Sana: Tekshirdi; 1-dars Mavzu: Nutq, gap, so‘z. 1-4-mashqlar


NUTQ – GARLAR ORQALI BILDIRILGAN FIKR. NUTQ GAPLARDAN, GAP ESA SO’ZLARDAN TUZILADI



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə2/3
tarix03.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#92661
1   2   3
3-sinf ona tili dars ishlanma 1-chorak 2019-2020 namuna

NUTQ – GARLAR ORQALI BILDIRILGAN FIKR. NUTQ GAPLARDAN, GAP ESA SO’ZLARDAN TUZILADI.

5. Darslikdagi 3- mashq ustida ishlash.


Mashqning topshirig‘i o ‘qiladi. O'quvchilarning yozda qilgan ishlarini eslash, u haqda fikr yuritish, fikrlarini umumlashtirishlari uchun vaqt beriladi. Fikrlar to'plab olingach, 2—3 o'quvchi ta'tildagi ishlari, eng qiziqarli voqea-hodisalar haqida so'zlab beradi.
6. Ijodiy diktant.
Ijodiy diktant uchun quyidagi so'zlar beriladi.
Yoz, ta’til, oromgoh, qishloq, dala, ish, yordam, mashg'ulot, kitob, ertak.
O'quvchilarga berilgan so'zlardan foydalanib, bog'lanishli gaplar tuzish topshiriladi.
7. „Quvnoq daqiqa“, „Men kimman?“ mashg'ulotlarini o'tkazish.
Bir o'quvchi doskaga chaqirilib, unga ko‘rsatmay, pomidor rasmi yopishtirilgan toj boshiga kiydiriladi. Toj kiygan o'quvchi sinfdagi o'quvchilardan so‘raydi.
— Men jonlimanmi? (Yo‘q.)
— Jonsizmanmi? (Ha.)
— Mevamanmi? (Yo‘q.)
— Sabzavotmanmi? (Ha.)
— Shirinmanmi? (Yo‘q.)
— Achchiqmanmi? (Yo‘q.)
— Chuchukmanmi? (Ha.)
— Ko'kmanmi? (Yo'q.)
— Qizilmanmi? (Ha.)
— Shakarob qilsa bo‘ladimi? (Ha.)
— Unda men pomidormanmi? (Ha.)
O'zini to‘g‘ri topgani uchun „Barakalla, to'g'ri topding, aqlli ekansan, zehning o'tkir ekan“ kabi so‘zlar bilan o‘rtoqlari uni rag‘batlantiradilar. 0‘quvchilar pomidor haqida gaplar tuzib aytadilar. Ulardan ayrimlari (grammatik jihatdan to'g'ri va mazmunli gaplar) aytib turib yozdirilishi mumkin.
8. Darsda o'rganilgan bilimlarni savol-javoblar bilan umum-lashtirish va mustahkamlash, o'quvchilar bilimini baholash.
9. 4- mashq uyga vazifa qilib topshiriladi. Matnda nechta gap borligini aniqlash, matn mazmunini hikoya qilish va unga sarlavha topib kelish aytiladi.


Sana:
Tekshirdi;_______
2-dars
Mavzu: Nutq. 5-7-mashqlar.
Darsning maqsadi: nutq o'stirishga e’tibor berish, fikrni to'liq ifoda etishga o'rgatish, so'z boyligini oshirish, husnixat malakalarini takomillashtirish; tabiatni, Vatanni sevish va asrashga o'rgatish.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin