―Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida ona haqidagi asarlarni zamonaviy



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/32
tarix23.03.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#89358
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32
8-mart - Onajonlar bayrami 

Ona hurmati. Ona aziz 


Rasm. T.G‘oziyev. 


11-nazorat ishi. Gullar suhbati.A 
Ahmedova. 


Gullarni seving, gulllardek go‘zal 
bo‘lasiz. Marvaridgul.Mahmudova. 


Haloskor. Y. abdullayeva 


Navro‘z-bahor bayrami. M.Alaviya. 


Sumalak. (Rivoyat) 


Qo‘riqchi. M.Xidir. 

Jami: 
8-soat 
3-sinf «O'qish kitobi» materiallarining yillik rejalashtirilishi asosida 
yaratilgan. 3-sinfda o'qishni o'rganish uchun o'quv rejasida haftasiga 5 soat dars 
ajratilgan. Bu darslarda o'tilayotgan mavzular yuzasidan o'quvchilarning izchil, 
asosli, puxta bilim va malaka hosil qilishlarini ta'min etish lozim. Bunga 
o'quvchilarga ta'lim berishning asosiy vositasi - dars orqali erishiladi.3-sinf «0'qish 
kitobi»dagi mavzularni o'tishda o'quvchilarning o'qish texnikasi, bilim saviyasiga 
qarab darslarni ijodiy tashkil etish lozim.
O'qish va nutq o'stirish» dasturi Davlat ta'limi standart talablariga javob 
beruvchi konsepsiya asosida tuzilgan. Unda g'oyaviy, tematik, estetik, qisman 
mavsumiy tizimlar hisobga olingan. U o'z navbatida bolaning tevarak-atrofdagi 
voqelikni idrok etishini ko'zda tutadi. O'qish kitobi bosh mavzularming bunday 
tuzilishi, birinchidan, ta'lim-tarbiya berish uchun muhim bo'lgan adabiy, ilmiy-


69 
ommabop 
asar 
namunalari 
bilan 
o'quvchilarni 
tanishtiradi. 
Ikkinchidan, 
o'quvchilarni yuqori sinflarda adabiyot fanini o'rganishga tayyorlaydi. 
Dasturda milliylik hisobga olingan hamda darslikdagi matnlarning xilma-xil 
bo'lishi nazarda tutilgan. Masalan, Abdurahmon Sa'diy, Abdulla Avloniy, Shuhrat, 
Oybek, Hamza, Cho'lpon, Quddus Muhammadiy, Mirkarim Osim, Erkin Vohidov,
Xudoyberdi To'xtaboyev, Malik Murodov, Abdulla Oripov, Tohir Malik va 
boshqalarning boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilim darajasi, yoshi, ruhiyatiga 
mos keladigan, ularning shaxsiy jihatlarini shakllantirishga ko'mak beradigan 
asarlari, Amir Temur o'gitlari, Alisher Navoiy hikmatlari, rivoyat, latifa, ibora 
hamda axloq-odobga oid hadislarni o'rganish e'tiborga olingan. 
3-sinf o'quv dasturidan quyidagi bosh mavzular (bo'limlar) o'rin olgan: 
«Ona bitta, Vatan yagona», «Xalq og'zaki ijodi», «Kuz manzarasi va 
mehnat», «O'tmishni o'rganish — burchimiz», «Kumush qish», «Vatan 
posbonlari», «Tengdoshlar», «Ulug'lardan o'rganmoq — oqillik», «Bahor 
manzarasi va mehnat». Bu bo'limlardagi materiallar bilan tanishish orqali 
o'quvchilar 
mustaqil O'zbekistonimizning ijtimoiy-ma'naviy hayoti, tabiati, 
vatanimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, mustaqillikni saqlab 
qolishda yoshlarning vazifalari haqidagi bilimlarga ega bo'ladilar. Ulug' 
ajdodlarimiz hayoti va faoliyatiga, o'zbek xalqining mehnatiga bag'ishlangan 
mavzularni o'rganish o'quvchilarni ma'naviy, ma'rifiy va axloqiy jihatdan 
tarbiyalashda 
alohida o'rin tutadi. Shuningdek, bolalarda vatanparvarlik
mehnatsevarlik, halollik, chidamlilik, talabchanlik kabi sifatlarni tarbiyalashga, 
umuman, 
ma'naviy 
barkamol 
insonni 
tarbiyalab, 
voyaga 
yetkazishga 
ko'maklashadi. Zero, yoshlar mustaqil mamlakatimizning yetuk mutaxassislari 
bo'lishi uchun qayg'urish har birimizning muqaddas burchimizdir.
Dastur bo'limlaridan o'rin olgan ayrim mavzular orqali o'tmishdagi shart-
sharoit, turmush tarzi haqida tushuncha beriladi. Vatanimiz sarhadlari, tabiati, 
jamiyat haqidagi bilimlari boyitiladi va umumlashtiriladi. Dasturda she'riy 
asarlarni yod oldirishga, turli janrlar; hikoya, she'r, ertak, masal, rivoyat, qo'shiq, 
doston, maqol, ibora, latifa, topishmoq va tez aytishlar bilan tanishtirishga e'tibor 


70 
berilgan. O'quvchilar jonajon o'lka tabiatini muhofaza qilish haqidagi asarlarni, 
xalq og'zaki ijodi materiallarini chuqurroq o'rganadilar. Ular orqali bolalar 
Vatanimizning 
ramziy 
belgilari 
(bayroq, 
gerb, 
madhiya), 
O'zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi, ulug' allomalarimiz al-Xorazmiy, Abu Rayhon 
Beruniy, Abu All ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, 
Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdulla Avloniylarning xalq manfaati uchun 
kurashganlari haqida tushunchaga ega bo'lishlari talab qilinadi. 
Yil davomida o'qish darslarida so'zlarni bo'g'inlarga bo'lmay, ovoz chiqarib, 
ifodali o'qish; bo'g'in tuzilishi murakkab bo'lgan so'zlarni bo'g'inlab o'qish; 
o'qiganda mazmun jihatdan muhim bo'lgan so'zlarni tovush kuchi bilan ajrata 
olish; gap va matn qismlari orasidagi to'xtamlarga rioya qilish o'rgatiladi. 
O'quvchilar o'quv yilining birinchi yarmida bir daqiqada 50-60 so'zdan iborat 
notanish matnni o'qish malakasini egallashlari nazarda tutiladi. O'quv yilining 
ikkinchi yarmida esa so'zlarni yaxlit (butunligicha), to'g'ri, ongli, yetarli tezlikda, 
ifodali o'qishlari zarur. (O'qish me'yori — bir daqiqada 65-75 so'zdan iborat bo'lib, 
notanish matnni o'qishlariga erishish lozim). 
15
8-mart bayrami bahor bayrami hisoblagani uchun unga doir mavzular asosan 
bahor mavzusidagi bo‘limlar ichida keladi. 3-sinf dasturida ham ―Bayramingiz 
muborak‖ mavzusidagi she‘ri Keldi bahor - guI bahor‖ bo‘limiga kiritilgan. Bu 
bo'limda bahor tabiati, bu faslning go'zalligi, kishilar mehnati, Navro'z bayrami, 
bahor faslidagi bayramlar, insonlarining tabiat bilan o'zaro munosabati, 
jonivorlarning hayoti haqidagi asarlar berilgan. 
1
O'quvchilarning sinfda va 
mustaqil o'qishlari lozim bo'lgan asarlar: 1. Erta bahor. 2. Bahor yaqin. 3. Tabiat 
bilan suhbat. 4. Boychechak. 5. Quyoncha. 6. Bayramingiz muborak. 7. Ko'klam 
yomg'iri. 8. Varrak. 9. Qaldirg'och. 10. Navro'z — yurtim bayrami. 11. Yurtim 
kamoli. 12. Daraxtlarni oqlaganda. 13. Lola. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin