Boshlang`ich sinf matematika darslarida interfaol metodlardan foydalanish jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasi Interfaol metodlar deganda- ta’lim oluvchini faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo’lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo’llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Interfaol metod biror faoliyat yoki muammoni o’zaro muloqotda, o’zaro bahs-munozarada fikrlash asnosida,hamjihatlik bilan hal etishdir.
Bu usulning afzalligi shundaki, butun faoliyat o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatib, mustaqil hayotga tayyorlaydi.Interfaol metodlar orqali o’quvchilarning tashabbuskorligi hamda jamoaviy izlanuvchanligini oshiriladi.
Interfaol metodlardan foydalanib darslarni tashkil etilsa, o’quvchi darsga bo’lgan qiziqishi yanada oshadi va ta’lim sifati yaxshilanadi. Qachonki, bu metodlar samarali natija bera oladi:
-Dars va mavzuning maqsadlari to’g’ri aniq tanlanganda; -Mavzuga mos metodlarni tanlay olinsa; -Bir metod butun dars davomida qamrab olmasdan, balki kichik daqiqalarni qamrab olsa; -Tanlagan metod o’quvchilarga yangi bir axborotlarni yetkazib bersa,o’quvchi mavzuni nima haqidaligini tezgina tushuna oladi Matematika o'qitish metodikasi eng avvalo kichik yoshdagi o'quvchilarni umumiy tizimda o'qitish va tarbiyalash vazifasini qo'yadi.Umumiy metodika boshlang'ich sinf matematikasining mazmunini va tizimliligini aks ettiradi, har bir bo'limni o'qitishning o'ziga xos xususiy metodlarini o'rgatadi.Xususiy metodika matematika o'qitishning asoslangan metodlarini va o'qitish formalarini, shuningdek o'quv faoliyatini tashkil qilish yo'llarini ko'rsatadi. Ma'lumki o'qitish tarbiyalash bilan o'zaro mustahkam bog'liqdir. Ushbu metodika o'qitishni tarbiyalash bilan qo'shib olib borish yo'llarini o'rgatadi.Boshlang'ich matematika o'qitish metodikasi bir necha fanlar bilan chambarchas bog'liqdir. Boshlang'ich matematika o'qitish kursi o'quv predmetiga aylangan.Boshlang'ich matematika o'qitish metodikasining o'qitish vazifalari:
1) ta'lim-tarbiyaviy va amaliy vazifalarni amalga oshirishi,
2) nazariy bilimlar tizimini o'rganish jarayonini yoritib berishi kerak;
3) o'quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish yo'llarini o'rgatishi kerak;
4) ta'limni insonparvarlashtirish;
5) matematika o'qitish jarayonida insonni mehnatni sevishga, o'zining qadr-qimmati, bir-biriga hurmati kabi fazilatlarini tarbiyalashni ko'rsatib beradi;
6) o'qitish metodikasi I-IV sinflar matematikasining davomi bo'lgan V-VI sinf matematikasi mazmuni bilan bog'lab o'qitishni ko'rsatad
O'qituvchi quyidagi tartibda o'quvchilar bilimini maxsus daftarga hisobga olib boradi: 1. Nechagacha sanashni biladi? 2. Nechagacha sonlarni qo'shishni biladi? 3. Nechagacha sonlarni ayirishni biladi?. 4. >, <, = belgilarini ishlata oladimi? 5. Noma'lumlar bilan berilgan qo'shish va ayirishda bu noma'lumlarni topa oladimi? 6. Qaysi figuralarning nomlarini biladi va chiza oladi? 7. Nechagacha sonlarni yoza oladi? 8. O'ngga, chapga, kam, ko'p, og'ir, engil, teng kabilarni farqlay oladimi? 9. Pul, narx, soat, minut, uzunlik, og'irlik o'lchov birliklari bilan muomala qila oladimi? Bolalarni o'qitishga tayyorlashda asosiy ish metodi tahlil, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, tabaqalashtirish kabi aqliy operasiyalarni bajarish malakalarini shakllantirishga qaratilgan bo'lishi kerak. Bunday ishlar o'quvchilarnig og'zaki va yozma nutqlarini rivojlantirishga katta yordam beradi, matematik bilimlarni o'zlashtirishga qiziqishi kuchaya boradi.Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda o'quvchilaming o'quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi hamda ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo'llash borasida katta tajriba to'plangan bo'lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritiladi. Quyida amaliyotida foydalaniladigan interfaol metodlardan bir nechtasining mohiyati va ulardan foydalanish borasida so'z yuritamiz.
"Fikriy hujum " metodi
Mazkur metod o'quvchilarning mashg'ulotlar jarayonidagi faolliklarini ta'minlash, ularni erkin fikr yuritishga rag'batlantirish hamda bir xil fikrlash inertsiyasidan ozod etish, muayyan mazvu yuzasidan rang-barang g'oyalarni to'plash, shuningdek, ijodiy vazifalarni hal etish jarayonining dastlabki bosqichida paydo bo'lgan fikrlarni yengishga o'rganish uchun xizmat qiladi."Fikriy hujum" metodi A.F.Osborn tomonidan tavsiya etilgan bo'lib, uning asosiy tamoyili va sharti mashg'ulotning har bir ishtirokchisi tomonidan o'rtaga tashlanayotgan fikrga nisbatan tanqidni mutlaqo ta'qiqlash, har qanday luqma va hazil-mutoyibalarni rag'batlantirishdan iboratdir.
Bundan ko'zlangan maqsad
o'quvchilarning mashg'ulot jarayonidagi erkin ishtirokini ta'minlashdir. Ta'lim jarayonida ushbu metoddan foydalanish o'qituvchining pedagogik mahorati va tafakkur ko'lamining kengligiga bog'liq bo'ladi."Fikriy hujum" metodidan foydalanish chog'ida o'quvchilarning soni 15 nafardan oshmasligi maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodga asoslangan mashg'ulot bir saotga qadar tashkil etilishi mumkin.
"Yalpi fikriy hujum " metodi