Kurs ishi yozish tartibi Kurs ishining umumiy hajmi qo‘lyozmada 30-35 varaqdan kam bo‘lmasligi kerak. Ilovalar ko‘rsatilgan hajmga kirmaydi. Titul varag‘i belgilangan shakl bo‘yicha rasmiylashtiriladi (3-ilovaga qarang).
Ishda meyoriy hujjatlar va orfografik qoidalar bo‘yicha qabul qilingan shartli qisqartirishlar kiritishga ruxsat beriladi. Masalan: y.-yil, yy.-yillar, m.s.- ming so‘m, mln. s. – million so‘m, makmaksimal va boshqalar. Lekin “Moliya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kurs ishi yozilar ekan moliyaviy, iqtisodiy terminlar va so‘zlarda kamdankam holda qisqartma so‘zlar ishlatiladi. Ushbu holatni inobatga olib, kurs ishida qisqartma so‘zlarni kamroq ishlatish tavsiya etiladi.
Shuningdek, kurs ishida ba’zi bir so‘z birikmalari qayta-qayta kelishi ko‘zda tutilsa, ushbu so‘z birikmalarini birinchi yozilishida to‘liq yozish va so‘z birikmasi tugashi bilan qavs ochib, ushbu so‘z birikmasining qisqartma ko‘rinishini keltirish kerak. So‘ng, ushbu so‘z birikmasi qaytarilsa, qisqartma ko‘rinishini yozish mumkin. Masalan, ochiq aksiyadorlik jamiyati (OAJ), mas’uliyati cheklangan jamiyat (MCHJ), qo‘shma korxona (QK) va boshqalar.
Mundarija kurs ishi tuzilishini belgilab beruvchi birlamchi qism bo‘lib, uning boshlanish qismida keltiriladi va kurs ishi tarkibidagi kirish, asosiy qism va savollar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, xulosa va ilovalar ko‘rsatiladi.
Misol uchun talaba O‘zbekiston Respublikasida qimmatli qog’ozlarning o‘rni bo‘yicha mavzu tanladi. Uning to‘liq nomi quyidagicha: - “Davlat qimmatli qog’ozlar bozori.”. Talaba reja tuzish uchun, avvalambor, ushbu mavzuga mos adabiyotlarni o‘rganishi kerak. Masalan, ushbu mavzu bo‘yicha quyidagicha reja tuzilishi mumkin (4-ilovaga qarang).
REJA Kirish Asosiy qism: Davlat qimmatli qog’ozlar iqtisodiy moxiyati va qo’llanilish xususiyatlari.
Davlat qimmatli qog’ozlari turlari.
Davlat korxonalarining qimmatli qog’ozlar bilan amalga oshiriluvchi operatsiyalari.