Geometrik shaklli applikatsiyalar. Bajarilish texnikasiga ko‘ra applikatsiyaning eng oddiy turlaridan biri geometrik shaklli appilkatsiyailardir. 1 va 3 sinf o‘quvchilari geometrik shaklli applikatsiyani bajarishda qo‘ydagi bilimlarni egallaydilar.
Geometrik shakllar: kvadrat, to‘g`ri burchak, uchburchak, aylanani qog`oz bo‘lagidan va o‘lchov asboblari yordamida hosil bo‘lishi haqidagi mavjud bilimlarni mustahkamlaydilar.
Badiiy didni o‘stiradi, rasm darslarida polosa, doira, kvadratda ornamentlar tuzish bo‘yicha olingan bilimlarni chuqurlashtiradilar. Ayrim predmetlarni detalma-detal tahlil qilib geometrik shakllarni to‘g`ri idrok etishni o‘rganadilar.
Bolalarni ―ko‘p, kam, uzunasiga, kungdalangiga, qism va qatlam, ikki qismga qirqish, to‘rt qismga, teng qismlarga‖ kabi tushunchalari mustahkamlanadi.
Bolalar ranglar uyg`unlagini to‘g`ri tanlashni o‘rganadilar. Ularda estetik did tarbiyalanadi.
Geomterik shaklli applikatsiyalarni ham dekorativ-ornament, predmet, syujetli applikatsiyalarga ajratish mumkin.
Doira, kvadrat va ovaldan ornamentlar yasash. Ornamnt detallari: turli ulchamdagi kvadrat, uchburchaklar tayyorlanadi. Kvadratda naksh diogonal buyicha tuziladi – bunda shakllarni simmetrik joylashtirish kulay. Doirada naksh markazdan radiuslar buylab tuziladi.
Dostları ilə paylaş: |