Iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 158,43 Kb.
səhifə4/12
tarix14.12.2023
ölçüsü158,43 Kb.
#177107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Молия бозори курс иши УК (2)

Xulosa va takliflar
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Ushbu tuzilgan reja bo‘yicha kurs ishini yozish tartibi quyidagicha olib boriladi.
Kirish qism – bu kurs ishining boshlang‘ich qismi bo‘lib, ishning asosiy ma’nosini bayon qiladi. Unda kurs ishi mavzusining dolzarbligi asoslanadi, izlanishning maqsadi va vazifalari, izlanish ob’ekti, predmeti hamda mavzuning ahamiyati va mohiyati bo‘yicha to‘xtaladi. Shu bilan birga, kurs ishi yozish uchun asos bo‘lgan amaliy ma’lumotlar manbalari aks ettiriladi.
Mavzuning dolzarbligini yoritish, barcha ilmiy ishlarda majburiy hisoblanadi. Mavzuning dolzarbligi muallifning ilmiy salohiyati va professional tayyorgarligi, bu mavzuning ma’nosini tushunib yetishi va uni zamon talabiga mosligi hamda ijtimoiy muhimligini baholay olishda ko‘rinadi. Dolzarblikni yoritishda asossiz gaplar yozilmasligi, asosiy omillar to‘liq bir betda ko‘rsatilishi kerak bo‘ladi.
Mavzuning dolzarbligini asoslashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev asarlaridan, ma’ruzalaridan va yetuk iqtisodchi olimlar asarlaridan mavzuga tegishli bo‘lgan iqtiboslar keltirish mumkin.
Dolzarbligi ochib berilgandan so‘ng, tadqiqotning maqsadidan kelib chiqib, ushbu maqsadga erishish uchun aniq vazifalarni (3-5 ta vazifalarni) hal qilib olish lozim.
Bular, odatda, quyidacha ifodalanadi:

  • o‘rganish;

  • ochish;

  • tasvirlash;

  • belgilash;

  • aniqlash;

  • uslubiy ishlab chiqish;

  • tayyorlash.

Ko‘rsatilgan bu vazifalarni chuqurroq tahlil qilib yozish kerak.
Tadqiqotning ob’ekti va predmeti muhim elementi ekanligi kirish qismida ifodalaydi.
Yuqorida keltirilgan mavzudan kelib chiqib, tadqiqot ob’ektini aniqlaydigan bo‘lsak, tadqiqot ob’ektni “O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti” hisoblanadi. Predmeti esa, “Davlat moliyasini shakllanishi va ijrosidagi moliyaviy munosabatlar”dir.
Shuningdek, kirish qismida tadiqotning uslubiy ko‘rsatmasi muhim elementlardan biri bo‘lib, u amaliy materiallarni tahlil qilishda va ishning asosiy maqsadini ochib berishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, mahalliy va xorijiy olimlarning ushbu mavzu bo‘yicha olib borgan ishlarini ko‘rsatish kerak. Kirish qismini ko‘pi bilan 2-3 varaq hajmda yozish tavsiya etiladi.
Kirish qismidan so‘ng, asosiy qism keladi. U bir nechta savoldan iborat bo‘lib, bunda ushbu mavzuning asosiy mohiyati batafsil ochib beriladi.
Asosiy qismda ishning mohiyati, roli, davlat moliyasi ahamiyati, davlat moliyasining tarkibi va uning iqtisodiy mazmuni, O‘zbekiston Respublikasi davlat moliyasining boshqarish yo‘llari tahlil qilinadi. Bunda mavzu bo‘yicha mavjud muammolar aniqlanadi va ushbu muammolarni bartarf etish yo‘llari izlab topiladi.
Kurs ishining har bir bo‘limi mos ravishda asoslar, qarorlar va xulosalar bilan yoritiladi. Kurs ishida, ilgari bajarilgan mustaqil ishlarning natijalari yoki boshqa mualliflarning (ilmiy ma’ruzalar va maqolalari, hisobgrafika ishlari va loyihalari, albatta, nomlari ko‘rsatilgan holda) ishlari aks ettirilishi yoki ulardan foydalanish mumkin.

Yüklə 158,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin