www.pedagoglar.uz 45-son 7–to’plam Iyun 2023
Sahifa: 79
ma’naviy axloqiy fazilatlarning poydevori, tushunchalari, ko’nikmalri bolalikdan
tarkib toptirilsagina, bu poydevor barqaror bo’ladi. Ma’naviy axloqiy fazilatlar
tarkibida nutq, muloqot, munosabat madaniyati alohida o’rin tutadi. O’quvchilarda
nutqiy munosabatga kirishish malakasini hosil qilishda pedagogikaning roli kattadir.
Bu o’qituvchining erkin va aniq – ravshan nutqi, o’quvhilar nutqi va tafakkurini
rivojlantirishning
birinchi
darajali
muhim
shartlaridan
hisoblanadi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida nutq madaniyatini individual shakllantirih
metodikasi quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida nutq rivojining tarbiyasi individual
uslubining haqiqiy shaxsiy xususiyatlarini o’rganish va o’quvchilar nutqining
ravonligini rivojlantirish. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida nutqning o’sishini
mustaqil tahlil qilish, o’zaro har tomonlama tavsifnomalar, o’qituvchining
kuzatishlari asosida amalga oshadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari orasida nutq
muomalasi haqida, ”Men boshqa kishilar bilan muomalada qandayman?” mavzusida
suhbat o’tkazish.
2. Nutqiy muomaladagi kamchiliklarni aniqlash va ularni barham toptirish
yuzasidan qilingan ishlar: uyatchanlikni, tortinchoqlikni, muomala uslubidagi salbiy
holatlarni yengish.
3. Nutqda pedagog uchun muomalaning hissiy juhatdan qulay bo’lgan uslubini
ishlab chiqishga doir topshiriqlar va ularni o’z-o’zini kuzatish ma’lumotlari bilan
taqqoslash.
4.Nutqiy muomalada o’z individual uslubiy pedagogik muomalaning tarkibiy
qismlarini egallash sohasidagi ishlar.
Tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda, o’quvchilar nutqining o’stirilishida
pedagogik muomalaning juhatlari muhim rol o’ynaydi. Bu o’rinda, bir nechta
bosqichlar ajratib ko’rsatiladi.
Birinchi bosqich – bu o’quvchini tarbiyaviy jarayon vaziyatidan xabardor
qilishdir.