4.
Nima uchun ho‘l paypoq yoki qo‘lqopni yechish qiyinroq?
Javob:
Chunki ho‘l paypoq yoki qo‘lqop suvning sirt taranglik kuchi tufayli
oyoq yoki qo‘lga yopishib qoladi.
5.
O‘simliklarga qarab shimol va janubni qanday aniqlash mumkin?
Javob:
O‘simliklarning janub tomoni ancha rivojlangan bo‘ladi.
Xulosa o‘rnida.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashdan maqsad
o‘qituvchining haqiqiy o‘qituvchilik faoliyatiga o‘tishi, ya’ni u bolani o‘qitishi
emas, o‘quvchilarning bilimlarni o‘rganish, o‘zlashtirish bo‘yicha mehnatiga
rahbarlik qilish, ularga qulay, oson,
maqsadga tez yetkazadigan va samarali yo‘l-
yo‘riqlar, usullarni to‘g‘ri tanlab ko‘rsatish va amalda samarali qo‘llash orqali o‘z
pedagogik mahoratini hamda o‘quvchilarning bilimlari sifati va tarbiyalanganlik
darajasini muntazam oshirib borishga erishishdan iborat.
Nazorat savollari:
1. “Innovatsiya” deganda nimani tushunasiz?
2. Bo‘lajak dars jarayonini loyihalashtirishda o‘qituvchi Sizningcha qaysi
jihatlarga ko‘proq e’tibor qaratishi lozim?
3. O‘qitish texnologiyasi deganda nimani tushunasiz?
4. Ta’lim tizimida eng ko‘p qo‘ llaniladigan usullarni sanab bering.
Dostları ilə paylaş: