tormoz masofasi necha metrga cho‘zilishini bilish yaxshi bo‘lar edi.
Axir, u turli
xil mashinalar uchun turlicha. Haydovchining favqulodda vaziyatga bo‘lgan
munosabati va tormozlanish boshlanishidan (haydovchi pedalni bosgan) transport
vositasining to‘liq to‘xtashigacha bo‘lgan masofaning tormozlanish masofasi deb
ataladi.
3-matn
Ipga osib qo‘yilgan sharchaga Yer tortish kuchi F
1
ta’sir etib, pastga
tushirishga harakat qilsa, ip F
2
kuch bilan uni tepaga tortib, tushib ketishiga yo‘l
qo‘ymaydi. Natijada sharcha osilgan holda tinch turadi. Agar ip uzib yuborilsa,
jism pastga tushib ketadi. Bu yerda keltirilgan Ibn Sinoning ishkomning qulashi
haqidagi misolini eslash o‘rinli. Ya’ni ishkom unga ta’sir etuvchi ikkita kuching
tengligi sababli muvozanatda turgan edi. Yuqoriga ko‘tarib turuvchi ustun ta’siri
olib tashlanganida esa og‘irlik kuchi ta’sirida ishkom harakatga keldi va qulab
tushdi. Demak, ta’sir etuvchi kuchlar muvozanati, ya’ni ularning vektor yig‘indisi
nolga teng bo‘lgan holatda ham jism o‘zining tinch holatini yoki to‘g‘ri chiziqli
tekis harakatini saqlaydi.
Dostları ilə paylaş: