Boshlangʻich sinf darslarida qoʻllaniladigan samarali didaktik oʻyinlar Boshlang’ich sinflarda ona tili ta`limining samaradorligi `oqitish metodini to`g`ri tanlash, “Ona tili” fanining amaliy yo`nalishidan kelib chiqib, ta`lim jarayonida ko`proq o`quvchini o`ylashga, fikrlashga undovchi, o`quv topshiriqlarini ishga solish, o`quvchilarda bilish — o`rganish ehtiyojini yuzaga keltiradigan dars shakllaridan foydalanish dars samaradorligini oshirib, ijobiy natija beradi..
Ona tilidan tashkil etiladigan didaktik o`yinlar o`quvchini izlanishga, ijodiy faoliyat ko`rsatishga, o`rganilayotgan til hodisalarining mohiyatini aniqlab, hukm va xulosalar chiqarishga undaydi. Ta`limiy o`yinlar har bir o`quvchiga o`zini namoyish etish, o`z fikr – mulohazalarini himoya qilish, topshiriqni shavqu — zavq bilan bajarish imkoniyatini beradi. Har bir shaxsda tarbiyalanishi zarur bo`lgan ijobiy sifatlar: tezkorlik, sezgirlik, topqirlik, hushyorlik, qat`iyatlik, bilimdonlik, mustaqillik, tadbirkorlik, ijodkorlik kabilar ko`pincha ta`limiy o`yinlar orqali tarkib toptiriladi.
Dars mashg`ulotlarida faqat bir xildagi o`yin — topshiriqlar bilan cheklanib qolmay, balki ko`proq ijodiylikka undovchi o`yin – topshiriqlarga e`tiborni kuchaytirishga to`g`ri keladi. Zero, o`quvchilarni fikrlashga, o`ylashga, matn yaratishga o`rgatmasak, hozirgi zamon darsiga qo`yilgan muhim talab shaxsning rivojlanishiga erishib bo`lmaydi.
1.“Tez top” o`yini. O`qituvchi o`quvchilarga xalq maqollaridan namunalar aytadi. O`quvchilar esa tushungan va izohlab bera olgan o`quvchilar o`qituvchi tomonidan rag`batlantiriladi.bunday maqollar qatorini davom ettiradi. Ulardan sanoq sonlarni aniqlaydilar hamda shu maqollarning ma`nolari ustida ish olib boradilar. Sonlarni o`z ichiga olgan maqollarni belgilangan miqdorga yetkazib, ularning ma`nosini izohlab beradilar.
Namuna: “Bir bolaga etti mahalla ota-ona”, “Sanamay sakkiz dema”, “Bir yil tut ekkan kishi, yuz yil gavhar teradi”, “Bir kalla — kalla, ikki kalla tilla”…
O`quvchilarning imlo savodxonligini oshirish maqsadida “To`g`ri yozgan g`olib bo`lar, yaxshi ilmu tolib bo`lar” o`yin – topshirig`idan foydalansa bo`ladi. Bu o`yinda o`qituvchi ma`lum bir sonlarni raqam bilan taxtaga yozadi va ularni imlo qoidasiga muvofiq yozishni talab etadi. Masalan, 1-2, 3-4, 5, 10 ta, 15 ta, 40, 55, 60 ta, 70-80 ta, 90, 100, v.h.
Raqamlar bilan ifodalangan sonlarni so`zlar orqali to`g`ri yozgan o`quvchilar o`yin sharti asosida g`oliblikni qo`lga kiritishlari mumkin.
Darsning noan`anaviy shakllaridan yana biri 2.“Topqirlar bellashuvi” darsidir. Bu darsni tashkil etish uchun sinf o`quvchilari avvalo ikki guruhga ajratiladi. Guruhlar o`rganilgan 3-4 mavzu doirasida oldindan savol va topshiriqlar tuzadilar. Boshlang’ich sinf o`quvchilarining bilim saviyasini hisobga olib, bu topshiriqlar bevosita o`qituvchi rahbarligida tuzilgani ma`qul. Bellashuvda birinchi guruh ikkinchi guruhga va ikkinchi guruh birinchi guruhga savol va topshiriqlar beradi. O`qituvchi qaytarilgan javoblarni tahlil qiladi va har bir guruhga ballarini e`lon qiladi. Ko`p ball to`plagan guruh o`yin g`olibi sanaladi.
“Topqirlar bellashuvi” darsini har xil shakllarda o`tkazish mumkin”, Masalan, “So`zlar olamiga sayohat”, “Gaplar olamiga sayohat”, “To`siqlarni yengib o`taman” v.h. kabi.
3.“Belgilarini izohlang” o`yini. O`yinni o`tkazishda o`quvchilar uch guruhga ajratiladi. 1-guruh qovunning rang — tusini, 2-guruh esa shakl- hajmini, 3-guruh uning maza — ta`mini bildiruvchi sifatlarni topishadi.
1-guruh: ko`k, oq sariq, sarg`ish
2-guruh: katta, kichik, uzun, dumaloq.
3-guruh: Shirin, mazali, to`yimli
O`qituvchi qovunning rasmini taxtaga ilib qo`yadi-da, 1–guruhdan maza – ta`mini ifodalovchi, 2- guruhdan rang – tusni, 3–guruhdan shakli –hajmni bildiruvchi sifatlarni aniqlashni topshiradi. Shu uyaga kiruvchi barcha so`zlarni yozib chiqqan o`quvchilar o`yin g`olibi sanaladi.
4. “Nima yaxshi-yu, nima yomon” o`yini. Bu o`yin talabiga ko`ra o`quvchilar o`z tengdoshlaridagi yaxshi va yomon xususiyatlarini aniqlashlari, qanday o`quvchilar odobli, qanday o`quvchilar odobsiz ekanliklarini aytish topshiriladi.
Namuna: yaxshi xuxusiyatlar–aqlli, odobli, zehnli, shirinsuxan , xushmuomala, bilimli, bilimdon, dono, kamtar, farosatli.
Yomon xususiyatlar: aqlsiz, beodob, yolg`onchi, aldoqchi, dangasa, yalqov, ishyoqmas, berahm.
5.“Juftini tanlang” o`yini. Bu o`yinda o`qituvchi juft sifatlarning birinchi qismini aytib boraveradi, o`quvchilar esa uning har ikkala qismini daftarlariga yozib boradi. Berilgan sifatlarning juftini to`g`ri yozgan o`quvchilar o`yin g`olibi sanaladilar.
Namuna: mayda — chuyda, yaxshi — yomon, past – baland, uzoq — yaqin, shirin — achchiq, oq-qora, v.h.
6.“Qanday sonni qo`yamiz” o`yini. Bu o`yinda so`z birikmalaridagi nuqtalar o`rnini son bilan to`ldirish topshiriladi va belgilangan vaqtda uni to`g`ri bajargan o`quvchilar guruhi g`olib sanaladilar. Tavsiya etilgan so`z birikmalari : o`quvchi, … maktab, … daraxt, … xona, … tramvay, … ko`cha, … un, … beda, … tuproq.
Namuna: 3 ta o`quvchi, 1-maktab, 4 ta daraxt, 12 –xona, 11-tramvay, 7- ko`cha, bir qop un, bir bog` beda, bir siqim tuproq.
7.“Qo`yilgan savollarga to`g`ri javob top” o`yini. O`zbekiston qaysi mamlakatlar bilan chegaradosh? O`zbekistondagi qaysi shaharlarning nomlarini bilasiz?, O`zbekistonda qanday mahsulotlar ishlab chiqariladi?, O`zbekistonning qaysi mevalari olamga mashhur savollariga to`g`ri javob bergan o`quvchilar bellashuv g`olibi bo`ladi.
O`qituvchi dars davomida “O`z qishlog`ing (Shahring) nomini sharhlay olasanmi?” o`yin — topshirig`idan foydalanib, atoqli otlar imlosi ustida ishlash mumkin. Buning uchun o`qituvchi oldin bu mavzuni o`quvchilarga vazifa qilib beradi va ota – otangiz, bobo – momolaringdan “O`z qishlog`ingiz (Shahringiz) tarixi” haqida ma`lumotlar to`plab keling deb topshiriladi.
8.“O`rmonda va hovlida” o`yini. O`qituvchi o`yin haqida o`qivchilarga izoh beradi: O`rmonda yashaydigan yovvoyi hayvonlar va hovlida yashaydigan uy hayvonlari haqida o`ylang hamda ularni ikki ustunga alohida ajratib yozib chiqing deyiladi. O`quvchilar yozadilar:
O`rmonda: Hovlida:
Bo`ri Qo`y
Tulki Ot
Sher Sigir
Ayiq Echki
Qaysi o`quvchi yoki o`quvchilar guruhi belgilangan vaqtda ko`p hayvon nomini yozsa o`yin g`olibi sanaladi.
Ta`limning samaradorligini ko`p jihatdan tafakkurning rivojlanganlik darajasiga bog`liq. “Tafakkur – deb qayd qiladi psixolog M.T. Davletshin, — kishi aqliy faoliyatining yuksak formasi bo`lib, real borliqning bilvosita va umumlashgan intiqosi, borliqdagi buyumlar hamda hodisalar o`rtasidagi aloqa – munosabatlar va ularning umumiy xossalarining aks etish jarayonidir”. Shunday ekan , har bir darsda turli o’yinlar tashkil etilib borilsa , o’quvchilarning darsga qiziqishi ortadi, o’tilgan mavzu yodida saqlanib qoladi.