Reja-konspekti



Yüklə 25,84 Kb.
tarix09.09.2023
ölçüsü25,84 Kb.
#142344
BEKKK


“TASDIQLAYMAN”
52788 HARBIY QISM 2 pdb KOMANDIRI
podpolkovnik
D.MAMBETALIYEV
“___”_____ 2023 yil

2 pdb shaxsiy tarkibi bilan huquqiy axborot soatini o‘tish uchun




REJA-KONSPEKTI


Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 103,1031-moddalari talablarini buzganlik uchun javobgarlik.
Maqsad: shaxsiy tarkibni mavzu yuzasidan bilimlarini oshirish.
Joy: MMT xonasi.
Vaqt: 2023-yil 9-sentyabr kuni 20 daqiqa.
Uslubi: Ma’ruza
O‘quv-moddiy ta’minoti: Reja – konspekt.
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Jinoyat kodeksi kitobi.



KIRISH QISMI - 3 DAQIQA.

- shaxsiy tarkibni ro‘yxat bo’yicha tekshiraman.


- mashg‘ulot mavzusini yetkazaman.


Asosiy qism - 15 daqiqa.


MAXSUS QISM
BIRINChI BO‘LIM
ShAXSGA QARSHI JINOYATLAR

I bob. Hayotga qarshi jinoyatlar


103-modda. O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish
Shaxsni qo‘rqitish, unga rahmsiz muomala qilish yoki uning sha’ni va qadr-qimmatini muttasil ravishda kamsitish natijasida uni o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yoki o‘zini o‘zi o‘ldirishiga suiqasd qilish darajasiga yetkazish, –
uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) moddiy tomondan yoki boshqa jihatlardan aybdorga qaram bo‘lgan shaxsga nisbatan;
b) voyaga yetmagan shaxsga yoki homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
g) telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet butunjahon axborot tarmog‘idan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa, —
yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 11-sentabrdagi 20-sonli “O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori.
(103-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
1031-modda. O‘zini o‘zi o‘ldirishga undash
O‘zini o‘zi o‘ldirishga undash, ya’ni ko‘ndirish, aldash yoki boshqa yo‘l bilan o‘zga shaxsda o‘zini o‘zi o‘ldirish hissini uyg‘otish, agar shaxs o‘zini o‘zi o‘ldirgan yoki o‘zini o‘zi o‘ldirishga suiqasd qilgan bo‘lsa, —
ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) voyaga yetmagan shaxsga yoki homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet butunjahon axborot tarmog‘idan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
YAKUNIY QISM – 2 DAQIQA
- mashg’ulot bo’yicha umumiy xulosa beraman;
- tushunmagan savollarga javob beraman;
- mashg’ulotni yakunlayman.
M A SH G‘ U L O T R A H B A R I
mayor
A.HUSAINOV
Yüklə 25,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin