Kirish Bitiruv malakaviy ishning maqsad va vazifalari



Yüklə 302,35 Kb.
səhifə1/12
tarix18.04.2023
ölçüsü302,35 Kb.
#99711
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Kirish Bitiruv malakaviy ishning maqsad va vazifalari


Kirish


Bitiruv malakaviy ishning maqsad va vazifalari. . O`zbekiston Respublikasida ta`lim tizimidagi islohotlarni hayotga joriy qilinishini o`rganish va tahlil qilishdan iborat. Respublikamiz mustaqil, suveren davlat sifatida tobora rivojlanib bormoqda. Siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma`naviy sohada tarixan qisqa vaqt ichida qanday yutuqlarga erishganimizni jahon jamoatchiligi ko`rib, kuzatib turibdi. Erishilgan yutuqlar haqida jahonning eng nufuzli iqtisodchilari, siyosatchilar ko`pdan-ko`p ijobiy fikrlar aytmoqdalar, yutuqlarimizni bir necha o`n yilliklarga, hatto asrlarga qiyoslamoqdalar. Rsepublikamiz ta`limida ro`y berayotgan o`zgarishlarni baholash, qiyoslahs uchun bizga sobiq Ittifoq-eski mustabid tuzumdan qanday ta`limiy meros qolganini yana bir bor esga olish lozim, deb o`ylayman. Zotan, qiyoslash, nisbatlar qo`lamini hisobga olish pedagogikada muhim ahamiyatga ega.
Bitiruv malakaviy ishning ilmiy yangiligi. Tadqiqot ishi davomida erishilgan asosiy yangiliklar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin. O’zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida ta’lim tizimida olib borilgan islohatlar va O’zbekistonning bugungi kundagi olib borilayotgan yangi islohatlarning tadrijiy davomiyligini o’rganilganligidir.
Bitiruv malakaviy ishning nazariy uslubiy asoslari. O’zbekiston Respublikasi birinchi birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov asarlarida ilgari surilgan nazariy-uslubiy ko’rsatmalar, “Ta‘lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va Shavkat Mirziyoyev asarlari va O’zbekistondi yana rivojlantirishga xizmat qiluvchi Harakatlar strategiyasi mavzuni yoritishda 8 tadqiqotlarda hamma vaqt ham yetakchi o’rinda turgan xolislik, haqqoniylik, voqea hodisalarga tarixiy-tadrijiy uslubiyat nuqtai nazaridan yondashishga, qiyosiy tahlil uslubiga amal qilishga e’tibor qaratildi.
Bitiruv malakaviy ishning tuzulishi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikkita bob, beshta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

Mamlakatimizda matematika 2020-yildagi ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi. O‘tgan davr ichida matematika ilm-fani va ta’limini yangi sifat bosqichiga olib chiqishga qaratilgan qator tizimli ishlar amalga oshirildi:


birinchidan, ilg‘or ilmiy markazlarda faoliyat yuritayotgan vatandosh matematik olimlarning taklif qilinishi va xalqaro ilmiy-tadqiqotlar olib borilishi uchun zarur shart-sharoit yaratildi;
ikkinchidan, xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan yoshlarimiz va ularning murabbiy ustozlari mehnatini rag‘batlantirish tizimi joriy etildi;
uchinchidan, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqotlarning o‘zaro integratsiyalashuvini ta’minlash maqsadida Talabalar shaharchasida Fanlar akademiyasining V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutining (keyingi o‘rinlarda — Institut) yangi va zamonaviy binosi barpo etildi. Matematika sohasidagi fundamental tadqiqotlarni moliyalashtirish hajmi bir yarim barobarga oshirildi, budjet mablag‘lari hisobidan superkompyuter, zamonaviy texnika va asbob uskunalar xarid qilindi;
to‘rtinchidan, ilmiy darajali kadrlarni tayyorlashning birlamchi bosqichi sifatida stajor-tadqiqotlik instituti joriy etildi;
beshinchidan, ilm-fan sohasidagi ustuvor muammolarni tezkor bartaraf etish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish masalasini Hukumat darajasida belgilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri raisiligida Fan va texnologiyalar bo‘yicha respublika kengashi tashkil etildi.
Shu bilan birga, sohada yechimini topmagan qator masalalar matematika sohasidagi ta’lim sifati va ilmiy-tadqiqot samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish zaruratini ko‘rsatmoqda. Jumladan:
birinchidan, matematika ta’limotining ta’lim olish bosqichlari o‘rtasidagi uzviylik to‘liq ta’minlanmagan;
ikkinchidan, umumta’lim maktablarida matematika darsliklari o‘quvchilarning yoshiga nisbatan fanni o‘zlashtirishni qiyinlashtiruvchi murakkab masalalardan iborat va boshqa fanlarda o‘tiladigan mavzular bilan uyg‘unlashtirilmagan;
uchinchidan, matematikaga qiziquvchan, xalqaro olimpiadalar g‘oliblari bo‘lgan aksariyat iqtidorli yoshlarimiz hududlardan bo‘lishiga qaramasdan ularning kelgusi rivojlanishi uchun oliy ta’lim va ilm-fan sohasida zarur shart-sharoit yaratib berilmagan;
to‘rtinchidan, matematika sohasidagi ilmiy-tadqiqotning amaliyot va ishlab chiqarish bilan bog‘liqligi zaifligicha saqlanib qolmoqda;
beshinchidan, sohadagi olimlarning xorijiy ilmiy va ta’lim muassasalari bilan aloqalari milliy matematikani jahon miqyosiga olib chiqish, xalqaro hamjamiyatda nufuzini oshirish uchun yetarli emas.
Ta’limning barcha bosqichlarida matematika fanini o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish, pedagoglarning samarali mehnatini qo‘llab-quvvatlash, ilmiy-tadqiqot ishlarining ko‘lamini kengaytirish va amaliy ahamiyatini oshirish, xalqaro hamjamiyat bilan aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida:

Matematika o’qitishning masalalaridan biri – o’quvchilarni ishlab chiqarish jarayonida fikrni jamlashga o’rgatish jarayonlarning ayrim tomonlarini funktsional bog’liqlikda ko’ra olish, agar iloji bo’lsa, ular orasidagi miqdoriy munosabatlarni ochib berish. Ta’lim uchun shunday amaliy materialni tanlash kerakki, u o’quvchilarga matematikani fan sifatida tushunishlariga yordam berish bilan birgalikda bu materialni egallash o’quvchilarda matematik bilimlarni ishlab chiqarish mehnatida foydalanish ko’nikmasining hosil bo’lishiga imkon yaratsin.


Amaliy mashg’ulot, tekshiruv-sinov darslarida kasbga yo’naltiruvchi masalalardan foydalanish vaqtida o’quvchilarning bilim darajasiga qarab, tabaqalashtirish maqsadga muvofiqdir. Bunda butun sinf uchun bir xil misollar tanlanadi, faqat bu misollarning shartiga o’zgartirishlar, yordamchi ta’riflar, formulalar kiritib yoki ularni chiqarib tashlash yo’li bilan masala osonlashtiriladi yoki murakkablashtiriladi. Birinchi darajali (eng yuqori) misollar eng kuchli o’quvchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, bunda kerakli formulalar o’quvchining o’zi tomonidan aniqlanib, mutlaqo mustaqil ravishda yechiladi.
Matematika o’qituvchisi ham, boshqa umumta’lim fanlari o’qituvchilari ham har bir darsda o’quvchilar tomonidan turli hisoblashlarni bajarish jarayonida yuzaga kelayotgan qiyinchiliklar sabablarini o’z vaqtida o’rganishlari va tahlil qilishlari lozim.
Tajriba shuni ko’rsatadiki, ko’p hollarda quyidagilar asosiy sabab bo’lishi mumkin: boshqa umumta’lim fanlarini yaxshi o’zlashtirilmagani yoki o’quvchilar matematikaning tegishli bo’limidan yetarli darajada bilimga ega bo’lmasligi.
Shuning uchun har bir fan o’qituvchisi matematikadan yetarli darajada bilimlarni egallamasdan turib, boshqa fanlarni yaxshi o’zlashtirishda qiyinchiliklarga duch kelishi, kelgusi hayoti davomida o’z moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishda muammolarga duch kelishini o’quvchilarga tushuntirib borishi talab etiladi.
Yuqoridagi fikrlar fanlarni integratsiyalash (lotincha “integer” - “umumiylik”, “integerara” - “umumiylikni to’ldirish, yaratish, tiklash” - degan ma’nolarni anglatadi) zarurligini ko’rsatadi.
Integratsiyalash - bu tabiiy bilimlarning turli ko’rinishdagi umumiyliklardan hosil bo’luvchi qonun-qoidalari majmuasi hisoblanib, u har bir kishini tabiat dialektikasiga chuqurroq kirishga imkoniyat yaratib beradi.
Yuqorida ta’kidlab o’tilgan turli umumiyliklar minglab tushunchalar bilan o’zaro bog’langan bo’lib, ular tabiiy fanlar metodlari va ularning ilmiy natijalari yordamida o’rganiladi.
Fanlarning o’zaro integratsiyalashuvi ilmiy bilimlarning sintez qilinishi natijasida inson ongining moddiy dunyoning sir-sinoatlarini idrok qila olishi uchun eng qo’lay sharoit yaratiladi.
Agar biz ularni matematika bilan yaqinlashtirish niyatimiz bo’lsa, iloji boricha o’quv matematikasidan mehnat matematikasiga o’tish jarayonini yengillashtirishga erishmimiz kerak.
Ma’lumki, to’g’ri chiziqlar, tekisliklar, fazoviy figuralarning mavjudligi, to’g’ri chiziq, ikki nuqta orasidagi masofa va hokazolarni bilish har bir kasb egasining asosiy matematik bilimlarining minimal darajasini belgilaydi. Bunda matematikaning asosiy vazifasi ta’riflar, teoremalar, qonuniyatlar, formulalar va ularni tatbiqini o’quvchilar ongida to’ьri shakllanishiga erishish hamda tabiat, jamiyat qonunlarini o’rganishda ularga yordam berishdan iboratdir.
Shuning uchun ham, keskin o’zgarishlarni kutib o’tirmasdan, hozirga kunda mavjud bo’lgan reja, dastur, darslik va o’quv qo’llanmalaridan foydalangan holda bu ishni ijobiy hal eitish maqsadga muvofiq.
Lekin bu haqda so’z boshlashdan avval mavzumizning asosiy atamalari bo’lmish – “Matematika o’qitishning tatbiqiy yo’nalishi” va “Amaliy yo’nalishi” deganda tushunchalarga aniqlik kiritish maqsadga muvofiq.
xo’jaligida va maishiy hayotda qo’llashga yo’naltirishdir.
Matematika o’qitishning tatbiqiy yo’nalishi:
uning texnikaviy yo’nalishini;
uning fizika, ximiya, geografiya, chizmachilik, mehnat ta’limi bilan aloqalarining amalga oshirilishini;
matematik tafakkur va faoliyatning shakllanishini o’z ichiga oladi.
Matematik ta’limning amaliy yo’naltirilganligi – ta’limning mazmuni va metodlarini matematik xarakterdagi mustaqil faoliyat ko’nikmalarining shakllanishiga yo’naltirish.
Matematika o’qitishni amaliy yo’naltirish quyidagi pedagogik-metodik masalalarni o’z ichiga oladi:
hisoblashlarda, algebraik shakl almashtirishda, o’lchash va grafiklar bilan ishlash va hokazolarda zarur bo’lgan asosiy matematik malakalarni shakllantirish;
nazariy materialni misol va masalalar yechishga boьlab yoki bevosita masalalar yechish jarayonida o’rganish;
kelgusida matematikani yoki uning tatbiqlarini muvaffaqiyatli o’rganish uchun kerak bo’ladigan bilim va ko’nikmalarni egallash;
o’quvchilarning fanga qiziqishini, ularning matematik faolligini, matematikada qo’llaniladigan predmetlar bo’yicha mustaqil o’rganish qobiliyatini rivojlantirish.
Ta’lim jarayonida matematikaning tatbiqiy va amaliy yo’naltirilganligi, odatda, o’zaro bog’liqlikda amalga oshiriladi.
Masala. Hisob-kitob ishlari va grafiklar bilan ishlash – ta’limning amaliy yo’nalishi bilan bog’liq masala hisoblanadi, lekin bu ko’nikmalarga ega bo’lmasdan turib, matematikaning, hatto, eng sodda tatbiqlari bilan ham ishlab bo’lmaydi.
Ta’limning amaliy va tatbiqiy yo’nalishlarini kuchaytirish matematik dastur va darsliklarni tegishli ravishda qayta ishlash va qayta mazmunlashtirish imkoniyatlariga ko’p jihatdan boьliq, albatta. Amaliy va tatbiqiy yo’naltirishni xarakterlovchi omillarning ko’p qismi dastur, darslik va uslubiy qo’llanmalarda o’z aksini topgan bo’lishi kerak. Ular:
ta’limning maqsadlarida;
o’zlashtirilgan matematik bilim va ko’nikmalarning darajasi va hajmiga qo’yiladigan talablar majmuida;
darsliklardagi nazariy materialning bayonida;
misol va masalalar mazmunida aks etgan bo’lishi maqsadga muvoviq.
Ularni amalga oshirish uchun esa ma’lum vaqt talab etiladi. SHuning uchun matematika o’qituvchilari va metodistlarining vazifasi – yangi yoki qayta ishlangan darsliklarga ega bo’ladigan vaqtni kutib turmasdan barcha kasb-hunar kollejlari ishni faollashtirishdan iborat.
Buning uchun kasbga yo’naltirish imkoniyatlarini aniqlash uchun matematika va kasbiy fanlar bo’yicha o’quv reja va dasturlar, darslik va o’quv qo’llanmalari qiyosiy tahlil etish va shu asosida tegishli kasb uchun ishchining kasbiy xislatlari o’rganiladi.
Masalan. Geometriya va trigonometriyadan boshlang’ich tushunchalarni, trigonometrik jadvallardan foydalana olishni, murakkab bo’lmagan detallarning chizmasini chiza olishni, tanovar (zagotovka), detal va tugunlarni o’zaro joylashtirish va o’lchamlarini tekshirish hamda rejalash uchun geometrik yasashlarni eplay olishi zarur.
Geometriyada olingan bilim va ko’nikmalarning aynan qaysilari kasbiy tayyorgarlikning asosini tashkil etishini ko’rsatish uchun tegishli kasb ishchilari foydalanadigan asbob va moslamalarning “geometrik xarakteri”ni aniqlash lozim.
O’qitishning kasbga yo’naltirilganligi ta’lim mazmunining o’qitish metodikasida ham aks etishi kerak. O’rganiladigan matematik tushuncha va uslublarni tanlashning o’zi amaliy talablar ta’siri ostida, bitiruvchi kollej o’quvchilari o’z faoliyatlarida ko’proq duch keladigan tushuncha, uslublarga e’tiborni qaratgan holda amalga oshirish lozim. O’quv materialining bayoni shunday amaliy masalalar bilan boьlanishi kerakki, bu masalalar sof matematik masalaning qo’yilishiga olib kelsin.
Masalan, quyidagi masala shular jumlasidandir:
Masala.   radiusli yupqa metall doiradan eng katta siьimli voronka yasashga mo’ljallangan sektor qirqib olish kerak. Metalning deformatsiyalanishi va ishlov berishga qoldirilgan qo’yimlar hisoblashlarda nazarga olinmasin.
Matematik tushunchalarning xossalarini bayon qilayotganda amaliy ahamiyati yuqoriroq bo’lgan xossalarga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiq, bunda yangi bilimlar egallanilgan nazariy materialni amalda qo’llanilish yo’llari bilan mustahkamlash talab etiladi.
Masalan. 1) Funksiya va uning xossalari qurilish sohasida, mashinasozlikda va boshqa sohalarda.
2) To’g’ri chiziq va tekisliklar orasidagi munosabatlar – arxitektura, mashinasozlik, truba yotqizishda qo’llaniladi va h.k.
Bunda ta’limning ko’rgazmaliligi va qulayligiga e’tibor berish va o’quvchilarning ko’pchilik qismiga tushunish qiyin bo’lgan turli savol va masalalardan holi bo’lish maqsadga muvofiqdir.
Umuman, ta’lim jarayonida matematik bilimlarni bayon etishda oddiydan murakkabga misollardan umumiylikka, xususiy hollardan umumiylikka takmoyillariga amal qilish ahamiyatlidir.
Shunday qilib, kasbga yo’naltirib o’qitishda matematikani o’qitishning tatbiqiy va amaliy tomonini oshirish uchun matematikadan darsliklar va o’quv qo’llanmalar quyidagi o’quv materiallarini o’zida aks ettirishi maqsadga muvofiq hisoblanadi:
umumiy matematik tayyorgarlik;
matematik bilimlarning ishlab chiqarish ta’limi bilan izchilligi;
kasbga yo’naltirilganlik;
o’quvchilarni mehnat ta’limiga bo’lgan qiziqishlarini belgilab beradigan maxsus masalalarning yetarliligi.
Matematikani o’qitishni kasbiy faoliyat turlari bilan aloqadorligiga erishish uning kasbga yo’naltirib o’qitishda va kasbiy ko’nikmalarni shakllantirishda matematikaga tayanishni ta’minlaydi.
O’quvchilarning matematik va kasbiy tayyorgarliklari orasidagi aloqalar quyidagi talablarga asoslanadi:
Matematik fan tushunchalarining sistemasi va bilish faoliyatining usullari, xalq xo’jaligi, qishloq xo’jaligi, texnik va maxsus fanlar sistemasi, ishlab chiqarish ta’limi bilan yoki ma’lum kasb guruhlari bilan boьlangan bo’lishiga.
O’quvchilarda predmet va ishlab chiqarish sohalaridagi mehnat natijalari, unga tegishli kasbdagi o’zaro aloqadorligi, bu ishlab chiqarish haqida, bu sohaga tegishli kasb haqida fanning tamoyil va qonun-qoidalari to’ьrisida ilmiy asoslangan va amaliy tasavvurning shakllanishiga.
Matematik va kasbiy tayyorgarlikning o’zaro aloqasini, nazariya bilan amaliyot aloqasining, o’quvchilarning texnik fikrlashlari rivojlanishining, shaxsning kasbga yo’naltirilganligining u yoki bu kasbdagi an’ana va mulohazalarga nisbatan muhim munosabatlar shakllanishining kuchaytirilishiga.
Mazkur talablar :
Matematik ta’limning texnik mazmunining, o’qitishining hayot bilan;
Nazariyaning amaliyot bilan boьliqligini kuchaytirish bilan; tanlangan kasbni hisobga olgan holda o’qitishning vosita, shakl va mazmunida matematik va kasb-hunar ta’limining fanning ichki aloqalari va fanlararo aloqalarni amalga oshirish bilan;
Tanlangan kasbning yo’l-yo’riqlarini o’rganish bilan amalga oshiriladi.
Matematika darslarida kasbiy sifatlarni shakllantirish ko’p jihatdan o’quvchilarning matematik va kasbiy tayyorgarligining sifati va darajasini belgilaydi. Bu aloqalarning samarali amalga oshirilishi o’quvchilarga:
texnik ob’ekt va jarayonlarning yuzaga kelishida foydalaniladigan yoki ularda aks etuvchi ilmiy qonun va qonuniyatlarni tushunishga;
ishlab chiqarish bo’yicha eng yaxshi, xarakteri bo’yicha eng xavfsiz bo’lgan mehnat faoliyatini amalga oshirishga, ish joyida mehnatni ilmiy tashkil etish elementlarini joriy etishga;
fan, texnika va ishlab chiqarishning murakkab aloqadorliklariga ishonch hosil qilishga;
o’qish va mehnat jarayonlarida qulay matematik apparatdan foydalanishga;
texnikadan foydalanish imkoniyatlari va uning sifatini shu bilan birga ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini xolislik (kritik) nuqtai nazardan va ongli ravishda baholashga;
yangi texnik obektlarni loyihalashtirish va yaratishga;
mehnat, ishlab chiqarish tarmoqlarida ilmiy texnikaviy taraqqiyotga moslashgan mehnatning ilg’or usullarini egallashga imkon yaratadi
Mustaqil Vatanimizning har sohada rivojlanayotgan shu kunlarida, atom asrida, kosmik parvozlar va texnika asrida, mamlakatimiz va jahon miqyosida rejalashtirib amalga oshirilayotgan olamshumul tadbirlar asrida matematik bilimlarni ongli ravishda, yuqori saviyada egallash, hamda uni kundalik ishlarida bevosita tadbiq etish zarurati har bir fermer va ishbilarmonga, tadbirkor va sarmoyadorga, moliya hodimi va iqtisodchiga, milisiya va adliya hodimlariga, ingener va quruvchilarga, hullas, barcha kasbdagi kishilarga kundek ravshandir. Bundan ko'rinadiki, matematika fani o'quvchilarga yoqish - yoqmasligidan qat'iy nazar, matematik bilimlarni ongli o'zlashtirish va uni kundalik turmushda qo'llay bilish har bir o'quvchi uchun zamon talabidir. Ushbu o'ta jiddiy va ma'suliyatli vazifani amalga oshirish matematika muallimining zimmasiga yuklangan bo'lgani uchun, har bir o'qituvchi o'z fanining fidoiysi bo'lishi, o'qitish jarayonida mavjud imkoniyatlardan mohirlik bilan foydalanishi, buning uchun esa o'z ustida muntazam ishlashi lozim bo'ladi.
O'quvchilarning fazoviy tasavvurlarini kengaytirishda, ijodiy va konstruktorlik ("Konstruktiv" so'zi qurish yoki yasash ma'nosidagi latincha "construktio" so'zidan olingan.) qobiliyatlarini rivojlantirishda va ularni mantiqiy fikrlashga o'rgatishda yasashga doir geometrik masalalar yechishning g'oyat katta ahamiyati bor. O'quvchilarda bunday qobiliyatlarni tarbiyalash, hamda keyingi yillarda respublikamizning har bir tuman va viloyatlarida bo'layotgan ulkan yaratuvchilik va quruvchilik ishlarini amalga oshirilayogani hamda rejalashtirilayogani kelajakda injener, arhitektor va konstruktor bo'libyetishuvchi o'quvchilarimizdan shunday qobiliyatga ega bo'lishni talab etadi. Matematikaning yasashga doir geometrik masalalar yechish metodlarini o'rgatuvchi qismi geometrik yasashlar nazariyasi yoki konstruktiv geometriya deb ataladi. Yasashga doir geomerik masalalarni yechish metodlariga muayyan yo'l yoki qat'iy andaza degan ma'noni berib bo'lmaydi. Yechish metodlari yechuvchining ijodiy imkoniyalarini kuchaytiruvchi zarur vositalardan biridir. Bunday masalalarni yechishda ilg'or o'qituvchilarning sinalgan tajribalari va metodistlarningmaslahatlari asosida vujudga kelgan hamda takomillashib borayotgan metodlar quyidagilardir: 1) to'g'rilashmetodi; 2) nuqtalarning geometrik o'rinlarini topish metodi; 3) ma'lum geometrik o'rinlarni ishlatishmetodi; 4) simmetriya metodi; 5) parallel ko'chirish metodi; 6) nuqta atrofida aylantirish metodi; 7)o'хshashlik va gomotetiya metodi; 8) inversiya metodi; 9) algebraik tahlil metodi.Odatda yasashga doir geomerik masalalarni yechishni yengilashtiruvchi va uning to'la yechilishini ta'minlovcni to'rtta bosqichga rioya qilinadi. Bular: tahlil, yasash, isbotlash va tekshirish bosqichlaridir.
1)Yasashga doir masalani tahlil qilish deb, bu masalani yechilishi oldindan ma'lum bo'lgan masalalarga ajratish va ularning yechilish tartibini aniqlashga aytiladi. Tahlilda "izlangan figura topildi" deb faraz qilinib, uni masalaning talabiga mumkin qadar to'la javob beradigan tarzda tahminan chizib qo'yiladi.So'ngra bu tahminiy figurada berilgan ma'lumotlarning bor yo'qligi aniqlanadi va yetishmaganlari masala shartiga muvofiq chizib qo'yiladi, bu figura asosida izlangan figura bilan masalada berilganlari orasidagi bog'lanishlar aniqlanadi. So'ngra bu figuraning qaysi elementlarini qay tartibda yasash mumkinligi belgilanadi. Bu esa izlangan figurani yasash rejasining o'zginasi bo'ladi. Tahlil qilishda ko'p hollarda masalada berilganlariga tayanib, shunday yordamchi figura topish nazarda tutiladiki, bu yordamchi figuradan izlangan figuraga o'tish mumkin bo'lsin. Shuning uchun tahlil – masala yechishning eng muhim ijodiy bosqichi yoki tayyorgarlik bosqichi deb ataladi.
2)Yasash - masala yechishning amaliy bosqichidir. Bu bosqichda tahlilda tuzilgan reja bo'yicha sirkul va chizg'ich yordamida izlangan figuraning ayrim elementlarini va butun figurani ustaløk bilan chiza bilish talab etiladi.
3)Isbot. Bu bosqich masala yechishning sinash bosqichi bo'lib, unda masalaning to'g'ri yechilganligi, ya'ni yasalgan figuraning masala talablariga javob berishi isbot qilinadi. Yasashda bajarilgan ishlarga va tegishli teoremalarga tayanib isbotlanadi.
4)Tekshirish. Bu bosqich ham masala yechishning ijodiy bosqichi bo'lib, masalaning yechilishi umuman shu bosqichda yakunlanadi. Yasashga doir masalalarni bosqichlab yechish, to'g'ri yechish garovidir. Lekin, shuni aytish lozimki, har qanday masalani yechishda ham bu to'rttala bosqichga qat'iy rioya qilish shart emas. Masalaning og'ir yengilligiga, sodda - murakkabligiga qarab, bu bosqichlarning ba'zilarigagina to'htalish mumkin. Masalan, yechilish yo'li masala shartidan anglashilib tursa, tahlilga hojat qolmaydi, yechishning to'g'riligi tahlil va yasashdan ochiq ma'lum bo'lsa, isbot uchun ehtiyoj qolmaydi. Konstruktiv geometriyada asosiy ishdan boshqa yana quyidagilar ham qaraladi:
1) Konsruktiv masalalarni tiplarga ajratish, taqribiy yasash va ba'zi bo'laklari chizmada joylashmagan geometrik obrazlarni yasash. Konstruktiv masalalar yechish uchun eng sodda yo'llarni topish va yechishdagisoddalik darajasini aniqlash. Geometrik yasashlar vaqtida bo'ladigan texnik xatolarni o'rganish;
2) geometrik yasashlarda foydalaniladigan qurollardan har birining yoki bir nechtasining birgalikda ishlatilish sohalarini aniqlash va yasash qurollarining qaysilari bilan qanday masalalarni yechish mumkin emasligini isbotlash;
3) konstruktiv geometriya nazariyasining amaliy hayotda va qo'shni fanlar sohasida ishlatilishi. Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, geometrik yasashga oid masalalarni yechish, o'quvchilarni mantiqiy fikrlashga va ularda konstruktorlik g'oyalarni shakllanishiga olib keladi.


Yüklə 302,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin