Boshlang\'ich sinflarda texnologiya ta\'limida amaliy ishlar
Badiiy applikatsiyalar. Mavzuli ishlarni yaratish faqat mehnatga emas, balki badiiy tayyorgarlikni ham talab qiladi. Mehnat ta`limi darslarida applikatsiya ishlarini bajarilish texnikasi o‘rganiladi. Rangdor surat applikatsiya mavzusining elementlarini o‘quvchilar turli bayramlarga bag`ishlangan (tabriknomalar, ochiq xat muqovasini, yo‘l belgilari) ishlarini bajaradilar. Ish mavzu va fikr tanlashdan boshlanadi. Quticha ochiq tondagi qog`oz fon tarzida tanlanadi. Applikatsiyaga qaratilgan asarning yaratilishi va elementlar miqdori qog`ozni tanlashni belgilaydi. Asarni yaratish ustida ishlagan asosiy e`tibor tanlangan mavzuning mazmuniga, kerakli materiallar, ularning o‘lchamlari, ranglarni tanlashga qaratiladi. Asar xajmiga kura eng katta detal mavzuli detal bulishi kerak.