Yangi mavzuni boshlashdan oldin “jismoniy daqiqa” o’tkaziladi.
O’ng qo’limda qaychijon
Chap qo’limda qog’ozboy
Qiziqaman yelimlayman Mehnatdan men qo’rqmayman Yasash bosqichlari:
1-Bosqich: Kvadrat shaklidagi rangli qog`ozni qirqib olinadi 2-Bosqich:
Do‘ppi shaklida buklanadi.
3-Bosqich. Hosil bo‘lgan uchburchakning bir tomonidagi pastki ikki uchi yuqoriga qaratib buklanadi.
4-Bosqich: Yuqoriga buklangan tomonning pastki qismidagi ikki uchi o‘rtadagi chiziqka etkazdirilib yuqoriga buklanadi.
5-Bosqich. Uchburchakning orqa tomonidagi ikki uchi esa haklning yuqori qismidagi uchidan ichkariga qaratib pastga buklanadi.
6-Bosqich: buklangan qogozning ichkariga buklangan qirg`og`i orqaga qaytarib, yangi hosil bo‘lgan uchburchak chetiga etkazib buklanadi. 7-Bosqich: Hosil bo‘ltan shaklning katta-kichikligiga qarab uning pastki qismidan 1-2 sm qismi ichkariga buklanadi. 8-Bosqich: buklangan qismidan 0,5-1 sm qolirib, avvalgi holatga tomon yani tashqariga buklanadi. Natijada ―Qurbaqa‖ hosil bo‘ladi. Buni, buklangan joyidan salgina bosib, so‘ng qo‘yib yuborilsa, u xuddi tabiiy qurbaqadek sakraydi. Shuningdek bu shaklga yana qurbaqaning ko‘zi va og`zini ham chizish mumkin.
Keyin bolalar bilan mavzu yuzasidan savol javob o‘tkaziladi savollar proyektorda ovozli tarzda ko‘rsatiladi va eshitiladi. Savollardan namunalar.
Bolajonlar qurbaqa qanday hayvon?
U qayerda yashaydi?
Qurbaqalarning qanday turlari bor?
Qurbaqalarning ranglari qanday bo‘ladi
Qani endi bolajonlar ―qurbaqa‖ yasashni boshlaymiz. Bizga rangli qog‘oz , qaychi, chap tomonda qog‘ozlar, oldinda yelim ahlat uchun quticha.
Mustahkamlash
Bugungi mavzu sizga yoqdimi? …
Hammaga tushunarli bo‘ldimi?…
Unday bo‘lsa mening sizlarga savolim bor.
Qurbaqa yasash uchun bizlarga nimalar kerak ekan?...
Qurbaqa yasashni kim menga ketma – ket aytib beradi?...
Javoblar uchun rahmat
-hayvonlar bizning do‘stimiz, biz ularni qiynamasligimiz, ozor bermasligimiz va och qoldirmasligimiz kerak.
Bolajonlar endi siz bilan ―Davomini‖ to‘ldir‖ o‘yinini o‘ynaymiz.
Mehnat mehnatning …..
Ish ishtaha ochar …..
Birni kessang …..
Mehnat bilan topganing ……
Dostları ilə paylaş: |