Ko’p rangi applikatsiyalar. Ko‘p rangi applikatsiyalarni qirqish ancha murakkab ish bo‘lib, tasvirni qismlarga ajratish bilan aloqadordir. Bu turdagi applikatsiyalarni bajarishda fonni tanlash juda muhimdir. Fon ifodalangan predmetlar rangidan ochroq bo‘lishi kerak. Ana shunda predmet xuddi bo‘rtib turgandek yorqin ko‘rinadi. Hammasi o‘ylagan asarga bog`liq. Fonda joylashgan detallar rangi ham shunga qarab tanlanadi, detallarninig tabiiy joylashishi va o‘lchamlarining uyg`unligiga e`tibor berish kerak. Bu ishlarning bajarishning bir necha usullari mavjud: ayrim detallar oldindan belgilamay qirqiladi, ayrim detallar esa belgilangan eskizlar bo‘yicha qirqiladi.
Ko‘p rangli applikattsiyalardan biri dekorativ applikatsiyalardir. Dekorativ applikatsiya - naqsh gullardan tashkil topib, alohida-alohida tasvirlangan hodisa harakatlar uyg`unligini aks ettiruvchi manzaralardan iborat bo‘lishi mumkin.
Dekorativ applikatsiyalarni bolalar kitob, oynoma va boshqa materillardan olishlari, ayrim elementlarni qo‘lda yaratishlari mumkin. SHarq naqshi applikatsiyasining bu turi uchun boy material hisoblanadi. Dekorativ applikatsiya bir va ko‘p rangli bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |