Iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 158,43 Kb.
səhifə1/12
tarix14.12.2023
ölçüsü158,43 Kb.
#177107
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Молия бозори курс иши УК (2)





O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI

IQTISODIYOT FAKULTETI”



«MOLIYA” KAFEDRASI

MOLIYA BOZORI VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR” FANIDAN


KURS ISHLARINI BAJARISH VA HIMOYA QILISH BOYICHA


USLUBIY KO’RSATMA

QARSHI-2022
Tuzuvchi: N.R.Murtazayev QarMII “Moliya” kafedrasi
katta o‘qituvchisi
Y.M.Hasanova QarMII “Moliya” kafedrasi
katta o‘qituvchisi
Taqrizchilar: G‘.F.Quchqorov- QDU “Iqtisodiyot”kafedrasi
mudiri, i.f.n, dotsent
A.B.Qurbonov-QMII “Innavatsion iqtisodiyot”
kafedrasi dotsenti

Ushbu uslubiy ko’rsatma Moliya bakalavriat ta’lim yo’nalishi talabalariga mo’ljallangan bo’lib “Moliya bozori va moliyaviy texnologiyalar” fanidan kurs ishlari bajarish va himoya qilish boyicha tayyorlangan. Mazkur uslubiy ko’rsatma fan boyicha ta’lim standartlari va namunaviy dasturda ko’zda tutilgan barcha mavzularni aks ettirgan.


Mazkur uslubiy ko’rsatma «Moliya” kafedrasining 2022 yil “___” __ dagi -sonli, “Iqtisodiyot” fakul’teti Uslubiy komissiyasining 2022 yil “___” ___dagi ___sonli va institut Uslubiy Kengashining 2022 yil ____ _________ dagi ______ conli yig‘ilishlarida muhokama qilingan va tasdiqlangan.
KIRISH
Bugungi kun iqtisodiyotida real sektor singari moliyaviy sektor ham alohida dolzarblik kasb etadi. Rivojlangan mamlakatlarning moliyaviy-iqtisodiy taraqqiyotida va bugungi darajaga erishishlarida moliya bozori shak -shubhasiz muhim ahamiyat kasb etgan. Bunda real sektorni moliyaviy ta’minlash, bo’sh pul mablag’larini ishlab chiqarishga yo’naltirish, yangi sohalarni o’zlashtirish, davlat byudjeti defitsitini noinflyatsion yo’llar bilan mablag’ jalb qilish orqali qoplash, aholi daromadlarini moliyaviy aktivlar orqali oshirish kabilar alohida ahamiyat kasb etadi.
“Moliya bozori va moliyaviy texnologiyalar” fani bakalavriatning 5230600-“Moliya” ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladigan fanlardan biri hisoblanadi. Ushbu uslubiy ko’rsatma da O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni, 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli Qarori hamda 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3151-son Qaroridan kelib chiqqan holda ta’lim va kadrlar tayyorlash sifatini tubdan oshirish, mustaqil fikrlaydigan, o’zining qat’iy hayotiy e’tiqod va qarashlariga ega bo’lgan yoshlarni tarbiyalashga hissa qo’shish maqsadida ushbu uslubiy ko’rsatma tuzildi.
Hozirgi zamon talablariga javob beradigan zamonaviy moliya va soliq tizimini rivojlantirish iqtisodiy islohotlarni liberallashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilish sharoitida ustuvor ahamiyat kasb etadi. Milliy daromadning taqsimlanishida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan fondlarni shakllantirish, undan foydalanish bilan bog’liq pul munosabatlarini, soliqlarning iqtisodiy mohiyati, zarurligi va davlat byudjeti daromadlaridagi ahamiyati, soliqlarning xo’jalik subyektlari faoliyatiga ta’sirini nazariy va amaliy jihatidan o’rganish bugungi kunda malakali kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur uslubiy ko’rsatma “Moliya bozori va moliyaviy texnologiyalar” faniga tegishli bo’lgan barcha mavzular boyicha talabalarga takomillashgan Davlat ta’lim standartlari asosida yetkazilishi shart bo’lgan minimum bilimlar va ko’nikmalar to’la qamrab olingan.
“Moliya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha “Moliya bozori va moliyaviy texnologiyalar” fanidan kurs ishi yozishdan asosiy maqsad quyidagilardan iborat:

  • talabalarni barcha xo‘jalik sub’ektlarining moliyaviy munosabatlarini o‘rganishi uchun huquqiy-meyoriy hujjatlar, ilmiy va o‘quv adabiyotlarini izlab topish va ularni o‘rganib chiqish hamda jamlab, xulosa qilish uchun mustaqil ta’lim olish faoliyatini faollashtiradi;

  • amaliy materiallarni iqtisodiy tahlil qilish va ilmiy xulosa berishni o‘rganishda malakasini oshiradi;

  • faktlar asosida to‘g‘ri xulosa chiqarishni o‘rganadi;

  • kerakli materiallarni rasmiylashtirish asosida yangiliklardan va adabiyotlardan to‘g‘ri foydalanishni o‘rganadi;

  • bitiruv malakaviy ishlarini yozishning birlamchi tayyorgarligidan o‘tadi.

Kurs ishini yozish va himoya qilish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:

  1. Mavzu tanlash.

  2. Foydalanish uchun zarur bo‘lgan adabiyotlarni izlab topish va ularning ro‘yxatini tuzish.

  3. Kerakli hujjatlar asosida ma’lumotlarni tayyorlash va yig‘ish.

  4. Kurs ishi rejasini tuzish.

  5. Rejaga mos bo‘lgan savollarni batafsil o‘rganish va yozish.

  6. Kurs ishida keltirilgan ma’lumotlarni keng va tushunarli tahlil qilish.

  7. O‘qituvchining takliflari va ko‘rsatilgan kamchiliklarni e’tiborga olish va to‘g‘rilash.

  8. Kurs ishini tahrir qilish.

  9. Kurs ishini to‘g‘ri rasmiylashtirish.



Yüklə 158,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin