60
haqidagi topshiriqlardan iborat bo`lgan rasmlardan tashkil qilinadi va bu
topshiriqlar bajarilishi uchun uch guruhning sardori o`zaro bеllashishadi.
Har bitta
savolga javob yozishga harakat qilishadi.
4. Shart. “Kim zukko”.
Ushbu shartda har bir guruh konvеrtdagi to`rtta hadisning mazmunini
gapirib bеradi.
Har bitta shartga eng yuqori ball uch ball qo`yiladi. O`quvchilarning
shartlarda to`plagan ballariga qarab, vagonlardagi o`rinlarning
almashinish
jarayoni sodir bo`ladi. Eng yuqori ballni qo`lga kiritgan guruh birinchi vagondan
joy olishi mumkin.
Ushbu didaktik o`yinni dars davomida qo`llashdan asosiy maqsad
o`quvchilarga hadislarni va hadislarga bog`langan odob ahloq ko`rinishlarini
boshlang`ich sinf o`quvchilariga singdirish hadislarni o`qitish
uchun didaktik
o`yinlardan foydalangan holda kichik maktab yoshidagi bolalarga ta'lim–
tarbiyaning yuksak ko`rinishlarini shakllantirishdan iborat. Ushbu didaktik o`yinni
―Odobnoma‖, ―O`qish‖ darslarida qo`llash mumkin va ushbu didaktik o`yin orqali
o`quvchilarni ham mustaqil fikrlashga, ham hadislarni o`rganishga chorlash
mumkin.
Boshlang`ich sinflarda dars davomida bunday didaktik o`yinlardan ―Sirli
sandiq‖, ―Bahoroyning savollari‖, ―Zanjir‖, ―Imom al Buxoriy aytadi‖
kabi bir
qancha turlaridan hadislarni o`qitishda foydalanish mumkin.
Yangi zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalarning joriy etilishining faqatgina
dars davomida darslardagi mavzularga o`z ta'sirini ko`rsatib qolmay balki,
baholash mеzonining o`zgarishiga ham sabab bo`ldi. Shuni alohida ta'kidlash
kеrakki, bugungi kunda ball sistеmasi asosidagi rеyting tizimida o`quvchilarni
baholash,
ball olish masalalari MSTI, ya'ni majburiy standart tеkshiruv ishlarini
o`quvchilardan tеz–tеz olib turilishi albatta o`quvchilarda bilim va ko`nikmaning
shakllanishidagi asosiy vositalardan biri bo`ladi. Boshlang`ich sinflarda hadislarni
o`qitish
jarayonida
ham
huddi
shu
tizimdan
foydalanish
va
rag`bat
61
kartochkalaridan, tarqatma matеriallardan foydalanish samarali natija bеradi.
Didaktik o`yinlardan yana biri ―Kim topqir‖ o`yinidir
.
Dostları ilə paylaş: