www.pedagoglar.uz 45-son 7–to’plam Iyun 2023
Sahifa: 81
mehnatkash, e’tiborli, kamtar, aqlli, bilag’on kabi so’zlar topsalar, ikkinchi guruh
bolalar
yomon, xunuk, qo’pol, yolg’onchi, ayyor, to’polonchi, tartibsiz, xasis, qizg’anchiq kabi so’zlarni aytadilar. Nutq o’stirish ishlarini iqtisodiy tarbiya bilan
bog’lab olib borish foydalidir. Bunda
oila, uyro’zg’or, inoqlik, hamjihatlik, hamkorlik, tejamkorlik, foyda, zarar, dastyorlik, hurmat kabi so’zlardan
foydalaniladi. O’quvchilar nutqini o’stirish ishlari ularning lug’atini boyitish bilan
bog’liqdir. Bolalarning so’z boyligi qanchalik ko’p bo’lsa, u shunchalik ravon
gapiradgan bo’ladi. Davlat ta’lim standarti talablarida o’quvchilarning o’zgalar
fikrini, matn mazmunini to’liq anglash, o’z fikrini yozma va og’zaki shaklda aniq va
ravon bayon etish malakasini oshirish maqsadi ko’zda tutilgan ekan, bunda ona tili
fani nafaqat o’quv, balki butun ta’lim tizimida muhim jarayon hisoblanib, bu
jarayonga asosiy diqqat – e’tiborini qaratmoq zarurligi alohida uqtirib o’tialadi.
Barchamizga ma’lumki, nutq fikrni ifodalovchi vositasi bo’lib, u orqali inson o’z
fikrini, qarashlarini bayon etadi. Qolaversa, biz insonning ichki dunyosiga, bilim
darajasiga ham uning nutqidan kelib chiqib baho beramiz. Shunday ekan, bilimni
o’zlashtirish, tabiat va borliq haqida ma’lumot to’plashda samarali hisoblangan nutq
o’stirishga maktab yoshidayoq alohida ahamiyat bermoq lozimdir.Boshlang’ich sinf
o’quvchilari nutqida o’stirishda yod oldirish, so’zlarning ma’nosini tushuntirish yoki
qayta hikoya qildirish kabi usullardan foydalanibgina qolmay, balki ular uchun
qiziqarli faoliyat bo’lgan o’yinlardan foydalanish, ayniqsa, ko’zlangan maqsad,
yuqori natijalarni qo’lga kiritishda katta yordam beradi. Chunki o’yin kichik maktab
yoshidagi o’quvchilar faoliyatida asosiy o’rinni egallaydi. Bolalarning yosh va
psixoligik xususiyatidan kelib chiqib aytadigan bo’lsak, o’yin dunyoni va o’zlikni
anglashda, bog’lanishli nutqni o’stirishda asosiy vosita hisoblanadi. Darslarda
o’quvchilar zo’r qiziqish bilan ishtirok etadigan bir nechta o’yinlardan namunalar
keltiramiz. .
”
Hikoya” O’qituvchi xattaxtaga bir nechta so’z yozib qo’yadi. Masalan: Nafisa, soat,
yomg’ir, kitob kabi. O’quvchilar mustaqil ravishda shu so’zlar ishtirokida hikoya