Boshlang’ich sinf ona tili darslarida qo’llaniladigan metodlar
Gulbaxor Atabayevna Nazarova
Zuxra Aminovna Primova
Firuza Qadirovna Qadirova
Xorazm viloyati, Xonqa tumani, 38-maktab
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang’ich sinflarda ona tili fanini o’qitishda
qo’llanadigan metodlar haqida batafsil ma’lumotlar berilgan.
Kalit so’zlar: ta’lim metodlari, bayon qilish metodi, suhbat metodi, analiz-
sintez metodi, deduksiya metodi, induksiya metodi
Methods used in primary school mother tongue classes
Gulbakhor Atabaevna Nazarova
Zuhra Aminovna Primova
Firuza Kadyrovna Kadyrova
Khorezm region, Khanka district, School №38
Abstract: This article provides detailed information about the methods used in
teaching mother tongue in primary grades.
Keywords: educational methods, presentation method, interview method,
analysis-synthesis method, deduction method, induction method
Ona tilini o’qitishda o’qituvchi bilan o’quvchining birgalikdagi faoliyatini
tashkil etish shakllari, metodlari va usullari ta’lim tizimining takomillashuvi bilan
bog’liq holda rivojlanib, yangilanib bormoqda.
XX asrning oxirgi yillariga qadar o’qitish metodlari sifatida tushuntirish-bayon
metodi, suhbat metodi, analiz-sintez metodi, mustaqil ish metodi, induktiv va
deduktiv metodlar ona tili ta’limi darslarini tashkil etishda ko’proq qo’llanilib kelindi.
Bayon qilish metodi ona tili darslarida qo’llangan asosiy metodlardan biri
bo’lgan. Bunda o’qituvchi bayon qilishdan oldin o’quvchilarning o’rganilayotgan
mavzu yuzasidan bilimlarini aniqlab olgan. Bu o’quvchilarni o’qituvchi bayonini
kuzatib, tinglab borishga, faol bo’lishga undagan. O’qituvchining bayoni, ya’ni bayon
qilish metodida grammatik mavzuning xususiyatidan kelib chiqib, o’qituvchi
ma’lumotlarni o’z so’zlari bilan bayon qilib bergan. Bunda o’qituvchi zimmasiga
o’rganilayotgan grammatik mavzuning muhim o’rinlarini aniq, lo’nda, misollar tahlili
bilan izchil bayon qilib berish vazifasi yuklangan. Boshlang’ich sinflarda bayon
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
936
qilish metodi o’quvchilarning yoshi va eslab qolish holatidan kelib chiqqan hołda 3-5
daqiqaga mo’ljallangan. Bayon qilish metodini qo’llash holatlari hozir ham uchraydi.
Suhbat metodi boshlang’ich sinflarda ona tilini o’qitishda keng qo’llaniladigan
va shu bosqich o’quvchilari tabiatiga mos metod sanaladi. Suhbat metodi savol-javob
metodi deb ham yuritilgan. Suhbat metodi o’qituvchidan mavzuning xususiyatini
o’zida aks ettirgan o’quv materialini topishni, grammatik mavzuning muhim
belgilarini aniqlash, ularning o’xshash va farqli jihatlarini ajratish, o’xshash va farqli
jihatlariga qarab guruhlash, umumlashtirishga, xulosa chiqarishga yo’naltirilgan
savollar tuzishni, ularni o’quvchilarga izchil berib borishni talab etadi.
Boshlang’ich sinflarda suhbat metodining muammoli o’qitish metodi sifatida
qo’llanilishi ta’limda o’quvchilarni faollashtirishga katta ta’sir ko’rsatadi. Muammoli
o’qitish metodiga amerikalik pedagog va psixolog Dyun 1894-yilda asos solgan. Bu
metodning maqsadi ilmiy tushunchalarni o’zlashtirishga yordam berishgina emas,
balki o’quvchilarning bilish qobiliyatini ham rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini
o’stirish hamdir. Bunda suhbat davomida o’qituvchining topshirig’i bilan
o’quvchining oldiga biror muammo qo’yiladi va darsda muammoli vaziyat yaratiladi.
Bu muammoni o’quvchi oldin egallagan bilimlari asosida hal etadi. Boshlang’ich sinf
o’quvchilarining hayotiy tajribalari kamligi sababli o’qituvchi muammoni hal
qilishga yordamlashuvchi savollar beradi. Muammoni o’quvchi hal qila olmasa, uni
o’qituvchining hal qilishiga to’g’ri keladi. Shuning uchun boshlang’ich sinfda
muammoli o’qitish metodi yarim izlanishli muammoli metod deb ham yuritiladi.
Masalan, muammoli o’qitish metodini leksik-semantik va grammatik mashqlarni
tashkil etishda ham qo’llash mumkin. Bu metoddan 1-sinfdan boshlab foydalanish
mumkin. Bu metod “Tovush va harf” mavzusini o’rganayotganda tovushning so’z
ma’nosini farqlashdagi vazifasini tushuntirishda, “So’z ma’nosi”, “Nutq va gap”
mavzularini o’rganishda ham qo’llanadi. Masalan, “So’z ma’nosi” mavzusini
o’rganish uchun xat taxtaga turli ma’nodagi, ya’ni turli so’z turkumiga kiradigan
so’zlar aralash holda yozib qo’yiladi.
So’zlar: kitob, qurdi, shifokor, sakkiz, qizil, qalam, o’qidi, yashil, binokor, o’nta,
o’qituvchi, sakkiz.
O’quvchilar bilan quyidagicha savol-javob tashkil qilinadi:
So’zlarni o’qing.
- Birinchi so’z nimani bildiryapti? Narsanimi, shaxsnimi?
- Bu so’zga qanday so’roq beramiz?
Ikkinchi so’z harakatni bildiryaptimi yoki narsanimi?
- Bu so’zga qaysi so’roqni beramiz?
- Qaysi so’zlar sanoqni bildiryapti?
- Bu so’zlarga qaysi so’roqni beramiz?
Qaysi so’zlar rangni bildiryapti?
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
937
- Bu so’zga qaysi so’roqni beramiz?
So’zlar ichidan shaxsni (kasb egasini) bildirayotgan so’zlarni topib, bir ustun
qilib yozing.
- Ikkinchi ustunga narsani bildirgan so’zlarni topib yozing.
- Uchinchi ustunga harakatni bildirgan so’zlarni topib yozing va hokazo.
O’quvchilar topshiriqni o’qituvchi yordamida bajarib bo’lgach, muammoli savol
o’rtaga tashlanadi:
Yuqoridagi so’zlar nimasiga ko’ra farqlanyapti?
O’quvchilar “ma’nosiga ko’ra” degan fikrni ayta olmasalar, o’qituvchi bu
muammoni hal qiladi:
Bu so’zlar ma’nosiga ko’ra va so’roqlariga ko’ra farq qiladi. O’ylang, so’zlarni
qaysi xususiyatlariga ko’ra guruhlarga ajratamiz? So’zlarni nechta guruhga ajratish
mumkin?
Savol-javoblardan ko’rinib turibdiki, o’quvchilar bilan suhbat rivojlantirilib
borilyapti va o’quvchilar suhbat davomida yangi-yangi ma’lumotlarni egallab
bormoqdalar. 3-4-sinflarga o’tganda bunday suhbatlar oxirida o’quvchilarning o’zlari
xulosa chiqaradilar. Bunday suhbatlarda o’quvchilarning yoshi, saviyasidan tashqari,
vaqt ham hisobga olinadi. Suhbat uzoq davom etsa, o’quvchilar charchab qoladilar,
o’zlashtirish darajasi ham susayadi.
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida mustaqil ish metodi asosan o’rganilgan
mavzuni mustahkamlash qismida mashqlar ishlash jarayonida qo’llaniladi.
O’quvchilar o’qituvchining topshirig’i bilan mustaqil ishlarni og’zaki yoki yozma
shaklda bajaradilar. Topshiriq qiyin va ko’p vaqtni olmasligi, o’quvchilar kuchi
yetadigan qilib, muayyan vaqt ichida txnjarishga mo’ljallangan bo’lishi kerak.
Mustaqil ishlash uchun topshiriq 1-sintdan boshlab beriladi va u asta-sekin
marakkablashtirilib boriladi. 1-sinfda “Yozgan so’zlaringizni lug’atdan tekshiring
“Rasmga qarab sabzavot nomlarini alifbo tartibida yozing”, “Rasmni kuzating” Unda
tasvirlangan narsalarni aniqlang va ularning nomini yozing kabi topshiriqlar beriladi.
Masalan, 88-mashqda “O’lkamda bahor" mavzusida sujetli rasm berilgan.
O’quvchilar rasmni kuzatib narsa nomlarini yozadilar. Bunda bir o’quvchi 5 ta,
ikkinchi o’quvchi 10 ta va hokazo so’z yozishi mumkin. Aslida rasmda 30 tadan ortiq
narsa tasvirlangan: tog’, osmon, bulut, qor, terak, tol, o’rik, ko’ylak shirt, tufli, lenta,
soch, bosh, qir, dala, o’t, gul, qo’l, oyoq, quloq, burun, yuz, og’iz, barmoq, bo’yin,
qorin, yubka, jemper daraxt va hokazo. Bu o’quvchilarning e’tibor bilan kuzatishga
yatuvchanlikka o’rgatadi.
Analiz-sintez metodi savod o’rgatish darslariga rus-tuzem maktablari va tatar
o’qituvchilarining faoliyati orqali kirib kelgan. Ona tili ta’limi jarayoniga analiz -
tahlil grammatik hodisaning muhim belgilarini aniqlash maqsadida, o’rganilgan
grammatik tushunchaning yangi qirralarini ochish va mustahkamlash maqsadida
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
938
tatbiq etiladi. Fonetik, leksik, morfologik va sintaktik tahlil shu metodning amalda
namoyon bo’lishdir. Sintez qismlarga bo’lib o’rganilgan grammatik materialni
yaxlitlashdir. Masalan, ot, sifat, fe’l, son kabi so’z turkumlari o’rganilayotganda
ularga oid so’zlar berilib, ular ishtirokida gap tuzish, aralash berilgan so’zlardan gap
tuzish, aralash berilgan gaplarni voqealar rivoji asosida tartiblashtirib matn tuzish,
mazmunan tahlil qilingan rasm asosida hikoyacha tuzish kabi ishlarda sintez metodi
namoyon bo’ladi. Analiz-sintez metodida ham o’quvchilarni faollashtirish
o’qituvchining o’quvchilarga beradigan savol va topshiriqlariga, ishni tashkil etish
shakllariga bog’liq bo’ladi.
Induksiya metodida o’quvchilar o’qituvchi tavsiya etgan til dalillarini kuzatadi,
tahlil qiladi va shu asosda xulosa va ta’riflar keltirib chiqaradi.
Deduksiya metodida o’quvchi tayyor qoida - ta’rif bilan tanishadi va uning
mohiyatini til dalillari asosida ochadi.
Bu metodlarning samarasi o’qituvchining savol-topshiriqlari mazmuni
grammatik hodisaning muhim tomonlariga yo’naltirilganligiga, izchilligiga,
faoliyatni tashkil etish shakllariga, o’quv vositalari (darslik, turli xarakterdagi
lug’atlar, rasm, jadvallar, texnik vositalar)ga bog’liq bo’ladi.
Xulosa qilib aytganda, yuqoridagi barcha metodlarning muvaffaqiyati
o’qituvchining beradigan savol-topshiriqlariga bog’liq. Yo’l-yo’lakay duch kelgan
savollar bilan kichik yoshdagi o’quvchining anglash faoliyatini ishga solish kutilgan
natijani bermaydi.
So’nggi yillar davomida ta’lim tizimiga an’anaviy metodlar bilan birga
zamonaviy pedagogik texnologiya usullari kirib keldi. Ulardan ona tili ta’limi
jarayonida foydalanish bo’yicha yutuqlar qo’lga kiritildi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. R.Qosimova, Boshlang’ich sinflarda imlosi qiyin so’zlarni o’rgatish, T.: 1964.
2. R.Qosimova, S. Fuzailov, A. Ne’matova, Ona tili (2-sinf uchun darslik). T.:
Cho’lpon, 2005.
3. K.Qosimova, A. Ne’matova. 2-sinfda ona tili darslari. Cho’lpon, 2004
4. M.Xudoyberganova, M.Muxtorova. 3-sinfda ona tili darslari T.: „O’qituvchi",
2005.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
939
Dostları ilə paylaş: |