Boshlang`ich sinf o`quvchilarini ijodkorlikka yo`naltirish Bekkamova Mahliyo



Yüklə 20,84 Kb.
tarix04.01.2023
ölçüsü20,84 Kb.
#78423
6.M.Bekkamova


Boshlang`ich sinf o`quvchilarini ijodkorlikka yo`naltirish
Bekkamova Mahliyo
(Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali talabasi)

О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” har tomonlama kamol topgan, turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va puxta о‘zlashtirish uchun sharoitlar yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida о‘z mas’ulligini his etadigan barkamol avlodni tarbiyalashni nazarda tutadi.


Respublikamiz о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida ushbu hujjatlarni hayotga tadbiq etish borasida tubdan о‘zgartirish va yangilanishlar jarayoni izchil davom etmoqda. Zamon talablariga javob beradigan mutaxassis kadrlar tayyorlash Vatan taraqqiyotini ta’minlash va jahon hamjamiyatidan о‘ziga munosib о‘rin egallashda muhim ahamiyatga ega. Bu uchun mehnat bozorida raqobatlasha ola-digan, yuqori malakali, keng ixtisosli, ishbilarmon va ijtimoiy faol mutaxassis kadrlar tayyorlash zarur.
Tinch va osuda vatanimizda o`sib voyaga yetayotgan avlod bizning ertangi kelajagdir. Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek ma’suliyatli vazifani ado etishda birinchi galda ana shu mashaqqatli kasb egalariga suyanamiz va tayanamiz. Boshlang`ich sinfga qabul qilingan har bir bola u- nihol, u-oppoq qog`oz. Uning kelajakda ulkan daraxt bo`lib o`sishi va yana o`sha oppoq qog`ozga yozuvning qanchalik tekis va ravon chiqishi bu ustoz deb atalmish buyuk zotga bog`liqdir.
Darhaqiqat, xitoyliklar “Iste’dodsiz o`quvchi bo`lmaydi, iste’dodni ko`ra olmaydigan o`qituvchilar bo`lishi mumkin” deb ta’kidlashganda naqadar haq edilar. Shunday ekan har bir bola o`zi yangiliklar, kashfiyotlar qila olish qobiliyatiga ega. Faqat ularning sbu qobiliyatlarini yuzaga chiqarish uchun ota-onalardan va o`qituvchilardan katta kuch talab qilinadi. Chunki o`qituvchi har bir bola bilan yakka holda ishlab ular nimaga qiziqadi, ko`proq qanday mashg`ulotlar bilan shug`ullanishi haqida ma’lumotlarga ega bo`lishlari kerak.
Bolaning nimaga qiziqishiga qarab, uni shu narsaga yo`naltirib, u bilan alohida ishlansa ko`zlangan maqsadga erishiladi. Bu o`rinda boshlang`ich sinf dasturidan o`rin olgan ijodkorlikka yo`naltirilgan fanlarning o`rni beqiyos. Masalan, o`sha o`quvchi san’atga qiziqar, tabiiyki, boshlang`ich sinflarda o`qish darsi o`tiladi, darslik ichida keltirilgan hikoyalar, asarlardan parchalarni o`quvchilar faqat o`qib, gapirib berib emas, balki o`sha berilgan hikoyani doskaga chiqib rol bajarib ham ko`rsatib berishlari mumkin. Shuningdek, “Texnologiya”, “Musiqa” darslari ham bundan mustasno emas. Masalan, o`quvchi juda chiroyli narsa va buyumlar yasashga qodir, lekin unga e’tibor kamlik qilar, ularni tortadigan kuch kerakdir.
Bu borada ota-onalar bolasining o`qishi bilan, odob-axloqi bilan qiziqishlari, maktab va o`qituvchining o`quvchiga talablarini, maslahat va topshiriqlarini jiddiy kuzatib borsalar ayni muddao bo`ladi. Bu esa bolaning yaxshi o`qishi va intizomli bo`lishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ota-onalar bolalar uchun eng mo`tabar, aziz-u mukarram kishilardir. Ular doim bola uchun namuna bo`lib xizmat qiladilar. Shu bois bolalar ota-onalariga o`xshash uchun doimo havas bilan taqlid qilib yashaydilar. Aynan shuning uchun ham ota-onalar hamma vaqt har jihatdan bolalarga ibrat bo`lishlari shart.
Boshlang`ich sinf o`quvchilarini ijodkorlikka yo`naltirish uchun u o`quvchi bilan birga o`qituvchilar ham ijod qilishlari, ular bilan shug`ullanishlari kerak. Ta’limda ilgaridan “Avval hunar o`rgat, keyin shogird o`z xohishicha nimani ijod qilsa-qilaversin” yo`sinda ish tutish rasm bo`lgan.
Shuni yodda saqlash kerakki, ijodkor yaratuvchi shaxsni tarbiyalash-fanga ma’lum bo`lgan bilimlarning o`zinigina o`zlashtirish bilan kifoyalanmay, olingan bilimlar zamirida yangi bilimlarni kashf etishlari bilan muhimdir.
Hozirda o`quvchining intelektual darajasini, yaratuvchanligini, ijodkorligini, izlanuvchanligini takomillashtirish orqali ularni yangi bilimlarni olishga qaratilmog`i lozim.
Ma’lumotlarga qaraganda, olti yoshgacha bo`lgan bolalar 40% iste’dod potensialiga ega. Sababi bu yoshda inson butun umri davomida egallashi mumkin bo`lgan bilimlarning 70% ini o`zlashtiriladi. Bu yoshdagi bolalarning salohiyat darajasini belgilashda turli ko`rsatkichlar e`tiborga olinishi mumkin. Ko`pincha ulardagi nutqiy ko`nikmaning qay darajada rivojlanganligi eng yetakchi ko`rsatkich hisoblanadi.
Ma`lumki, bolada og`zaki nutqning shakllanishi 1-3 yoshdan boshlab, dastavval, ot turkumiga mansub so`zlarni, keyinchalik, sifat va fe`l turkumidagi sozlarni talaffuz qilishdan boshlanadi. Ravon og`zaki nutq ko`nikmasiga erishish turli bolalarda turlicha muddatda shakllanib, individual tabiatga egaligi bilan ham ajralib turadi. Til va tafakkurning chambarchas bog`liq ekanligini yana bir bor esga olsak, iste`dodli o`quvchilar bilan ishlashda ularning ravon nutqiy malakaga egaligi necho`glik ahamiyatli ekanligini tushunishimiz qiyin emas.
Bolalar eng kichik yoshdanoq ijodkorlik, yaratuvchanlikka moyil bo`lar ekanlar. O`quv jarayonida o`quvchining bilimlarini ijodkorlikka yo`naltirilsa bolaning faolligi, yaratuvchanligi qobiliyati oshib boradi. Bolalarning bo`sh vaqtini mazmunli va maqsadli yo`naltirilsa kelgusida o`z kasbida ham ijodkor bo`lib yetishishiga sabab bo`ladi. Umuman inson faoliyatida ijodkorlik, yaratuvchanlik juda muhim jarayon hisoblanadi. Ijodkorlik, yaratuvchanlik qanchalik ko`p bo`lsa yurtimizda yuksalish shuncha ko`p bo`ladi.
Albatta, dunyoda mamlakatlar ko`p, lekin bu olamda betakror ona yurtimiz O`zbekistonimiz yakka-yu yagona. Mana shu go`zal va muqaddas yurt bizga atalgan, uni asrab-avaylash tuyg`usi har birimizning dilimizda jo bo`lishi kerak. Bu borada yurt kelajagi bo`lgan yosh avlod tarbiyasi nechog`lik muhim ahamiyat kasb etishi barchamizga kundek ravshan. Ta`limning o`zbekona usulini shakllantirish, yoshlarimizni o`z iqtidori, qiziqishidan kelib chiqqan holda to`g`ri yo`naltirish boshlang`ich sinf o`qituvchilari oldida turadigan mas`uliyatli vazifalardan biridir.
Yüklə 20,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin