Kirish Bitiruv malakaviy ishning maqsad va vazifalari


Ta’lim jarayonini tashkil etishda multimedia kurslaridan foydalanish asoslari



Yüklə 302,35 Kb.
səhifə9/12
tarix18.04.2023
ölçüsü302,35 Kb.
#99711
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Kirish Bitiruv malakaviy ishning maqsad va vazifalari

1.3 Ta’lim jarayonini tashkil etishda multimedia kurslaridan foydalanish asoslari
Hozirgi ta’lim tizimini axborotlashtirish davrida hosil bo’ladigan va qayta ishlanayotgan axborotlar hajmi kun sayin ortib, zamonaviy kompyuter va telekommunakasion texnologiyalari vositalari tez sur’atlar bilan mukammalashib va takomillashib borayotgan sharoitda ta’lim tizimini kerakli axborot manbalari bilan ta’minlash, ularni to’plash, saqlash va qayta ishlash usullari bo’yicha kerakli bilim va malakalarini shakllantirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu bilan birga axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalari ta’lim jarayonining barcha imkoniyatlari va tashkillashtirish usullarini butunlay o’zgartirib yuborish bilan birga, yangi pedagogik texnologiyalarining zamonaviy metodlarini, usullarini va dasturiy vositalarini tatbiq etish bo’yicha yanada kengroq imkoniyatlarni yaratib bermokda.
Bugungi kunda o’quv jarayonining barcha jabhalarida zamonaviy elektron axborot resurslarining, ko’plab axborot va kommunikasion texnologiya-larining, shu jumladan dasturiy jihozlash vositalarining keng imkoniyatlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Dasturiy jihozlash vositalari – amaliy dasturiy jihozlar bo’lib, ular ta’lim tizimining barcha sohalarida dasturiy tizimlarni yaratish, tayyorlash, tashkiliy materiallarni va ma’lumotlarni jamlash, grafik yoki animasiyalarni qo’shish va namoyish uchun mo’ljallangan. Bunday vositalar yordamida o’quv jarayonini tashkil etish uchun multimedia kurslarini yaratish ko’proq samara beradi.
Multimedia kurslari asosida o’quv jarayonini tashkil etishda mash-g’ulot o’tishning turli uslublari va texnologiyalaridan foydalanish lozim bo’ladi. Buning uchun talabalarning o’quv auditoriyalarida, kompyuter sinf-larida, o’qitishning texnik vositalari xonasida, uslubiy kabinetda amaliy
shug’ullanishlarini tashkil etish lozim.
Bundan tashkari barcha multimedia o’quv kurslari amaliy tadbiqdan va tajribadan o’tgan bo’lishi bilan birga, o’ziga xos xususiyatlarga ham ega bo’lish bilan birga, ularning xususiyatlari bilim va ko’nikmalarni shakllantirish uchun foydalaniladigan o’quv materiallarining tasvirlanish formasiga va ko’rinishiga bog’liq bo’lishi kerak. Ular faqatgina misol va masalalar yechish, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish jarayonidagina emas, balki butun o’quv jarayonida talabalarni professional bilim, malaka va ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilishi lozim. Bu esa interfaol ma’ruzaviy multimedia kurslarini va namoyish materiallarini to’ldiruvchi, tradision usulda chop etishga asoslangan elektron o’quv qo’llanmalari yaratish lozimligini ko’rsatadi.
Interfaol multimediali kurslar turli xil axborotlarni – matn, statik va dinamik grafika, video va audio yozuvlarni integrasiyalash imkonini beradi . Ulardan foydalanish ma’ruzaviy namoyishlarning sifatli video yozuvlarini, kompyuterli laboratoriya ishlari va amaliyotlarni, hodisa va jarayonlarning imitasion animasiyali modellarini yaratish imkonini beradi, bu esa ro’y berayotgan jarayonlarni ta’sirchanligini va haqqoniyligini ko’rsata oladi xamda talabani o’quv jarayonida faolroq va diqqatliroq bo’lishga o’rgatadi.
Multimedia kurslarini yaratishda shu sohaning asosiy didaktik masalalaridan biri – o’qitishni modellashtirish va tasavvurlash obyektlariga ta’sir qilishning umumiy metodlari muhim o’rinlardan birini egallaydi.
Kompyuter yordamida modellashtirish turli jarayonlar va obyektlarni asosiy xossalarini tekshirish va namoyish qilish, u yoki bu nazariy ma’lumotlarni qo’llanilish holatini va chegarasini aniqlash imkonini beradi.
Multimedia o’quv kurslarining asosiy xususiyatlaridan biri, shu fanni o’rganishning ma’lum bir nozik jihatlari bilan aniqlanadi, ular esa o’z navbatida katta sondagi ko’rgazmali materiallarni talab qiladi, chunki ularning ishtirokisiz jonli dunyoning turli tumanligini, uni qurishni zarurligini, biologik, ximik va fizika jarayonlarning hosil bo’lish mexanizmini va rivojlanishini to’liq namoyish qilib bo’lmaydi.
Multimedia o’quv kurslarida o’quv materiallarini to’ldiruvchi va uning qabul qilish darajasini oshiruvchi ko’rgazmali vositalari alohida ko’rgazmali jadvallar, grafik sxemalar , rasmlar va boshqalardan iborat bo’lgan slaydlar, videofilmlar va boshqa shunga o’xshash ko’rgazmali nazariy materiallar orqali tasvirlanilishi mumkin.
Multimediali o’quv kurslari asosida o’qitishda video-ma’ruzalar, animasion modellar, kompyuterli laboratoriya amaliyotlaridan foydalanish o’z samarasini beradi, chunki ular natural obyektlar va ko’rgazmali qurollarning kamchiliklarini ma’lum bir miqdorda yoki to’liq qoplash imkonini beradi.
Kompyuter texnologiyalari va multimedia o’quv kurslari asosida o’qitishning asosiy o’quv-uslubiy va dasturiy ta’minoti - gipermatn, video va audio-ilovalar, animasiyalar, katta sondagi namoyish materiallaridan foydalaniladigan multimediali o’quv qo’llanmalari hisoblanadi. Shuning uchun ularni yaratishda psixologik va pedagogik prinsiplarga asoslanish kerak bo’ladi.
Multimedia kurslarini yaratishda va ulardan foydalanish lokal kompyuter va Internet tarmog’i keng imkoniyatlarni ochib beradi. Multimediali o’quv kurslarini butun dune kompyuter tarmog’iga joylashtirilishi, ulardan o’quv jarayoni foydalanishda to’g’ridan-to’g’ri murojoat qilish imkonini beradi, bu esa o’quvchilarga informasiyalarni topish , izlash va o’rganish faoliyatini shakllantirish va kengaytirish imkoniyatlarini yaratadi.
Multimediya texnologiyalarining texnik jihozlarining imkoniyat-lari va rivojlanishlari natijasida o’quv jarayonining barcha sohalarida qo’llanilishi va o’z samarasini berishi mumkin .
Multimedia vositalaridan ta’lim sohasida foydalanish va ular yordamida o’qitish tajribalari multimediya texnololgiyalarini ta’lim sohasining turli xil pedagogik faoliyatlarda qo’llanilishining asosiy jihatlarini ajratib berdi.



Yüklə 302,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin