Boshlang‘ICh sinf ona tiliva o‘qish darslarida turli qiziqarli o‘yinlardan foydalanish



Yüklə 54,3 Kb.
səhifə5/7
tarix19.05.2023
ölçüsü54,3 Kb.
#117215
1   2   3   4   5   6   7
BOShLANG‘ICh SINF ONA TILIVA O‘QISh DARSLARIDA TURLI QIZIQARLI O‘YINLARDAN FOYDALANISh

OYINLAR VA BARDAMLAShTIRUVChI MAShQLAR - kichik treninglar, o‘yinlar, qo‘shiq va she’rlar mazmuniga ko‘ra harakatlar qilish asosida amalga oshirilib, o'yin, o'qish, mehnat kabi faoliyat turlaridan foydalanadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining asosiy faoliyat turi o‘qish bo‘lishiga qaramay, bir faoliyatdan to‘la ikkinchisiga o‘tish bolada qiyinchilik tug‘diradi. Shu sababli, dars jarayonida turli ta'limiy o‘yinlar qo‘llangan - holda darslar tashkil etiladi. Bular bilan bir qatorda, yuqorida ham to‘xtalib o‘tgan edik, o‘quvchini tetiklashtiruvchi mashqlar, dam olish daqiqalari o‘tkazish orqali ruhiy, jismoniy toliqishini oldini olib, darsga bo‘lgan diqqatini jamlashga olib keladi. O‘tkazilayotgan dam olish mashqlari avvalo, dars mavzusiga qolaversa. fanga mos bo‘lsa, yanada maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Boshlang‘ich sinflarda dam olish mashqlari asosan harakatli o‘yinlar, she'r, qo‘shiqlar mazmuniga ko‘ra harakatlar, kichik yoshdagi o'quvchilarga mos psixologik testlar, qiziqarli hangomalar, topishmoqlar ko‘rinishida bo‘lishi lozim. Quyida bardamlashtiruvchi mashqlardan namunalar keltirib o‘tamiz.
Mevali salat” harakatli o‘yini.
Sinf o‘quvchilari besh turdagi mevalar nomlari asosida guruhlarga birlashtiriladilar, ya'ni "olma", "nok", "shaftoli’ “behi", "anor". Boshlovchi qaysi mevalardan salat tayyorlashini aytsa, o‘quvchilar belgilangan meva nomlariga ko‘ra joylarini almashadilar va boshlovchi bo‘sh o‘rinlardan biriga tez o‘tirib olishi kerak. O‘tirolmay qolgan o‘quvchi boshlovchi vazifasini bajaradi. O‘yin shu zaylda 1-2 daqiqa davom etadi. Masalan, boshlovchi: "Men barcha mevalardan salat tayyorlamoqchiman". - deb aytsa barcha "mevalar o‘rinlarini almashtiradilar, yoki "Men olma va nokdan salat tayyorlamoqchiman”,- deb aytsa faqat boshlovchi aytgan mevalar o‘rinlarini almashtiradilar.
Shahzoda va malikalar” harakatli o‘yini
Sinf o‘quvchilari 3 tadan guruhchaga birlashtirilib, 2 tasi ark (bir-birining qo‘liga qo‘lini qo‘ygan holda, ark -saroy hosil qiladilar), o‘rtadagi o‘quvchi yo shahzoda yo malika vazifasini bajaradi. Boshlovchi "podshoh" vazifasida bo‘lib, farmonlar beradi, ya'ni, "Malika va shahzodalar sayrga chiqinglar!” Malika va shahzodalar farmonga ko‘ra arkdan chiqib, "sayr" qilishadi. "Malika va shahzodalar saroyga qayting!"- farmonidan so‘ng, barcha saroyga qaytishga harakat qiladi. Podshoh ham shahzoda yoki malikalardan birining o‘rniga kirib oladi. Saroydan tashqarida qolgan boshlovchi "podshoh" vazifasini o‘taydi va hokazo.
Boshlang‘ich sinflarda savod o‘rgatish jarayonidan boshlab interfaol metod va texnologiyalar yordamida ta’lim jarayonini tashkil qilish, olib borish maqsadga muvofiq bo‘lishi bilan birga o‘qituvchi lug‘ati va nutqida yangi tushunchalarni shakllantiradi. Ya'ni, ta’lim jarayonida foydalanilayotgan metod va texnologiyalarda o‘quvchilar va o‘qituvchining bajarayotgan vazifasiga ko‘ra nomlanadi
“Jajji muxbir” usulida tashkil etilgan dars ham eng samarali ta’lim usullaridan biri sifatida qo‘llaniladi. Bunda o‘quvchi chuqur mantiqiy fikrlashga, ziyraklikka, aniq va to‘g‘ri so‘zlashga, nutqning mantiqiyligi va ravonligiga hamda tanqidiy, ijodiy fikrlashga o‘rgatilgan.Bu usul orqali o‘qituvchining o‘quvchini mustaqil va faol flkrlash jarayoniga olib kirishi hamda uning fikrlashidagi noto‘g‘ri jihatlami ziyraklik bilan aniqlagan holda, ularni tuzatish yo‘liga olib chiqishdan iborat usullar nazarda tutiladi.
Bundan suhbat bosqichlarini quyidagicha soddalashtirib ifodalash mumkin:
1. Savol-javoblar orqali o‘quvchining bilim darajasi va fikrlash qobilyatini umumiy tarzda aniqlash.
2. O‘rganilayotgan mavzuning mazmunini o‘quvchi motivlariga muvofiqlashtirish. Bu asosan, o‘quvchining qiziqish va qobilyatlariga mos bo‘lgan misollar, tanlash orqali amalga oshiriladi.
3. O‘quvchini faol muloqotga olib kirish. Bunda asosan rag‘batlantirish usullaridan foydalaniladi.
4. O‘qituvchi o‘zini bilmaydigan odamdek, o‘quvchidek tutib, savollar berib borishi.
5. O‘quvchining to‘g‘ri fikrlarini maqtash orqali uni yanada erkin va chuqurroq fikrlashga, so‘zlashga jalb qilish.
6. O‘quvchining xato fikrlarini aniqlab borish.


7. O‘quvchining xato fikrlariga nisbatan to‘g‘ri fikrni o‘qituvchi tomonidan yaqqol mantiqiy asoslangan sifatida bayon qilish yoki tushuntirish orqali o‘quvchi uchun muammoli vaziyat yaratilib, o‘quvchini o‘z xatolarini o‘zi tuzatishiga yo‘naltirish. Bundan ko‘rinib turibdiki, ushbu usul yuqori natija berishi shubhasizdir. Ammo, buning jiddiy shartlari ham mavjud. Bular o‘qituvchining keng bilimga va ijodiy fikr- o‘stirishda yod oldirish. So‘zlarning ma’nosini tushuntirish yoki qayta hikoya qildirish kabi usullardan foydalanibgina qolmay, balki ular uchun qiziqarli faoliyat bo‘gan o‘yinlardan foydalanish, ayniqsa, ko‘zlangan maqsad, yuqori natijalarni qo‘lga kiritishda katta yordam beradi. Chunki o‘yin kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar faoliyatida asosiy o‘rinni egallaydi. Bolalarning yosh va psixoligik xususiyatidan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, o‘yin dunyoni va o‘zlikni anglashda, bog‘lanishli nutqni o‘stirishda asosiy vosita hisoblanadi. Darslarda o‘quvchilar zo‘r qiziqish bilan ishtirok mahoratga ega bo‘lishi kabilardan iborat.
Hikoya”
O‘qituvchi xattaxtaga bir nechta so‘z yozib qo‘yadi. Masalan: Nafisa, soat, yomg‘ir, kitob kabi. O‘quvchilar mustaqil ravishda shu so‘zlar ishtirokida hikoya tuzadilar. Bunda ularning lug‘at boyligi oshishi bilan birga, gaplarni to‘g‘ri tuzish, tovushlarni to‘g‘ri tallaffuz qilish. ijodiy va mustaqil fikrlash qobiliyati shakllanadi. O‘qituvchi faol ishtirokchilarni vaqti - vaqti bilan rag‘batlantirib borishi o‘quvchilarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini orttiradi va bundan - da faol bo‘lishiga undaydi. Mazkur o‘yinlar darsdan tashqari mashg‘ulotlarda va to‘garaklarda ham bemalol foydalanish mumkin.

Yüklə 54,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin