5. Ishni taxlil kilish. (5 daqiqa)
Yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarin aniqlash Xato va kamchiliklarni bartaraf qilish.
6 .Dars yakuni va ishni baxolash. (5 daqiqa)
II- bobga xulosa
Boshlang`ich sinf mehn
at darsida qog`oz va karton bilan jarayonini takomillashtirish, o‘qitishning yangi shakl hamda metodlarini tadbiq qilish, o‘quvchilarda qiziqishni oshirishga, darslarning samaradorligini kuchaytirishga, bilish faolligini oshirishga katta yordam beradi.
Boshlang`ich sinflarda qog`oz bilan ishlash mashg`ulotlarida aplikatsiyalar va mozaikalar yasashga o‘rgatishni tashkil etish, o‘quvchilardagi egallagan bilim ko‘nikmalarini mehnat jarayonida qo‘llash imkonini beradi.
Applikatsiya va mozaika ishlarini bajarish ishlari esa o‘quvchilarni applikatsiya va mozaika sa`natning oddiy elementlari bilan tanishib, ishlashga o‘rgatadi.
Shu sababli boshlang`ich sinf o‘quvchilarini yoshligidanoq turli mehnat jarayonlariga tayyorlash ularni kelajakda etuk bilimli mutaxassis va kasb-hunar egasi bo‘lib etishishlarida yordam beradi.
Xulosa
―Boshlang`ich sinf ― Mehnat ta`limida qog`oz bilan ishlash mashg`ulotlarini tashkil etish‖ mavzusidagi bitiruv malakaviy ishni yozib to‘gatganimdan so‘ng quyidagi xulosaga keldim.
Mehnat darslarida qog`oz bilan ishlash mashg`ulotlarini samarali ravishda tashkil qilsak:
o‘quvchilar o‘zining sodda ijodiy fikrini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa o‘quvchilarni erkin fikrlashga, ijodkorlikka, tashabuskorlikka o‘rgatadi.
o‘quvchilar mehnat darslarida o‘zlashtirgan bilim, malaka va ko‘nikmalarini mustahkamlaydi.
qog`ozning ishlab chiqarilishi va uning turlari bilan tanishadilar. qog`ozga ishlov berish usullari va xususiyatlarini tahlil qila bilishni o‘rganadilar.
materialga ishlov berish uchun asboblar tanlashni va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishni o‘rgatadi
qog`oz bilan ishlash o‘quvchilarda mustaqillikni, tasavvurni namoyon qilishni, ijodiy qobiliyatlarni o‘stiradi, dunyoqarashini shakllantiradi, hamda badiiy estetik didini oshiradi
o‘z vaqtida, rejali, tartibli o‘tkazilgan mashg`ulotlar o‘quvchilarning qiziqish va havaslarini oshiradi, ma`naviy, mafkuraviy qarashlarini boyitadi.
Xulosa qilib aytganda o‘quvchilarga qog`oz bilan ishlashga o‘rgatilsa mehnatsvarlikka, ijodkorlikka, o‘rgatilsa, kelajak avlodning barkamol bo‘lishida, jamiyatimizning rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |