Sana: Tekshirdi; 1-dars Mavzu: Nutq, gap, so‘z. 1-4-mashqlar



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə1/3
tarix03.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#92661
  1   2   3
3-sinf ona tili dars ishlanma 1-chorak 2019-2020 namuna


Sana: Tekshirdi;_______
1-dars
Mavzu: Nutq, gap, so‘z. 1-4-mashqlar.
Darsning maqsadi: o'quvchilarning gap, so'z, nutq haqidagi tushunchalarini aniqlash; rasmlar asosida so'z, so'zlar ishtirokida gaplar va gaplardan hikoya (matn) tuzish qobiliyatlarini o'stirish; gapda so'zlarning o'zaro bog'lanishiga e'tibor qaratish; chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
ko‘rgan lavhalaridan ma’lumotlar yig‘ish;
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
o‘quv fanlarini o‘rganish va bir-biridan farqlash;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
davlat ramzlarini bilish;
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:
orasta kiyinish;
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
maktabga kelib ketadigan vaqtni bilish;
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
mavzu doirasida o‘qituvchi nutqini va sodda audio (multimedia ilovalari) matnlarni va topshiriqlarini tinglab tushuna oladi;
Lingvistik kompetensiya: o‘zbek tilida nutq tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qila oladi, so‘zlarni talaffuz me’yorlariga rioya qilagan holda bo‘g‘inlab ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
Darsning turi: takrorlash, mustahkamlash.
Darsning metodi: suhbat.
Darsning jihozi: turli xil rasmlar („Maktab“, „Birinchi qo'ng'iroq")
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism. Uzoq muddatli ta’til davrida o'quvchilar bir-biridan biroz uzoqlashib qoladilar. Shu sababli o'quvchilarning faolligini oshirib, ular orasida do'stlikni mustahkamlab olish maqsadida „Muzyorar“ mashg'uloti o'tkaziladi.
Mashg'ulot quyidagi tartibda olib boriladi. Donli ekinlardan biri- (loviya, no'xat yoki guruch) solib tikilgan kichik xaltacha o'qituvchi tomonidan biror o'quvchiga, ismini aytgan holda („Farhod“ deb) otiladi. Xaltachani ilib olgan Farhod boshqa o'rtog'ining ismini aytib xaltachani unga uloqtiradi. Mashg'ulot shu tartibda davom etadi. Endi o'quvchilar navbatdagi xaltachani irg'itganda o'rtoqlarining ismlarini va ismlarining bosh harfidan boshlanadigan insoniy xislatlarni qo'shib aytib, xaltachani uloqtiradilar. Masalan: Gulnoza — go'zal, Fazilat —farosatli, Jasur — jasoratli.
2. Darslik bilan ishlash. 1- mashq.
Rasm asosida suhbat. O'quvchilar darslikdagi rasmni diqqat bilan kuzatadilar, rasmdagi narsa va shaxslarni navbat bilan aytadilar. O'qituvchi yoki o'quvchilar galma-gal har bir aytilgan so'zni doskaga yozib boradilar.
Masalan: daraxt, barg, bino, o'quvchilar, gul, papka, qo‘n-g'iroq, qiz, ... Ana shu so'zlar ishtirokida gaplar tuziladi.
Masalan: Xolida — a’lochi qiz. Birinchi qo'ng'iroqni chalish huquqi unga berildi.
Oltin kuz keldi, daraxt barglari sarg'aydi.
Tuzilgan gaplar tartibga keltirilib, matn tuziladi. Matnga sar-lavha topib qo'yiladi. Masalan: „Bilimlar kuni“ yoki „Maktabim — qadrdonim" kabi sarlavha ostida matn yoziladi.
Oltin kuz fasli keldi. Daraxtlarning barglari sarg'ayib, to'kila boshladi. O'quvchilar bir qo'llarida gul, bir qo'llarida sumka bilan qadrdon maktablariga keldilar. 0‘qituvchi o‘quvchilarni mehr bilan kutib oldi. Mana, qo'ng'iroq ham chalindi. Qo'ng'iroqni chalish huquqi a 'lochi qiz Xolidaga berildi.
3. Darslikdagi 2- mashq ustida ishlash.
Mashq matnidagi gaplar o'quvchilarga o'qitiladi. Mashqning shartiga ko‘ra bir-biridan qanday ajratilganligi, gaplar nimalardan tuzilganligi aniqlanadi. O'quvchilar oxirgi gapni ko'chirib yoza-dilar va yozganlarini kitobdan tekshiradilar.
Har ikki mashq yuzasidan quyidagi savol-javob o'tkaziladi:
— Biz rasm orqali nimani bildirdik?
— Rasm orqali fikrimizni bildirdik.
— Fikrimizni nima orqali bildirdik?
— Fikrimizni gaplar orqali bildirdik.
— Gaplar orqali bildirilgan fikr nima deyiladi?
— Gaplar orqali bildirilgan fikr nutq deyiladi.
— Nutq nimalardan tuziladi?
— Nutq gaplardan tuziladi.
— Gaplar nimalardan tuziladi?
— Gaplar so'zlardan tuziladi.
Savollarga berilgan javoblardan darslikdagi qoida chiqariladi.
4. Husnixat mashqlari o'tkazish.
Mashq uchun quyidagi material beriladi.
Aa. Adolat — aqlli. Adolat — aqlli qiz.
O'qituvchi husnixat qoidalarini o'quvchilarga eslatadi. Jumla-dan, partada o'tirish, daftar va ruchkadan to'g'ri foydalanish, harf unsurlariga e’tibor berish, harflarning yozuvda bir-biriga ulanishi, qo'lni uzmasdan yozish va so'zlar orasidagi oraliqlar qanday bo'lishini tushuntiradi. Berilganlarning har biri bir qatordan yoziladi. O'quvchilar ishga kirishishdan avval:
„Yozsang xat, chiroyli yoz!
Yozuving bo'ladi sozf“ shiorini aytib, so'ng ishga kirishadilar.




Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin