuchaytirish, faollashtirish demakdir. Mazkur 
metodlar hamkorlikda ishlash vositasida dars samaradorligini oshirishga yordam 
beradi. Ular o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi. Interfaol degani bu –
berilgan mavzuni o‘qituvchi va o‘quvchilar orasida o‘zaro hamkorlik asosida dars 
samaradorligini oshirish, mustaqil fikr berish ko‘nikmasini shakllantirish, fikr-
mulohaza, bahs orqali o‘rganish demakdir. Har bir o‘quvchi qo‘yilgan maqsadga 
mustaqil o‘zi faol ishtirok etgan holda yakka, juftlikda, guruhlarda javob topishga 
harakat qiladi, fikrlaydi, yozadi, so‘zga chiqadi, dalil va asoslar orqali masalani 
yoritib berishga harakat qiladi. Bu esa qatnashchilarning xotirasida uzoq saqlanadi. 
Yangi axborotni o‘zlashtirishda tanqidiy, tahliliy yondasha oladi. O‘qituvchi 
faqat fasilitator (yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi, tashkil qiluvchi, kuzatuvchi) vazifasini 
bajaradi.
Ta’lim sohasida darslarni samarali tashkil etish uchun o‘qitishning 
noan’anaviy metodlaridan, ya’ni innovatsion pedagogik texnologiyaning turli 
usullaridan dars mavzusiga mos holda foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu 
albatda o‘qituvchidan mashaqqatli mehnatni va doimiy ravishda o‘z ustida ish olib 
borib, bilim darajasini boyitishdek yuksak mas’uliyat talab qiladi. 
Yuqori keltirilgan sifatlarga erishishni o‘z oldiga maqsad qilgan o‘qituvchi, 
avvalo, har bir darsiga ijodiy yondashishi, dars jarayonida ko‘zda tutilgan barcha 
bosqichlarni erkin amalga oshira oladigan kasbiy mahoratga ega bo‘lishi kerak. 
Kasbiy mahorat esa o‘qituvchi shaxsidagi tabiiy imkoniyatlar, pedagogik-
psixologik iqtidor, o‘z ishiga mas’uliyat bilan qarash, o‘quvchidagi o‘zgarishlarni 
o‘z vaqtida sezish, bola shaxsi, o‘quvchilar jamoasiga to‘g‘ri ta’sir eta olishning 
amaliy namoyon bo‘lishidir. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida 
darslarni tashkil etish davr talabi hisoblanadi. 
U yoki bu usulni tanlashda o‘quvchilarni har tomonlama mustaqil fikrlashi
ijodiy faol ishtirokchiga aylanishi hamda turli xil metodlarni qo‘llagan holda 
masalan, 
bahs-munozara 
darslar, 
ijodiy 
izlanishga, 
mustaqil 
ishlashga 
yo‘naltirilishi lozim. Bu bilan o‘quvchilar qo‘yilgan masalaga bir tomonlama 
yondoshmasdan o‘z qarashlarini va fikrlarini erkin bayon etish imkoniyatiga ega 


bo‘ladilar. Bir xil shaklda tashkil etilgan darslar, bir xil usulda muammolarni hal 
etish bilim oluvchilarni zeriktiradi. Natijada ayrim o‘quvchilar passiv eshituvchiga 
aylanadi hamda darsning maqsadi amalga oshmasligiga olib keladi. Shuning uchun 
darsda innovatsion pedagogik va axborot komunikatsiya texnologiyalaridan unumli 
foydalangan holda bilim berishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Darslarda innovatsion pedagogik texnologiya metodlarini qo‘llash orqali 
dars davomida qo‘shimcha ma’lumot (tarqatma material, test, masala, 
topishmoqlar, savol-javoblar, turli krossvordlar, tajribalar va h.k.) lar asosiy 
mavzuni qamrab olishi kerak. O‘quvchilar darsning yakunida o‘tilgan mavzu 
yuzasidan darslik asosida tabiatda sodir bo‘ladigan hodisalarga bog‘liq holda ilmiy 
ma’lumotlar, fan-texnika taraqqiyoti sohasidagi o‘rni haqida yetarli bilimlar, 
shuningdek, o‘tmishda yashab o‘tgan qomusiy olimlarning mazkur soha 
rivojlanishiga qo‘shgan hissalari haqida ham ma’lumotga ega bo‘lishlari lozim. 
Buning uchun har bir darsda pedagogik texnologiyaning o‘tilayotgan mavzuga mos 
va qulay bo‘lgan metodlaridan foydalanish kerak. Bu faoliyatni amalga oshirishda 
esa o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat talab etiladi. Quyida fizika fanini 
o‘qitishda foydalanish mumkin bo‘lgan ayrim pedagogik texnologiyaning 
usullarini keltirib o‘tamiz. 
Darslarda o‘quvchilar jamoasini kichik guruhlarga bo‘lib ishlash ularning 
darsda faolligini ta’minlaydi, har biri uchun munozarada qatnashish huquqini
beradi, bir-biridan auditoriyada o‘rganishga imkoni tug‘iladi, boshqalar fikrini 
qadrlashga o‘rgatadi. Bunda guruhlar (har bir qator o‘quvchilarini bir guruh) ga 
nom berish maqsadida rasmli didaktik materialdan foydalanish mumkin. Masalan, 
quyida berilgan rasmlarni o‘quvchilarga galma-galdan ko‘rsatib, rasmda tasvirlar 
qaysi qonun va qaysi fizik olim nomi bilan bog‘liq ekanligini aniqlaydilar. 
O‘quvchilar bergan ma’lumotlar tinglab umumlashtirilgach guruhlarga “Galiley”, 
“Nyuton” va “Arximed” deb nomlanadi. 
Fizika fani doimo nazariyadan amaliyotga yo‘naltiriladi. Shu sababli darsda 
mavzuni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushuntirmasdan laboratoriya yoki elektron multemedia 
ko‘rinishida namoyon etib, so‘ng mazmuni va qaysi qonuniyatga asoslanganligi 
to‘g‘risidagi savolni o‘quvchilar e’tiboriga havola etish mumkin. Yoki laboratoriya 


stoli ustiga asboblarni tartibsiz qo‘yib, o‘quvchilarga ish uchun kerakli asboblarni 
o‘zlari tanlashlari topshiriladi. Bu usulni kichik guruhlarda interfaol metodlardan 
foydalanib qo‘llash mumkin.
Masalan, “Fikringni tajribada ko‘rsat” metodi orqali “Nyutonning birinchi 
qonuni. Inersiya qonuni” mavzusini o‘tganda (o‘tgan dars “Jismlarning o‘zaro 
ta’siri. Kuch” mavzusini takrorlash maqsadida) ish uchun kerakli asboblarni stol 
ustiga aralash holda qo‘yib, guruhlarga har bir tajriba alohida topshiriq qilib 
berilsa, har bir guruh o‘ziga berilgan topshiriq uchun kerakli asbobni tanlab oladi 
va ishni mustaqil bajaradilar hamda tajriba yuzasidan o‘z fikrlarini bayon qiladilar. 
Bundan 3500 yil oldin Konfutsiy “

Yüklə 84,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin